Inagamov Sardor Gafurjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuk vagonlarning tormoz uskunalari konstruksiyasini takomillashtirish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.4.PhD/T3216:
Ilmiy rahbar: Raximov Rustam Vyacheslavovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, RhD.15/31.08.2022.T.73.02.
Rasmiy opponentlar: Fayzibaev Sherzod Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor; Tursunov Xurshid Maxmudjanovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuk vagonlarining tormozlanish samaradorligini oshirish uchun tormoz uskunalari konstruksiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuk vagoni tormoz tizimini takomillashtirish maqsadida telejkali tormoz tizimidagi elkalarga ta’sir etuvchi tormoz kuchlari va solishtirma qarshilik kuchlarini aniqlash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
tormoz tizimining richagli uzatmasi detallarining parametrlarini inobatga olib, tormoz tizimidagi elkalarni to‘g‘ri tanlashga asoslangan holda tormozlanish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi yuk vagonlari uchun yangi richagli uzatma tizimi ishlab chiqilgan;
tormoz tizimini takomillashtirish maqsadida, uni richagli elementlarining konstruksiyalarini o‘zgartirish hisobiga asoslangan geometrik o‘lchamlarini tanlash imkonini beruvchi richagli uzatma elementlarining chekli elementli modeli ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan richagli uzatma yuk vagoni tormoz tizimining samaradorligini oshirish imkonini beruvchi yangi uch blokli kolodka konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuk vagonlarining tormozlanish samaradorligini oshirish uchun tormoz uskunalari konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
tormoz tizimining richagli uzatmasi detallarining parametrlarini inobatga olib, tormoz tizimidagi elkalarni to‘g‘ri tanlashga asoslangan holda tormozlanish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi yuk vagonlari uchun yangi richagli uzatma tizimi “Quyuv mexanika zavodi” ShK da yuk vagonlarini qurish jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2022 yil 25 avgustidagi № 2/5125 ma’lumotnomasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Vagon xo‘jaligi boshqarmasining 2021 yil 6 iyuldagi № 853-V, № 856-V son ma’lumotnomalari). Natijada, telejkali tormoz tizimi joriy qilingan yuk vagonlari samaradorligi oshgan va ularni ta’mirlash uchun ketadigan sarf xarajatlar 10 foizga kamayagan;
Ishlab chiqilgan richagli uzatma yuk vagoni tormoz tizimining samaradorligini oshirish imkonini beruvchi yangi uch blokli kolodka konstruksiyasi “Quyuv mexanika zavodi” ShK da yuk vagonlarini qurish jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2022 yil 25 avgustidagi № 2/5125 ma’lumotnomasi). Natijada yuk vagoni tormoz tizimini ta’mirlash jarayoni soddalashdi va yuk vagonlarida qo‘llanilayotgan kolodkalarning sof og‘irligi 14,2 kg dan 11,82 kg ga kamaygan.