Karimova Kunduz Ruzibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari matematik tafakkurini shakllantirishda mantiqiy masalalar”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1960.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Mashrabjon Shaxabutdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Djumaboev Davlatboy Xalillaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari matematik tafakkurini shakllantiruvchi mantiqiy masalalarni echish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirish bosqichlari  matematik tafakkurni shakllantirishning didaktik funksiyalari asosida masalalarni tushunish va echish yo‘llari tartiblashtirilgan ta’lim jarayonida fikrlashning mavhumlik va aniqlik darajalariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
matematik tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari matematik idrok va qayta ishlash kabi o‘lchamlilikka asoslangan mantiqiy va hayotiy topshiriq modellarini og‘zaki va yozma hisob integratsiyasiga yo‘naltirilgan ijodiy, diagnostik muhitda masala mohiyatini turlarga ajratib o‘rgatish usullarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
matematik tafakkurning rivojlanganligini baholash mezonlari o‘quvchilarda fikrlash tezligini hamda axborotni sintezlash sifatini kuchaytirishga mo‘ljallangan moslashuvchan o‘quv topshiriqlarini yakka va jamoaviy ish shakllariga optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
matematik tafakkurni rivojlantirishning didaktik ta’minoti mustaqil qaror qabul qilish, xulosalashga motivatsiyalovchi tizimlilik, o‘zaro bog‘liqlik kabi tamoyillarni "teskari ta’lim (uy topshiriqlari)" muhitiga fan va tabiat uyg‘unligida kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinflar matematika darslari jarayonida mantiqiy masalalarni echishga o‘rgatish orqali o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirish bosqichlari  matematik tafakkurni shakllantirishning didaktik funksiyalari asosida masalalarni tushunish va echish yo‘llari tartiblashtirilgan ta’lim jarayonida fikrlashning mavhumlik va aniqlik darajalariga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan matematika fanidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 22 apreldagi 02-02/3-725-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning mantiqiy masalalarni echish orqali tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
matematik tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari matematik idrok va qayta ishlash kabi o‘lchamlilikka asoslangan mantiqiy va hayotiy topshiriq modellarini og‘zaki va yozma hisob integratsiyasiga yo‘naltirilgan ijodiy, diagnostik muhitda masala mohiyatini turlarga ajratib o‘rgatish usullarini qo‘llashga doir takliflardan A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik tasavvurlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017 yillar) nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 22 apreldagi 02-02/3-725-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik tafakkur shakllanishi samaradorligini oshirishga erishilgan;
matematik tafakkurni rivojlantirishning didaktik ta’minoti mustaqil qaror qabul qilish, xulosalashga motivatsiyalovchi tizimlilik, o‘zaro bog‘liqlik kabi tamoyillarni "teskari ta’lim (uy topshiriqlari)" muhitiga fan va tabiat uyg‘unligida kiritish asosidagi tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatilgan “Tong nafasi” nomli dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini 2022 yil 18 noyabrdagi 02-02/210-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika fanini o‘zlashtirish darajalarini oshirish, matematik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish