Yo‘lchiev Mash’albek Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektron ta’lim muhitida “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3765.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor, Fayzullaev Jamshid Ismoiljonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektron ta’lim muhitida elektr tarmoqlari va tizimlari fanini o‘qitish metodikasini  takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida elektr tarmoqlari va tizimlari fani mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlari va amaliy dasturlar Matlab, Dualux, ASKUE, Radiomerni o‘zaro optimallashtirish hamda energiyatt.uz nomli elektron sayt yaratish asosida takmilllashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligi energetik masalalarni echishda avtomatlashtirishga xizmat qiladigan ASKUE, Radiomer elektron dasturlardan foydalanish hamda assesment texnologiyasi va grafik organayzerlarning didaktik elementlarini ta’lim jarayonida reproduktiv, produktiv va kognitiv usullarini qo‘llashning kompetensiyaviy mazmuniga kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak energetiklarni tayyorlash metodikasi elektr tarmoqlari va tizimlari fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi reproduktiv, variativ, qisman izlanuvchan komponentalarining gipermedia muhitiga uyg‘unlashtirishning metodik zahirasini yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak energetiklarni o‘qitish samaradorligi kasbiy faoliyat olib borish imkoniyatlarini aniqlovchi adekvat baholash mezonlarining kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni strategik prognozlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga elektron ta’lim muhitida elektr tarmoqlari va tizimlari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
    elektron ta’lim muhitida elektr tarmoqlari va tizimlari fani mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlari va amaliy dasturlar Matlab, Dualux, ASKUE, Radiomerni o‘zaro optimallashtirish hamda energiyatt.uz nomli elektron sayt yaratish asosida takmilllashtirishga oid tavsiyalar “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 maydagi 89-03-2035-son ma’lumotnomasi). Natijada tegishli o‘quv fanining ishchi-o‘quv dasturi mazmunini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
    talabalarning kasbiy kompetentligi energetik masalalarni echishda avtomatlashtirishga xizmat qiladigan ASKUE, Radiomer elektron dasturlardan foydalanish hamda assesment texnologiyasi va grafik organayzerlarning didaktik elementlarini ta’lim jarayonida reproduktiv, produktiv va kognitiv usullarini qo‘llashning kompetensiyaviy mazmuniga kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 maydagi 89-03-2035-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim energetika yo‘nalishlari talabalarining kasbiy kompetentligi rivojlantirilgan va ta’lim sifatini oshirishga erishilgan;
    bo‘lajak energetiklarni tayyorlash metodikasi elektr tarmoqlari va tizimlari fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi reproduktiv, variativ, qisman izlanuvchan komponentalarining gipermedia muhitiga uyg‘unlashtirishning metodik taminotini yaratish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 maydagi 89-03-2035-son ma’lumotnomasi). Natijada “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fanini o‘qitish sifati oshirilgan va talabalarning mutaxassislikka bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga erishilgan.
    bo‘lajak energetiklarni o‘qitish samaradorligi kasbiy faoliyat olib borish imkoniyatlarini aniqlovchi adekvat baholash mezonlarining kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni strategik prognozlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 maydagi 89-03-2035-son ma’lumotnomasi). Natijada aniq fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish