Mamatov Narzillo Solidjonovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish usul va algoritmlari», 05.01.03–Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T86.

Ilmiy maslahatchi: Fozilov Shavkat Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Kobulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor; Rustamov Nasim Tulagenovich, texnika fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Nurmuxamedov Tolaniddin Ramziddinovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: evristik informativlik mezonlarining xususiy va umumiy ko‘rinishlaridan foydalangan holda ob’ektlar informativ tavsifini shakllantirishning usul va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

belgilar informativligi va noinformativligining evristik mezonlari ishlab chiqilgan;

informativ va noinformativ belgilar majmuasini aniqlash usullarini yaratishda foydalaniladigan Fisher informativlik mezonlari informativlik xususiyatlari aniqlangan;

yagona informativlik mezonidan foydalanib, informativ va noinformativ belgilar majmuasini aniqlash usuli kompaktlik gipotezasi asosida takomillashtirilgan va algoritmlari yaratilgan;

bir jinsli nolinchi va k-tartibli umumlashgan informativlik mezonlari asosida informativ hamda noinformativ belgilar majmuasini aniqlash usullari va algoritmlari ishlab chiqilgan;

informativ va noinformativ belgilar majmuasini aniqlash usullari aralash tipli informativlik mezonlari asosida takomillashtirilgan va algoritmlari ishlab chiqilgan;

evristik mezonlar asosida boshlang‘ich belgilar to‘plamini informativ, kam informativ va noinformativ guruhlarga ajratish qoidasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish algoritmlari va usullari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot asosida:

datchiklardan olingan ma’lumotlar bazasini yaratish, saqlash, qayta ishlash, dastlabki ishlov berish hamda informativ tasniflash algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati markaziy kon boshqarmasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2017 yil 21 dekabrdagi 33-8/8663-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida KNK-270 kompleksini ishlash jarayonidagi xavfli holatlarni aniqlash tezligini oshirish asosida mazkur kompleksni ishchi holatda bo‘lmasligini 10%ga qisqartirish imkonini bergan;

nutq signallariga dastlabki ishlov berish va filtrlash orqali nutq signallari sifatini oshirish, informativ va noinformativ belgilarni tanlash algoritmlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov departamentiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2017 yil 21 dekabrdagi 33-8/8663-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida nutq signallarini matnga o‘tkazish vaqtini 20%ga qisqartirish imkonini bergan;

xodimlar haqidagi ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish, qayta ishlash, intellektual tahlil qilish hamda evristik mezonlar asosida tegishli takliflarni shakllantirish algoritmlari Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining “Elektron vazirlik” axborot tizimiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining   2017 yil 21 dekabrdagi 33-8/8663-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida kadrlar moduli orqali Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlashda va tegishli takliflarni shakllantirish jarayoni samaradorligini 2 barobar oshirish imkonini bergan;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ma’lumotlar bazasini shakllantirish, dastlabki ishlov berish va asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash dasturiy vositasi “INTERVETFARM” MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining   2017 yil 21 dekabrdagi 33-8/8663-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida mahsulot sifat nazoratiga sarflanadigan vaqtni 20%ga qisqartirish imkonini bergan;

tasvirlarga dastlabki ishlov berish, silliqlash, fil`trlash, turli xalaqitdan tozalash orqali kontur chiziqlarini yuqori aniqlikda ifodalash algoritmlari “Inter sharm plast” MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2017 yil 21 dekabrdagi 33-8/8663-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan dastur kontur chiziqlaridan ajratib olingan asosiy (informativ) nuqtalar asosida shakllantirilgan maxsus kodli (Gkod) fayl orqali stanok ishlatilganda bir metr kub xomashyodan mahsulot ishlab chiqarish uchun ketadigan vaqt 15%ga qisqartirish, xomashyo esa o‘rtacha 20%ga tejash va ishlab chiqarish samaradorligi o‘rtacha 1,2 marta oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish