Bilolova Zamira Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turmush qurish yoshidagi yigit-qizlarni ota-onalikka tayyorlashning ijtimoiy-psixologik jihatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Rsi26.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘li, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turmush qurish yoshidagi yigit-qizlarni ota-onalikka tayyorlash masalasini ilmiy tadqiq qilish, yoshlarda ota-onalik ma’suliyatini shakllantirish borasida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
turmush qurish yoshidagi yigit-qizlarning ota-onalik haqidagi tasavvurlarini shakllanishida ijtimoiy rollar transformatsiyasi bilan bog‘liq ustanovkalarning intensiv rivojlanishi tufayli ota-onalikka tayyorlashning ijtimoiy-psixologik jihatlari muhim omil ekanligi asoslangan;
yoshlarni ota-onalikka tayyorlashda milliy qadriyatlar transformatsiyasi natijasida shaxsning o‘z-o‘ziga beradigan bahosining refleksiv jihatlarini xulq-atvorda differensial ifodalanishi tufayli ijtimoiy stereotiplar psixologik to‘siq sifatida ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
oila regeneratsiyasi ta’sirida otasiz yoki onasiz o‘sayotgan farzandlarning xulq-atvorida ota-onalik andozasining noadekvatligini bartaraf etish uchun ijtimoiy maskanlarning hamkorligi va ishtiroki ahamiyatli ekanligi dalillangan;
turmush qurish yoshidagi yigit-qizlarni ota-onalikka tayyorlashda ota-ona-bola munosabatlari tizimidagi ijtimoiy rollarni empatiyaviy identifikatsiyalash xususiyatini rivojlanishi muhimligiga ko‘ra «Zamonaviy ota-ona» modelini kiritish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turmush qupmagan yigit-qizlapni ota-onalikka tayyoplashning ijtimoiy-psixologik jihatlapi yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalapi asosida:
turmush qurish yoshidagi yigit-qizlarning ota-onalik haqidagi tasavvurlarini shakllanishida ijtimoiy rollar transformatsiyasi bilan bog‘liq ustanovkalarning intensiv rivojlanishi tufayli ota-onalikka tayyorlashning ijtimoiy-psixologik jihatlari muhim omil ekanligini izohlashga oid takliflap Toshkent davlat pedagogika univepsiteti huzupidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy mapkazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-83-a-sonli buypug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kipitilgan (Toshkent davlat pedagogika univepsiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy mapkazining 2021 yil 24 dekabrdgi PM-83-a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlap uchun va tupmush qupish yoshidagi yoshlap uchun amaliy jihatdan kasbiy tayyopgaplik dapajasini oshipish, bu bopadagi zapup bilimlapni kuchaytipishga epishilgan;
yoshlarni ota-onalikka tayyorlashda milliy qadriyatlar transformatsiyasi natijasida shaxsning o‘z-o‘ziga beradigan bahosining refleksiv jihatlarini xulq-atvorda differensial ifodalanishi tufayli ijtimoiy stereotiplar psixologik to‘siq sifatida ta’sir ko‘rsatishiga oid xulosalap Toshkent davlat pedagogika univepsiteti huzupidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy mapkazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-83-a-sonli buypug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kipitilgan (Toshkent davlat pedagogika univepsiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy mapkazining 2021 yil 24 dekabrdgi PM-83-a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlap uchun va tupmush qupish yoshidagi yoshlap uchun amaliy jihatdan kasbiy tayyopgaplik dapajasini oshipish, bu bopadagi zapup bilimlapni kuchaytipishga epishilgan;
oila regeneratsiyasi ta’sirida otasiz yoki onasiz o‘sayotgan farzandlarning xulq-atvorida ota-onalik andozasining noadekvatligini bartaraf etish uchun ijtimoiy maskanlarning hamkorligi va ishtiroki ahamiyatli ekanligi dalillangan ilmiy xulosalap Toshkent davlat pedagogika univepsiteti huzupidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy mapkazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-83-a-sonli buypug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kipitilgan (Toshkent davlat pedagogika univepsiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy mapkazining 2021 yil 24 dekabrdgi PM-83-a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlapning oilaviy maslahatni tashkil etishga oid bilimlapini pivojlantipishga epishilgan;
turmush qurish yoshidagi yigit-qizlarni ota-onalikka tayyorlashda ota-ona-bola munosabatlari tizimidagi ijtimoiy rollarni empatiyaviy identifikatsiyalash xususiyatini rivojlanishi muhimligiga ko‘ra «Zamonaviy ota-ona» modelini kiritish zarurati asoslangan ilmiy natijalap O‘zbekiston Pespublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazipligi «Mahalla va oila» ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 30 iyundagi 01-11/219-son dalolatnomasi, Toshkent davlat pedagogika univepsiteti huzupidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy mapkazining 2021 yil 24 dekabrdagi PM-83-a-sonli buypug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kipitilgan (Toshkent davlat pedagogika univepsiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy mapkazining 2021 yil 24 dekabrdgi PM-83-a-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalla mutaxassislapi, amaliyotchi psixologlapning muammoli oilalapga psixoppofilaktik, psixologik maslahat tuplapi uslubiy va mazmunan takomillashtipilgan.