Yugay Lyudmila Yur`evnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyatlarni ochish va tergov qilishda shaxsning biometrik identifikatsiyasidan foydalanish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi
(yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Yu178.
Ilmiy rahbar: Rasulev Abdulaziz Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Tuxtasheva Umida Abdilovna, yuridik fanlar doktori, professor; Rajabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Raxmonova Surayyo Maxmudovna yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyatlarni ochish va tergov qilishda shaxsni identifikatsiyalashning biometrik texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan, huquqiy, tashkiliy, texnik-kriminalistik va innovatsion taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsga doir ma’lumotlarni, shu jumladan biometrik ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotganda jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestrida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik uchun ijtimoiy asoslangan javobgarlik belgilash zarurligi asoslangan;
kiberjinoyatlarni ochish, tergov qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida mulkdor va (yoki) operator O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlov berishda ularning jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida yig‘ilishini, tizimlashtirilishini
va saqlanishini ta’minlashi shartligi asoslangan;
biometrik va genetik ma’lumotlarni elektron shaklda saqlashda ularning o‘g‘irlanishi, modifikatsiya qilinishi, noqonuniy o‘tkazilishi yoki jinoyat sodir etish uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ushbu ma’lumotlar shifrlangan
va kriptografik yoki boshqa usullarda himoyalangan bo‘lishi zarurligi asoslangan;
yagona telekommunikatsiya tizimini shakllantirish asosida ichki ishlar organlarining axborot tizimi, resurs va ma’lumotlar bazasi bilan axborot almashish mexanizmini optimallashtirish maqsadida jinoyatlarni ochish va tergov qilishda ekspertiza, tergov, tezkor-qidiruv va sud faoliyatini axborot bilan ta’minlash uchun biometrik kriminalistik ma’lumotlar bazasini integratsiyalash zarurligi asoslab berilgan;
jinoyatlarni ochish va tergov qilishda qayta ochilgan holatlar va yangi dalilar aniqlangani sababli jinoyat ishlari bo‘yicha qo‘shimcha yohud takroran biologik ekspertiza o‘tkazilishida (bir martalik foydalanish nazarda tutilgan va foydalanishga yaroqsiz holga kelgan moddiy jismlardan tashqari) moddiy jismlardan biometrik va genetik axborotlar olinganidan so‘ng bu jismlar hisobdan chiqarilmasligining zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyatlarni ochish va tergov qilishda shaxsni biometrik identifikatsiyasidan foydalanishni takomillashtirish maqsadida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotganda jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestrida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik uchun javobgarlik belgilash zarurligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qodeksining 462-moddasini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan 1412-moddani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining spiker o‘rinbosari 2021 yil 1 martdagi 02/4-233-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi shaxsga doir biometrik ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilanishiga xizmat qilgan;
kiberjinoyatlarni ochish, tergov qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida mulkdor va (yoki) operator O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlov berishda ularning jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida yig‘ilishini, tizimlashtirilishini va saqlanishini ta’minlashi shartligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi O‘RQ-547-son Qonunining 271-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2021 yil 25 fevraldagi 05/2-224-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi: shaxsga doir biometrik ma’lumotlarni o‘g‘irlash, noqonuniy o‘zgartirish va yo‘q qilishdan himoya qilish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
biometrik va genetik ma’lumotlarni elektron shaklda saqlashda ularning o‘g‘irlanishi, modifikatsiya qilinishi, noqonuniy o‘tkazilishi yoki jinoyat sodir etish uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ushbu ma’lumotlar shifrlangan va kriptografik yoki boshqa usullarda himoyalangan bo‘lishi zarurligi haqidagi taklif Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 oktyabrdagi “Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 570-son qarori bilan tasdiqlangan Biometrik va genetik ma’lumotlar mavjud bo‘lgan moddiy jism hamda bunday ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar bazasidan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablar to‘g‘risida Nizomning 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 oktyabrdagi 25/1-2257-03-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi biometrik shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlanish, o‘zgartirilish va noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilishga xizmat qilgan;
yagona telekommunikatsiya tizimini shakllantirish asosida ichki ishlar organlarining axborot tizimi, resurs va ma’lumotlar bazasi bilan axborot almashish mexanizmini optimallashtirish maqsadida jinoyatlarni ochish va tergov qilishda ekspertiza, tergov, tezkor-qidiruv va sud faoliyatini axborot bilan ta’minlash uchun biometrik kriminalistik ma’lumotlar bazasini integratsiyalash zarurati haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktyabrdagi «Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 645-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 21-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 yanvardagi 12/21-03-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ichki ishlar organlari kriminalistika ma’lumotlar bazasidan kompleks va to‘liq foydalanish imkonini bergan;
jinoyatlarni ochish va tergov qilishda qayta ochilgan holatlar va yangi dalilar aniqlangani sababli jinoyat ishlari bo‘yicha qo‘shimcha yohud takroran biologik ekspertiza o‘tkazilishida (bir martalik foydalanish nazarda tutilgan va foydalanishga yaroqsiz holga kelgan moddiy jismlardan tashqari) moddiy jismlardan biometrik va genetik axborotlar olinganidan so‘ng bu jismlar hisobdan chiqarilmasligi shartligi haqidagi taklif Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 oktyabrdagi “Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 570-son Qarori bilan tasdiqlangan Biometrik va genetik ma’lumotlar mavjud bo‘lgan moddiy jismlarga hamda bunday ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar bazasidan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablar to‘g‘risida Nizomning 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 oktyabrdagi 25/1-2257-03-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi moddiy jismlardan biometrik va genetik ma’lumotlar yo‘q qilingan hollarda, ularni qayta tiklash hamda foydalanishini ta’minlashga xizmat qilgan.