Turdiev Shoxrux Razzakovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “STEAM fanlari ta’limini modellashtirish hamda raqamlashtirish orqali rivojlantirishning nazariyasi va metodikasi”. 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tabiiy fanlar)  (pedagogika fanlari).
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped332.
Ilmiy maslahatchi: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika  fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
  IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovana, pedagogika fanlari doktori, professor; O‘tebaev Tajibay Tilieumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
  Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy o‘quv yurtlarida STEAM fanlari ta’limini modellashtirish hamda raqamlashtirish orqali rivojlantirishning nazariyasi va metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
STEAM fanlariga qo‘yilgan uzluksizlik, uzviylik, yaxlitlik, evristik, ichki-intensial o‘zaro bog‘liqlik talablari bilan STEAM fanlari mavzularining  universal qonuniyatli, ierarxik, gnoseologik, illyustrativ va induktiv aloqadorliklari interferensiya rezonansini vujudga keltirish orqali takomillashtirilgan;
 STEAM fanlari ta’limini modellashtirishda aqliy, konsensus, gibrid va ilmiy modellar kabi modellashtirish komponentlaridan foydalanib, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, dizayn va matematika fanlarining o‘zaro bog‘langan modellari  metodologik va motivatsion aspekt asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni STEAM fanlari asosida kasbiy tayyorlash mazmuni ta’lim jarayonini modellashtirish komponentlari (aqliy, konsensus, gibrid va ilmiy modellar)dan foydalanib, ilmiy, dizaynerlik, texnologik, muhandislik va matematik elementlarning qonuniyatlarini o‘zaro parallel integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
STEAM fanlar ta’limini modellashtirish metodikasi STEAM fanlarini raqamlashtirish imkoniyatini beruvchi dasturiy vositalar (MatCad, MatLab, Maple, Srocodile Physics, Electronics Wor kbench Borland C++Builder 6 va Interactive Physics) yordamida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni STEAM fanlari asosida kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlash metodikasi fanlarni o‘qitishdagi empirik bilish metodlari (kuzatuv, taqqoslash, umumlashtirish), mantiqiy tafakkur metodlari (analiz va sintez, induksiya va deduksiya), nazariy bilish metodlari (abstraktsiyalash, konkretlashtirish, analogiya), empirik-nazariy tafakkur metodlari (modellashtirish, loyihalashtirish) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. STEAM fanlari ta’limini modellashtirish hamda raqamlashtirish orqali rivojlantirishning nazariyasi va metodikasi (Texnika oliy o‘quv yurtlari misolida) mavzusiga doir takliflar asosida:
STEAM fanlariga qo‘yilgan uzluksizlik, uzviylik, yaxlitlik, evristik, ichki-intensial o‘zaro bog‘liqlik talablari asosida STEAM fanlari mavzularining  universal qonuniyatli, irarxik, gnoseologik, illyustrativ va induktiv aloqadorliklari takomillashtirilganiga doir xulosalaridan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bajarilgan AIF-2/15 «O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarini tatbiq etish markazining 2022 yil 15 dekabrdagi 02/-01-105-son ma’lumotnomasi). Natijada STEAM fanlari ta’limini modellashtirish hamda raqamlashtirish orqali talabalar mustaqil ta’limini samarali amalga oshirish va STEAM fanlariga qo‘yilgan malakaviy talablar asosida fanlarning o‘quv tarkibi hamda mavzulari aloqadorligini takomillashtirish imkonini bergan;
bo‘lajak muhandislarni STEAM fanlari asosida kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlash metodikasi fanlarni o‘qitishdagi empirik bilish metodlari (kuzatuv, taqqoslash, umumlashtirish), mantiqiy tafakkur metodlari (analiz va sintez, induksiya va deduksiya), nazariy bilish metodlari (abstraktsiyalash, konkretlashtirish, analogiya), empirik-nazariy tafakkur metodlari (modellashtirish, loyihalashtirish) asosida takomillashtirilganiga doir xulosalari “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan bo‘lib, ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik tavsiyalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘qitish jarayonida qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyundagi 233-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan,  guvohnoma raqami №233-0371). Natijada bo‘lajak muhandislarni STEAM fanlarining kasbiy-amaliy masalalarni loyihalashtirish, integrativ bilimlarni shakllantirish va STEAM ta’lim metodikasi orqali muhandislik masalalarini tadqiq etish imkoniyatini bergan;
STEAM fanlarini raqamlashtirish imkoniyatini beruvchi dasturiy vositalar (MatCad, MatLab, Maple, Srocodile Physics, Electronics Wor kbench Borland C++Builder 6 va Interactive Physics) yordamida STEAM fanlar ta’limini modellashtirish va raqamlashtirish orqali rivojlantirishning modeli takomillashtirilganiga doir xulosalaridan Qarshi davlat universitetida bajarilgan OT-Atex- 2018-340 «Ikki tezlikli muhit dinamikasining amaliy geofizik masalalarini nazariy va sonli tadqiq etish» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarini tatbiq etish markazining 2022 yil 15 dekabrdagi 02/-01-105-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning intellektual salohiyatini, kreativ ijodiy yondashuvini, inovatsion tatqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish