Abdullaev Komiljon Risqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining vatanparvarlik sifatlarini tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish (Axborot ta’lim muhitida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped3939.
Ilmiy rahbar: Kadirov Xayot Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hushvaqtov Ne’mat Husanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi axborot ta’lim muhitida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining vatanparvarlik sifatlarini tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarda vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirishning qadriyatli yondashuvga yo‘naltirilgan tashkiliy tuzilmasi shaxsning ma’naviy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini kognitiv bilimlar bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillshatirilgan;
o‘quvchi yoshlarni globallashuv sharoitida vatanparvarlik kompetensiyasini shakllantirishning tarixiy, falsafiy, pedagogik-psixologik prinsiplari hamda vatanga muhabbat va uni himoya qilishga tayyorlikka asoslangan vatanparvarlik qadriyatlari tizimi axborot xilma-xilligi xususiyatlariga hamda shaxsiy, kibernetik va kontekstli yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida takomillashirilgan;
vatanparvarlik ta’limi mazmunini axborot xilma-xilligi mohiyati to‘g‘risidagi bilimlar bilan boyitish, uning shaxs ma’naviy-axloqiy sohasiga ko‘p qirrali ta’siri, bo‘lajak mutaxassisni axborotlar xilma-xilligi bilan bog‘liq murakkab sharoitlarda harakatlana olish ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirishga qaratilgan  vatanparvarlik sifatlarini tarbiyalash metodikasi o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni loyihalashtirish asosida ishlab chiqilgan;
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini vatanparvarlik sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan ijodiy mashqlar, pedagogik va texnologik faoliyatda uchraydigan muammoli videoroliklar hamda muammoli vaziyatli topshiriqlar asosida vatanparvarlik sifatlarini tarbiyalanganligi darajasini aniqlash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining vatanparvarlik sifatlarini tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarda vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirishning qadriyatli yondashuvga yo‘naltirilgan tashkiliy tuzilmasi shakllantirishga  oid  takliflardan YoA.-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion  pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish“ mavzusidagi loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 16 noyabrdagi 89-05-162-son ma’lumotnomasi). Natijada, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljalangan texnologiya takomillashtirilgan;
o‘quvchi yoshlarni globallashuv sharoitida vatanparvarlik kompetensiyasini shakllantirishning tarixiy, falsafiy, pedagogik-psixologik prinsiplari hamda vatanga muhabbat va uni himoya qilishga tayyorlikka asoslangan vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflari  “O‘zstandart” agentligining 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan “Kasb ta’limi metodikasi” fani bo‘yicha magistratura mutaxassisligi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 16 noyabrdagi 89-05-162-son ma’lumotnomasi). Natijada, Kasbiy pedagogika fanidan tarbiyaviy ishlar metodikasi bo‘limidan yaratilgan resurslar professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun vatanga sadoqatlilik, milliy iftixor kabi sifatlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak mutaxassisni axborotlar xilma-xilligi bilan bog‘liq murakkab sharoitlarda harakatlana olish ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirishga qaratilgan  vatanparvarlik sifatlarini tarbiyalash metodikasi Toshkent turizm va servis kolleji, Respublika musiqa va san’at kolleji, hamda Namangan xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2022 yil 12 yanvardagi 45-son ma’lumotnomasi). Natijada, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining vatanparvarlik sifatlarini tarbiyalash jarayoni dasturiy texnologik ta’minoti takomillashtirilgan, professional ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat soatlari”ni tashkil etish va o‘tkazish jarayonining samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish