Zuxurov Yigitali Tog‘aevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dasturiy vositalardan foydalanib talabalarning kartografik kompetentligini rivojlantirish metodikasi (5311500-geodeziya, kartografiya va kadastr (qurilish))”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2926.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; G‘aniev Alijon G‘anievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik–texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi dasturiy vositalardan foydalanib texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kartografik kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida “Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta’lim yo‘nalish talabalarini kartografik kompetentligini rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti mazmuni ma’lumotlar bazasini integratsiyalash, vizuallashtirish hamda tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlash asosida takomillshatirilgan;
bo‘lajak muhandislarni kartografik kompetentligini motivatsion-qadriyatli, ijodiy–faoliyatli, operasion–texnologik komponentlarini rivojlantirishning tashkiliy-funksional va konseptual didaktik modeli strukturasi fundamentallik, integrativlik tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
grafikli dasturlar vositasida umumkasbiy fanlarni o‘qitishning innovatsion metodlari (Do you know the map?, Cartographic lottery, Cartographic dominoes)ni mantiqiy umumlashtirish asosida bo‘lajak mutaxassislarni kartografik kompetentligini rivojlantirish metodikasi vizual, konstruktorlik dasturlari vositasida ishlab chiqilgan;
kasbiy faoliyatga sub’ektiv munosabat hamda natijalarning ob’ektiv yo‘nalishlarini refleksiyalovchi indikatorlarni hamda motivatsion, kognitiv va faoliyatli mezon ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish natijasida bo‘lajak muhandislarning “Kartografiya”, “Topografiya” va “Geodeziya” bo‘yicha kartografik kompetentligini rivojlanganlik darajasini baholashning sinektik usullarini tadbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandislarning kartografik kompetentligini rivojlantirishda dasturiy vositalardan foydalanish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida “Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta’lim yo‘nalish talabalarini dasturiy vositalardan foydalanib kartografik kompetentligini rivojlantirishning uslubiy-didaktik imkoniyatlari mazmuni modellashtirish, ma’lumotlar bazasini integratsiyalash, vizuallashtirish hamda tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va didaktik shart-sharoitlarni ta’minlash asosida rivojlantirishga oid takliflar “Bo‘lajak muhandislarning kartografik kompetentligini rivojlantirish” va “Kartografiya fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2022 yil 28 noyabrdagi 02/01-01-87-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur o‘qitish vositalari bo‘lajak muhandislarda kartografik kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalari 5311500-“Geodeziya, kartografiya va kadastr (qurilish)” ta’lim yo‘nalishi talabalarini dasturiy vositalardan foydalanib kartografik kompetentligini motivatsion – qadriyatli, ijodiy – faoliyatli, operasion – texnologik komponentlarini rivojlantirishning tashkiliy – funksional va konseptual modellariga asoslangan didaktik modeli maqsad, motivatsion, mazmunli – faoliyatli, jarayonli va baholash bloklari uzviyligida fundamentallik, loyihaviylik, integrativlik hamda kommunikativlik tamoyillari asosida takomillashtirishga oid takliflar Jizzax politexnika institutining “OT-F1-049-Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021 yy) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika instituti tomonidan berilgan
02-2940-2930-raqamli ma’lumotnoma). Natijada ishlab chiqilgan model bo‘lajak muhandislarning kartografik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarni dasturiy vositalardan foydalanib kartografik kompetentligini tashkiliy-tayyorgarlik, amaliy-jarayonli, analitik-korreksiyalash bosqichlarda rivojlantirish metodikasi AutoCAD, ArcGIS, Panorama, 3D terrain, MapInfo grafikli dasturlar vositasida umumkasbiy fanlarni o‘qitishning innovatsion metodlari (Do you know the map?, Cartographic lottery, Cartographic dominoes) ni tizimli umumlashtirish asosida takomillashtirilganga oid takliflar Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi halqaro amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika instituti tomonidan berilgan 02-2941-2931-raqamli ma’lumotnoma). Natijada ishlab chiqilgan metodika va takomillashtirilgan baholash mezonlari bo‘lajak muhandislarda kartografik kompetentlikni rivojlantirishga ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.