Xikmatullaeva Dilafruz Avazjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqil ta’limni tashkil etish metodlari vositasida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”(pedagogika kollejlari o‘quv amaliyoti misolida), 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2357.
Ilmiy rahbar: Ashurova Sanobar Yuldashevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tuxtaeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pedagogika kollejlaridamustaqil ta’limni tashkil etish metodlari vositasida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika kollejlarida ta’lim oluvchilar ijodiy mustaqilligi sifat ko‘rsatkichlari(o‘z-o‘zini anglash, axborotni mustaqil tahlil qilish va qayta ishlash hamda kreativ tafakkur)ni aniqlashtirish va kasbiy muammolar echimini topishda amaliy yo‘nalganlikka ustuvorlik berish asosida professional ta’lim o‘quv amaliyotlarida o‘quvchilar rolini tabaqalashtirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlashni amalga oshirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlari (o‘qitish mazmuni, vaqt taqsimoti va natijadorlik) o‘zaro muvofiqlashtirilgan;
mehnat bozori talablari bilan mustaqil o‘rganish kategoriyalari (kasbiy kompetentlik, mustaqil faoliyat yuritish, tezkor maqbul qarorlar qabul qilish va bilimlar tizimi nazorati) integratsiyalash asosida raqamli ta’limni tashkil etish mazmunini ishlab chiqish va o‘quv jarayonida amalga oshirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlash modelining tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi (maqsad, mazmunli, tashkiliy-jarayonli va tashxislash baholash bloki) takomillashtirilgan;
professional ta’limda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv amaliyotida qo‘llash va o‘qitish natijalarini aniqlashda o‘z-o‘zini baholashga mo‘ljallangan “mind mapping”, “webquest” va“problem solving activities”kabi interfaol ta’lim metodlarini bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonida amalga tatbiq etish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan.
mustaqil pedagogik kasbiy faoliyat olib borishi sifati va samaradorligi ko‘rsatkichlari(mustaqillik, ijodkorlik, o‘z-o‘zini boshqarish va erkin fikrlash)ni inobatga olgan holda axborotlilik va vizuallik tamoyillari asosida baholash mezonlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli-refleksiv) va elektron o‘qitish vositalarini ishlab chiqish orqali o‘quvchilarning kasbiy tayyorligini shakllantirishning o‘quv-didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil ta’limni tashkil etish metodlari vositasida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
professional ta’limning 4.11.02.00 - Maktabgacha ta’lim tayyorlov yo‘nalishlarida “Maktabgacha ta’lim tashkilotida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi” fani negizida Pedagogika kollejlari o‘quvchilarining kasbiy kompetentlik, mustaqil faoliyat yuritish va bilimlar tizimini nazoratga olishga qaratilgan mashqlar va ijodiy topshiriqlarni qamrab oluvchi “Novator pedagog-tarbiyachi” to‘garagi doirasida mustaqil ishlarni bajarish yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 18 oktyabrdagi 89-05-135-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagog tarbiyachilarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishning o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda kasbiy fanlarni o‘qitishda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni pedagogik faoliyatda mustaqil qo‘llash va o‘z-o‘zini baholashga mo‘ljallangan “mind mapping”, “webquest” va“problem solving activities”kabi interfaol ta’lim metodlari, kompyuter tizimlarining dasturiy va texnik ta’minoti, axborot texnologiyalaridan foydalanishni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashga oid takliflar “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan va professional ta’lim jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyruq, 233/2-036 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada pedagogika kollejlarida raqamli ta’lim mazmuni bilan mustaqil ta’lim olish xususiyatlarini integratsiyalash ta’minlangan va kasbiy fanlarni o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil pedagogik kasbiy faoliyati sifat ko‘rsatkichlari (mustaqillik, ijodkorlik, o‘z-o‘zini boshqarish va erkin fikrlash)ni axborotlilik va vizuallik tamoyillari asosida baholash mezonlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli-refleksiv) va vositalari “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan va professional ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyruq, 233/2-036 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada professional ta’limda o‘quvchilar mustaqil ta’limini tashkil etish metodlari vositasida bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini baholashning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.