Yakubov Sanjar Umarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar xodimlarida shaxslararo munosabatlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P417.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Azim Meylikulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ravshanov Lochinbek Urinovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ichki ishlar xodimlarida shaxslararo munosabatlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash va uning o‘ziga xos omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolar bilan shaxslararo munosabatlarida dominantlik prinsipiga tayanadigan ichki ishlar xodimlarda o‘zlariga nisbatan mas’uliyatlilik va e’tiborlilikni kuchayishi natijasida atrofdagilar bilan munosabatda o‘ta talabchan va tanqidiy fikrlovchi bo‘lib qolishlari aniqlangan;
hamkasblari va fuqarolar bilan shaxslararo munosabatlarda yetakchilik prinsipiga tayanadigan ichki ishlar xodimlarida maslahat berishga moyillikni ortib borishi tufayli o‘ziga ishonchni shakllanishi natijasida qat’iyatlik va tashkilotchilik qobiliyatini kuchaytirilishi aniqlangan;
qo‘riqlash xizmati xodimlarining uzoq vaqt mobaynida yakka tartibda va shaxslararo munosabatdan cheklangan holda faoliyat yuritishlari sababli ziqlik, ruhiy taranglik va zerikishning vujudga kelishi tufayli kasbiy zo‘riqish kuchayib ketishi natijasida shaxslararo munosabatlarda tajovuzkorlik, hissiy beqaror, fikrlarda rigidlik, qaror qabul qilishda ikkilanishni keltirib chiqarishi isbotlangan;
yo‘l-patrul xizmati xodimlari gipertim va sikloidlik xususiyatlari ta’sirida haydovchi va fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarda samimiy, kechinmalarni tushunadigan, muloqotmand bo‘lishlari sababli nizolarni barvaqt oldini olishga erishishlari bilan bir qatorda hatdan ortiq faollashishlari va xavotirga tushishlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar xodimlarida shaxslararo munosabatlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
fuqarolar bilan shaxslararo munosabatlarida dominantlik prinsipiga tayanadigan ichki ishlar xodimlarda o‘zlariga nisbatan mas’uliyatlilik va e’tiborlilikni kuchayishi natijasida atrofdagilar bilan munosabatda o‘ta talabchan va tanqidiy fikrlovchi bo‘lib qolishlari aniqlashga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining 2022 yil 22 fevraldagi 1/2/068-son Direktivasining 4-bandi). Buning natijasida kadr organi faoliyatida ichki ishlar tizimidagi xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini belgilovchi omillarni aniqlashga erishilgan;
hamkasblari va fuqarolar bilan shaxslararo munosabatlarda yetakchilik prinsipiga tayanadigan ichki ishlar xodimlarida maslahat berishga moyillikni ortib borishi tufayli o‘ziga ishonchni shakllanishi natijasida qat’iyatlik va tashkilotchilik qobiliyatini kuchaytirilishi aniqlanganligiga oid natijalar Ichki ishlar vazirligi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining 2022 yil 2 yanvardagi 02-son Direktivasining 5-bandi). Natijada psixodiagnostik tadqiqot asosida shakllantirilgan metodik testlardan ichki ishlar vazirligi malaka oshirish markazlarining metodik ta’minotini boyitishga xizmat qilgan;
qo‘riqlash xizmati xodimlarining uzoq vaqt mobaynida yakka tartibda va shaxslararo munosabatdan cheklangan holda faoliyat yuritishlari sababli ziqlik, ruhiy taranglik va zerikishning vujudga kelishi tufayli kasbiy zo‘riqish kuchayib ketishi natijasida shaxslararo munosabatlarda tajovuzkorlik, hissiy beqaror, fikrlarda rigidlik, qaror qabul qilishda ikkilanishni keltirib chiqarishi isbotlanganligiga oid natijalar Ichki ishlar vazirligi muassasalarida amaliyotga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining 2022 yil 1 martdagi 016-son Direktivasining 5-bandi). Bu esa Ichki ishlar tizimidagi ta’lim muassasalari psixologlar, o‘qituvchilar hamda kursantlarning shaxslararo munosabatlarni oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarga yordam bergan;
yo‘l-patrul xizmati xodimlari gipertim va sikloidlik xususiyatlari ta’sirida haydovchi va fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarda samimiy, kechinmalarni tushunadigan, muloqotmand bo‘lishlari sababli nizolarni barvaqt oldini olishga erishishlari bilan bir qatorda hatdan ortiq faollashishlari va xavotirga tushishlari dalillanganligiga oid natijalar Ichki ishlar vazirligi kasbiy saralash bo‘limlarida amaliyotga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining 2022 yil 1 martdagi 016-son Direktivasining 5 va 9-bandlari). Bu esa Ichki ishlar tizimidagi kasbiy saralash tizimini etuk kadrlar bilan butlash ishlarini yanada yaxshilashga yordam bergan.