Raximova Nazokatxon Kasimdjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda ijtimoiy etuklikning psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P280.
Ilmiy rahbar: Raximova Indira Igorevna psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Azim Meylikulovich, psixologiya fanlar doktori, professor; Zokirov Alisher Akbarovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar ijtimoiy etuklikgining tarkibiy tuzilmasi va shaxs qirralari bilan bog‘liqligini tadqiq etish orqali psixologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    shaxslilik xususiyatlarini faktorizatsiyalash natijasida talabalarning boshqalarga mas’uliyatli  munosabat, ehtiyojlarni to‘g‘ri tushunish qobiliyati, o‘zgalarning hurmat qilgan holda qo‘llab-quvvatlash  sifatlarini aniqlash asosida har bir insonning individualligiga ko‘ra munosabatda bo‘lishlarini izohlovchi kommunikativ bag‘rikenglik va insonlarning emotsional kechinmalariga mos ravishda hamdardlik bildirishini ifodalovchi empatiyadan iborat ijtimoiy etuklik komponentlari  aniqlangan;
    yuqori affiliyasiya motivatsiyasi tufayli talabalarda kirishimlilik, muhitga moslashuvchanlik, o‘quv faoliyatiga yo‘nalganlikni ortib borishi natijasida ularda har bir insonga nisbatan sabr-toqatli munosabatda bo‘lishi va nizoli vaziyatlardan chiqish o‘quvini shakllanishi asoslangan;
    talabalarda ma’naviy-axloqiy javobgarlik (boshqalarga mas’uliyatli munosabat, ehtiyojlarni to‘g‘ri tushunish qobiliyati, o‘zgalarni hurmat qilgan holda qo‘llab-quvvatlash) tuyg‘usi bilan kommunikativ bag‘rikenglik xususiyatlarining o‘zaro ta’sirida senzitivlikni ortganligi sababli ularda empatiyani (insonlarning emotsional kechinmalariga mos ravishda hamdarlik bildirish) kuchaytirganligi aniqlangan;
    talabalarning o‘quv va kundalik faoliyatida sabablari noaniq holatlarni  bartaraf etish orqali irodaviy o‘zini tartibga solishi, murakkab ijtimoiy muhitga moslashishi, ma’naviy va axloqiy motivatsiyaning o‘z zimmasiga olish xususiyatlari  kazusli vaziyatlar,  rejalashtirish asosida  o‘z-o‘ziga adekvat baho berish, o‘zini tasdiqlash, faol hayotiy pozisiyasiga egalik xususiyatlari esa kauzal atribusiyalar ta’sirida shakllanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda ijtimoiy etuklikning psixologik xususiyatlari ijtimoiy-psixologik shartlari yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
    shaxslilik xususiyatlarini faktorizatsiyalash natijasida talabalarning boshqalarga mas’uliyatli  munosabat, ehtiyojlarni to‘g‘ri tushunish qobiliyati, o‘zgalarning hurmat qilgan holda qo‘llab-quvvatlash  sifatlarini aniqlash asosida har bir insonning individualligiga ko‘ra munosabatda bo‘lishlarini izohlovchi kommunikativ bag‘rikenglik va insonlarning emotsional kechinmalariga mos ravishda hamdardlik bildirishini ifodalovchi empatiyadan iborat ijtimoiy etuklik komponentlari  aniqlanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi P-M-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijtimoiy etuklikni shakllantirish jarayonini optimallashtirish imkon yaratilgan.
    yuqori affiliyasiya motivatsiyasi tufayli talabalarda kirishimlilik, muhitga moslashuvchanlik, o‘quv faoliyatiga yo‘nalganlikni ortib borishi natijasida ularda har bir insonga nisbatan sabr-toqatli munosabatda bo‘lishi va nizoli vaziyatlardan chiqish o‘quvini shakllanishi asoslanganligi aniqlanganligiga doir ma`lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi P-M-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda etuklikni shalkllantirish jarayonida ijtimoiy etuklikning psixologik xususiyatlarini roli va ahamiyatini belgilashga sharoit yaratilgan.
    talabalarda ma’naviy-axloqiy javobgarlik (boshqalarga mas’uliyatli munosabat, ehtiyojlarni to‘g‘ri tushunish qobiliyati, o‘zgalarni hurmat qilgan holda qo‘llab-quvvatlash) tuyg‘usi bilan kommunikativ bag‘rikenglik xususiyatlarining o‘zaro ta’sirida senzitivlikni ortganligi sababli ularda empatiyani (insonlarning emotsional kechinmalariga mos ravishda hamdarlik bildirish) kuchaytirganligi aniqlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi P-M-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy etuklikning ilmiy-amaliy ta’minoti hamda shaxs etukligidagi o‘rni va axamiyati yoritilgan;
    talabalarning o‘quv va kundalik faoliyatida sabablari noaniq holatlarni  bartaraf etish orqali irodaviy o‘zini tartibga solishi, murakkab ijtimoiy muhitga moslashishi, ma’naviy va axloqiy motivatsiyaning o‘z zimmasiga olish xususiyatlari  kazusli vaziyatlar,  rejalashtirish asosida  o‘z-o‘ziga adekvat baho berish, o‘zini tasdiqlash, faol hayotiy pozisiyasiga egalik xususiyatlari  esa  kauzal atribusiyalar  ta’sirida shakllanishi dalillanganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 15 sentyabrdagi P-M-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy etuklikni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi samarali ijtimoiy–psixologik trening dasturi asosida nazariya hamda amaliyot uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish