Baltaniyazov Jaksibay Sarsenbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida ko‘kalamzorlashtirish uchun daraxt – buta turlarini tanlash”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx322.
Ilmiy rahbar: Kayimov Abdixalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Boboqul Yorkulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mamutov Baxram Xojaniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qorqalpog‘iston Respublikasi hududini ko‘kalamzorlashtirish uchun tadqiqot natijalari asosida hudud iqlim-tuproq sharoitiga mos keladigan daraxt-buta turlarini tanlash va tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida ko‘kalamzorlash-tirishda foydalanilayotgan daraxt va buta turlarining 15 oila, 28 turkumga mansub 40 turi bor ekanligi, ulardan ninabargli 6 tur, yaproqbargli 34 tur mavjudligi aniqlangan;
hudud iqlim tuproq sharoitiga mos daraxt-buta turlarini tanlash orqali ko‘chatlarning yashovchanligi 88% gacha oshganligi isbotlangan;
sho‘rlangan tuproqlarda o‘sayotgan Populus alba, Robinia pseudoacacia, Ulmus pumila, Fraxinus pensylvanica, Gleditsia triacanthos turlari asosiy ildiz tizimining rivojlanish chuqurligi boshqa turlardan 25% gacha yuqori ekanligi isbotlangan;
tanlangan daraxt-buta turlari orasida changni ushlab qolish xususiyati bo‘yicha yaproqbargli daraxtlar Satalra speciosa turi Ulmus pumila turiga nisbatan 2,94 barobar, Fraxinus pensilvanica turi 1,67 barobar, Populus alba turi 1,25 barobar, ninabargli daraxtlardan Juniperus virginiana turi Pinus Pallasiana turiga nisbatan 5,07 barobar yuqori ekanligi aniqlangan;
tanlangan daraxt-buta turlarining tashqi muhit omillariga munosabati tahlil etilganda, sovuqga chidamli Robinia pseudoacacia, Ulmus pumila, Fraxinus pensylvanica turlari, qurg‘oqchilikga chidamliligi bo‘yicha Gleditsia triacanthos, Populus alba, Platicladus orientalis turlarining hududga mosligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida ko‘kalamzorlashtirish uchun daraxt-buta turlarini tanlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Qoraqalpog‘istonning turli tuproq-iqlim sharoitlaridagi maydonlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish uchun ninabargli va yaproqbargli daraxt-buta turlarini tanlash, hamda ularni ekish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2021 yil 11 yanvardagi 13-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Qoraqalpog‘iston tuman va shaharlarning obodonlashtirish bo‘linmalarida manzarali daraxt-butalarni ekish uchun foydalanilmoqda;
Juniperus virginiana, Platicladus orientalis, Pinus Pallasiana, Ulmus pumila, Satalra speciosa, Fraxinus, Acer ko‘chatlarini ko‘paytirish ishlanmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus maxsus davlat o‘rmon xo‘jaligida 1 gektar maydondagi ko‘chatzorida joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2021 yil 12 maydagi 276-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlarini ko‘chat bilan ta’minlash 10% ga oshib, 22 mln. so‘m/ga daromad olingan.
turli noqulay sharoitlarga chidamliligini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari Nukus shahrida 1 gektar maydondagi yo‘llar atrofini ko‘kalamzorlashtirish uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 2178-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida yo‘l bo‘ylariga ekilgan daraxt-butalarning saqlanib qolishi va o‘sib-rivojlanish ko‘rsatkichlari 20% ga oshirilgan.