Turaqulov Djurabek Shaydullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shtambsimon va cherri tipidagi pomidor nav va duragaylari seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Qx792.
Ilmiy rahbar: Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Xolmurodova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Madreyimova Dilfuza Erkabaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Pomidorning shtambsimon va cherri tipidagi nav va duragaylarini yaratish uchun boshlang‘ich manba ajratish, shtambsimon tizmalar va birinchi avlod duragaylarini yaratish va ularni xo‘jalik muhim belgilar majmuasi bo‘yicha baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor shtambsimon nav va duragaylar yaratish uchun boshlang‘ich manba sifatida Revansh, Fonarik, Utenok, Surxon 142, mevalari transportbop Marjona, Sug‘diyona, Taramata, L–31 nav va tizmalari ajratilgan;
quruq subtropik iqlim sharoitida pomidorning istiqbolli shtambsimon G‘1 Surxon 142 x Sevara, G‘1 Sevara x Taramata, G‘1 Do‘stlik x L–31, G‘1 Surxon 142 x Marjona, G‘1 Surxon 142 x L–31, G‘1 Do‘stlik x Marjona, G‘1 Volgogradskiy 5/95 x Marjona kabi birinchi avlod duragaylari yaratilgan;
cherri tipidagi nav va duragaylar seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba sifatida G‘1 Medovie slivki, G‘1 Rubinovie pal`chiki, G‘1 KS 1825, G‘1 KS 1897 duragaylari ajratilgan;
yakka tanlash va avlodini o‘rganish asosida L–26/21, L–27/21, L–31/21, L–34/21 kabi istiqbolli cherri tipidagi tizmalar yaratilgan;
L–40, L–47, L–48, L–49, L–50, L–56, L–59, L-60 kabi shtambsimon tizmalar ustida seleksiya ishlari davom ettirilgan va ular xo‘jalik muhim belgilari bo‘yicha baholangan;
shtambsimon Bardam navi tanlov sinovidan o‘tqazilgan va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga topshirish uchun tayyorlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pomidorning shtambsimon va cherri tipidagi nav namunalar to‘plamini xo‘jalik qimmatli belgilari bo‘yicha o‘rganish va seleksiya uchun boshlang‘ich manba ajratish, birinchi avlod duragaylarini yaratish va xo‘jalik qimmatli belgilari bo‘yicha baholash, istiqbolli navlarning tanlov sinovini tashkil etishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar asosida;
pomidorning cherri tipidagi L–27/21, L–26/21, L–34/21, L–31/21 kabi yangi tizmalari Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on, Termiz va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida 1,57 gektar maydonda joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 sentyabrdagi №02/029-3867-son ma’lumotnomasi). Natijada, pomidorning cherri tipidagi yangi tizmalari mevalarining qattiqligi, transportbopligi va rangining jozibadorligi bilan ajralib turishi aniqlangan va pomidorning «Surxon-142» naviga nisbatan 10,0-28,0 t/ga qo‘shimcha hosil olingan;
tadqiqotlar natijasida yaratilgan shtambsimon pomidorning Bardam, Taramata, Marjona navlari 2021 yil Termiz tumanining «Surxon sabzavot Xondamir» fermer xo‘jaligida 0,30 ga, Jarqo‘rg‘on tumanining «Surxon Akbar Fayz» fermer xo‘jaligida 0,40 ga, Qumqo‘rg‘on tumanining «Elobodlik Yunusbek» fermer xo‘jaligida 0,35 ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 sentyabrdagi №02/029-3867-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklarida  shtambsimon pomidor navlari etishtirilishi hisobiga 83245-105709 ming so‘m/ga sof daromad olishga erishilgan;
pomidorning cherri tipidagi L–27/21, L–26/21, L–34/21, L–31/21 kabi yangi tizmalari Termiz tumanidagi «Yusuf Obod Sara» fermer xo‘jaligida 0,12 ga, Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Mamatmurodov Fayzi» fermer xo‘jaligida 0,11 ga, «Abduqodirov Ziyovuddin» fermer xo‘jaligida 0,14 ga, Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Raxmatova O‘rinoy» fermer xo‘jaligida 0,15 ga, jami 1,57 gektar maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 sentyabrdagi №02/029-3867-son ma’lumotnomasi). Natijada, pomidorning cherri tipidagi tizmalarini etishtirilishi natijasida fermer xo‘jaliklari 59849-93147 ming so‘m/ga sof daromad olishga erishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish