Vafoeva Mavluda Bobomurodovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishiga turli komponentli makro-mikro o‘g‘itlarni ildizdan tashqari qo‘llashning samaradorligi (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusidagi 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx620.
Ilmiy rahbar: Abduazimov Akbar Muxtorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bozorov Xolmurod Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishiga turli komponentli makro-mikro o‘g‘itlarni ildizdan tashqari qo‘llashning samaradorligini aniqlash hamda ilmiy asoslangan bargdan oziqlantirish texnologiyasi elementlarini ishlab chiqarishga tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyga mineral o‘g‘itlar me’yorlarini tejovchi (N90 P45K30 kg/ga) turli komponentli (makro va mikroelementlar) preparatlar bilan ildizdan tashqari oziqlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kuzgi bug‘doy urug‘lariga ekishdan oldin (IfoSeed+Vl-77) ishlov berish va kuzgi tuplanish davrida (IfoPZN+Ankasuper) suspenziya qo‘llanilganda urug‘larning dala sharoitidagi unuvchanligi, o‘simlikning tuplanish darajasi, rivojlanish davrlari yaxshilanib, hosildorlik oshganligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyda bir tup o‘simlikning quruq modda to‘planishi va barg sathi (gektar hisobida) mineral o‘g‘itlar tejalgan (N90P45K30) agrofon sharoitida turli komponentli suspenziyani kuzgi tuplanish fazasida (14,3 g va 11,1 m2/ga), bayroq barg chiqarish davrida (15,3 g va 11,1 m2/ga), to‘liq boshoqlashdan keyin (13,6 g va 10,7 m2/ga) qo‘llanilganda yuqori bo‘lib, fotosintez sof mahsuldorlik mos ravishda 14,8; 16,1 va 13,7 m2/ga sutka bo‘lishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyni mineral o‘g‘itlarning N90 P45K30 kg/ga me’yori bilan oziqlantirilgan agrofonda ildizdan tashqari kuzgi tuplanish davrida IfoPZN+Ankasuper qo‘llanilganda 26,8 s/ga, bayroq barg chiqarish davrida IfoCombi-Fe+Ento Gumin+IfoUAN-32 qo‘llanilganda 26,1 s/ga, boshoqlashdan keyin IfoKalifos+Ankasuper qo‘llanilanda 24,6 s/ga va ildizdan tashqari barcha preparatlar qo‘llanilganda 29,7 s/ga don hosili oshishi isbotlangan;
bug‘doyni turli komponentli suspenziyalar bilan kuzgi tuplanish, bayroq barg chiqarish davrlari va boshoqlashdan keyin oziqlantirilganda nazoratga nisbatan don naturasi (42,9; 43,7; 36,8 g/l) va don tarkibidagi oqsil miqdori (1,2; 1,2; 1,1%) yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy etishtirishda mineral o‘g‘itlar me’yori N90 P45K30 kg/ga hisobida, kuzgi tuplanish davrida IfoPZN+Ankasuper qo‘llanilganda 78,6%, bayroq barg chiqarish davrida IfoCombi-Fe+Ento Gumin+IfoUAN-32 qo‘llanilganda 75,6%, boshoqlashdan keyin IfoKalifos+Ankasuper qo‘llanilganda 75,1% rentabellikka erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy etishtirishda turli komponentli makro va mikroo‘g‘itlar bilan ildizdan tashqari oziqlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “Kuzgi bug‘doyni turli komponentli makro va mikro o‘g‘itlar bilan ildizdan tashqari oziqlantirish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 sentyabrdagi №02/021-3710-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
kuzgi bug‘doyni etishtirishda mineral o‘g‘itlarning N90 P45 K30 kg/ga me’yoriga qo‘shimcha ravishda turli komponentli makro va mikro o‘g‘itli suspenziyalar bilan ildizdan tashqari kuzgi tuplash davrida (IfoPZN+Ankasuper), bayroq barg chiqarish davrida (IfoCombi-Fe+Ento Gumin+IfoUAN-32), boshoqlashdan keyin (IfoKalifos+Ankasuper) oziqlantirish texnologiyasi Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Yakkabog‘ va Kasbi tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida jami 538,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 sentyabrdagi №02/021-3710-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi yumshoq bug‘doydan 54,6-65,1 s/ga miqdorida don hosili olingan;
kuzgi yumshoq bug‘doyni turli koponentli makro va mikro o‘g‘itlar bilan ildizdan tashqari oziqlantirish orqali kuzgi bug‘doy etishtirish texnologiyasi Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Yakkabog‘ va Kasbi tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida jami bo‘lib 538,0 gektar maydonda ishlab chiqarishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 sentyabrdagi №02/021-3710-son ma’lumotnomasi). Natijada, don tarkibidagi oqsil (1,2%) va kleykovina miqdori (1,9%) sezilarli darajada ko‘payib, don hosili an’anaviy texnologiyalar qo‘llanilganga nisbatan 5,0-7,0 s/ga yuqori bo‘lgan va gektaridan 2919,0-4277,0 ming so‘mgacha shartli sof daromad olinib, rentabellik darajasi (56,2%) o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish