Xakimov Azizbek Abdilalim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari innovatsion faoliyatining tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13 – «Menejment».  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1067
Ilmiy rahbar: Raxmanov Zafarjon Yashinovich i.f.f.d., (PhD) dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01. raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tojiev Rahmatilla Rahmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida innovatsion faoliyatni tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida innovatsion ishlanmalar ko‘lamini kengaytirish va xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida innovatsion faoliyatdan olingan daromadning bir foizi miqdorida mukofotlash taklifi asoslangan;
yagona biometrik tizimni shakllantirish va operatsion risklarni boshqarish maqsadida bank kuzatuv Kengashi tarkibida innovatsion faoliyatni rivojlantirish qo‘mitasini tashkil etish taklifi ilmiy asoslangan;
jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan innovatsion bank xizmatlari assortimentini 23 foizga oshirish maqsadida SAP BW, SAP BO va FSAP moliyaviy texnologiyalarini milliy hisob va audit standartlariga moslashtirgan holda joriy etish taklifi asoslab berilgan;
tijorat banklarining innovatsion infratuzilmasini takomillashtirish orqali operatsion rentabellik darajasi (CIR)ni 62,7 foizga etkazish va masofaviy sotish kanallarini rivojlantirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida innovatsion faoliyatni tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
tijorat banklarida innovatsion ishlanmalar ko‘lamini kengaytirish va xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida innovatsion faoliyatdan olingan daromadning bir foizi miqdorida mukofotlash taklifi “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan (“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining 2021 yil 18 noyabrdagi 01/11254-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi hisobiga bankda hisobvaraqlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning 96 foizi masofaviy bank xizmatlarini sotish kanallariga ulandi, buning natijasida esa bankning jami daromadlari tarkibida komission daromadlarning salmog‘i 28 foizgacha oshgan;
yagona biometrik tizimni shakllantirish va operatsion risklarni boshqarish maqsadida bank kuzatuv Kengashi tarkibida innovatsion faoliyatni rivojlantirish qo‘mitasini tashkil etish taklifi “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan (“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining 2021 yil 18 noyabrdagi 01/11254-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan bank tomonidan butun respublika hududida mijozlarni Ipak Yo‘li Mobile elektron platformasida indentifikatsiyalash va shu orqali bank xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan kichik POS-ofislar tarmog‘ini tashkil etishning 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur dasturning amalga oshirilishi natijasida bankning masofaviy sotish kanallaridan foydalanuvchi mijozlar sonini 12 foizga oshirish imkoniyati yaratiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan innovatsion bank xizmatlari assortimentini 23 foizga oshirish maqsadida SAP BW, SAP BO va FSAP moliyaviy texnologiyalarini milliy hisob va audit standartlariga moslashtirgan holda joriy etish taklifi “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan (“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining 2021 yil 18 noyabrdagi 01/11254-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida 2021 yilning 1 iyul holatiga “Ipak yo‘li mobile”, “Internet banking” va “Ipak yo‘li for business” elektron platformalari orqali ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlar turi 16 taga etkazilgan. Natijada, masofaviy xizmatlar ko‘lamining kengayishi hisobiga CIR (Cost/Income ratio) operatsion xarajatlar samaradorligi ko‘rsatkichi 2020 yilda 48 foizni tashkil etgan;
tijorat banklarining innovatsion infratuzilmasini takomillashtirish orqali operatsion rentabellik darajasi (CIR)ni 62,7 foizga etkazish va masofaviy sotish kanallarini rivojlantirish taklifi “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan (“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining 2021 yil 18 noyabrdagi 01/11254-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2021 yil yakuniga ko‘ra, P2P (plastik kartadan plastik kartaga) operatsiyalari hajmini 886 mlrd. so‘mdan 1 800 mlrd. so‘mgacha, xorijiy valyutani sotish operatsiyalari (plastik karta orqali konversiya) hajmini 88 mlrd. so‘mdan 110 mlrd. so‘mgacha oshirishga, shuningdek, ROA (aktivlar samaradorligi) ko‘rsatkichini 4,3 foiz hamda ROE (kapital samaradorligi) ko‘rsatkichini 24,4 foiz darajada bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish