Nurova Yulduz Ubaydullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek xalq paremalarining etnolingvistik xususiyatlari (kiyim va oziq-ovqat nomlari asosida)”,  10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
  Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2719. 
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSs.03/04.06.2021.FIL.72.09.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek paremalaridagi leksik birliklarni etnolingvistik nuqtai nazardan mavzuiy tavsiflashga integral yondashuvni amalga oshirish, shu asosda har bir mavzuiy guruhga xos birliklarning etnik xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek xalq paremalarida xalqning milliy o‘ziga xosligi, paydo bo‘lishi va tarqalish ildizlari, turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan sabablari antropotsentrik yo‘nalish asosida leksik, semantik, strukturaviy, lingvopoetik, lingvopragmatik aspektda dalillangan;  
paremalarda mavjud bo‘lgan kiyimlarning etnolingvistik, linvokul`turologik tahlili, ulardan bosh kiyim, ust kiyim, ich kiyim, oyoq kiyim hamda kiyimga yordamchi buyum va mato nomlarining tarixan mavjud bo‘lganligi, hozirda turmushdan izi o‘chib ketgan milliy kiyim turlari aniqlangan;
turg‘un birikmalardagi oziq-ovqat nomlarining kelib-chiqishi, lingvistik, onomastik tabiati va ularning millat vakillari hayoti bilan aloqadorlikda shakllanish xususiyatlari tavsiflash, semantik qiyoslash, komponent usullari orqali isbotlangan;
o‘zbek xalq paremalarida mavjud bo‘lgan oziq-ovqat nomlari quyuq ovqat, xamirli ovqat, suyuq ovqat, aralash masalliqlardan tayyorlangan ovqat nomlari kayf beruvchi va chanqovbosti ichimlik nomlari non va un mahsulotlari nomlari, sut mahsulotlari nomlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari nomlari, shirinlik nomlari, don mahsulotlari nomlarida etnomadaniy birlikning kommunikativ nutqiy xususiyatlari obrazli anglash va idrok etish jihati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek xalq paremalarida xalqning milliy o‘ziga xosligi, paydo bo‘lishi va tarqalish ildizlari, turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan sabablari antropotsentrik yo‘nalish asosida leksik, semantik, strukturaviy, lingvopoetik, lingvopragmatik xususiyatlarini aniqlash haqidagi xulosalardan Buxoro davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasida 2020-2021 yillarda bajarilgan A-OT-2021-2-raqamli «Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 22 iyundagi 06/03-1-3-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyotga oid birliklarning sinxron va diaxron shakllanishiga doir masalalarni mukammallashtirish imkoniyati yaratilgan;
paremalarda mavjud bo‘lgan kiyimlarning etnolingvistik, linvokul`turologik tahlili, ulardan bosh kiyim, ust kiyim, ich kiyim, oyoq kiyim hamda kiyimga yordamchi buyum va mato nomlarining tarixan mavjud bo‘lganligi etnik birlik nomlariga oid tahlil va xulosalardan 2019-2022 yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli «O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 8 sentyabrdagi 04/1-2471-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan lug‘at tarkibining milliy kiyim va oziq-ovqat nomlariga oid birliklar bilan boyitilishiga erishilgan.
turg‘un birikmalardagi oziq-ovqat nomlarining kelib-chiqishi, lingvistik, onomastik tabiati va ularning millat vakillari hayoti bilan aloqadorlikda shakllanish xususiyatlari tavsiflash, semantik qiyoslash, komponent usullaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Buxoro» telekanalining «Assalom, Buxoro», «Sakkizinchi mo‘’jiza» ko‘rsatuvlarida o‘zbek xalq maqollarining milliy-madaniy qarashlarni aks ettirishdagi o‘rni, unda milliy mental birlik ifodalovchi kiyim va oziq-ovqat nomlarining etnolingvistik xususiyatlarini tahlil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Buxoro» telekanalining 2022 yil  6 iyundagi 01-130-son ma’lumotnomasi). Bu orqali ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va u yangi manbalar bilan takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish