Xalikova Umida Mirovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompetensiyalarini innovatsion dasturiy vositalar orqali shakllantirish va rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3670.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Panjiev Samijon Alijonovich, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish kompetensiyalarini innovatsion dacturiy ta’lim vositalari orqali shakllantirish va rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’limda innovatsion dasturiy vositalar orqali ta’lim-tarbiya jarayonini (interaktiv mul`timediali platformalar) innovatsion dasturiy ta’lim vositalari orqali amalga oshirish modeli maqsad, tashkiliy-tenologik, natija komponentlari asosida mazmunan takomillashtirilgan;
tayyorlov guruhi mashg‘ulotlar turlari mazmunan aniqlashtirilib, o‘quv jarayonlarini virtual reallik muhitida “Quvnoq matematika” hamda “Tabiat bilan tanishtirish” nomli (3D videolar, audio, vizual, illyustrativ, interaktiv, xususiyatli platformalar) innovatsion dasturiy ta’lim vositalari orqali tashkil etishning dasturiy-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’limda mashg‘ulotlar jarayonini innovatsion dasturiy vositalar orqali tizimlilik va samaradorlik mezoni asosida loyihalashtirish metodikasi takomillashtirilgan hamda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilari(6-7 yoshli)ning kompetensiyalarini motivatsion, vizual, illyustratsion, produktiv, izlanuvchanlik, kreativ yondashuvlar asosida shakllantirish va rivojlantirish yo‘llari taklif etilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompetensiyalarini (interaktiv, mul`timediali ta’lim platformalari) innovatsion dasturiy ta’lim vositalari orqali shakllantirish va rivojlantirishning mavjud o‘quv-metodik ta’minot asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompetensiyalarini innovatsion dasturiy vositalar orqali shakllantirish va rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompetensiyalarini (interaktiv, mul`timediali ta’lim platformalari) innovatsion dasturiy ta’lim vositalari orqali shakllantirish va rivojlantirishning mavjud o‘quv metodik ta’minoti tizimli tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan ma’lumotlar “Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish metodikasi” nomli hamda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0729 raqamli guvohnoma) “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0714 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompetensiyalarini (interaktiv, mul`timediali ta’lim platformalari) innovatsion dasturiy ta’lim vositalari orqali shakllantirish va rivojlantirishga oid o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
maktabgacha ta’limda innovatsion dasturiy vositalar orqali ta’lim-tarbiya jarayonini (interaktiv mul`timediali platformalar) innovatsion dasturiy ta’lim vositalari orqali amalga oshirish modeli maqsad, tashkiliy-tenologik, natija komponentlari asosida mazmunan takomillashtirilgan metodika asosida ishlab chiqilgan “Elementar matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0724 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashda ta’lim-tarbiya jarayonini innovatsion dasturiy ta’lim vositalari orqali amalga oshirish modelning maqsad, tashkiliy-texnologik, natija kompotentlari asosida mazmunan takomillashtirilgan;
tayyorlov guruhi mashg‘ulotlar turlari mazmunan aniqlashtirilib,
o‘quv jarayonlarini virtual reallik muhitida “Quvnoq matematika”
hamda “Tabiat bilan tanishtirish” nomli (3D videolar, audio, vizual, illyustrativ, interaktiv, xususiyatli platformalar) innovatsion dasturiy ta’lim vositalari orqali tashkil etishning ishlab chiqilgan dasturiy-metodik ta’minoti loyihasidan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Innoweek-2022 hududiy innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi”da (2022 yil 16-17-avgust) “beasybord” loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi 2022 yil 22 noyabrdagi 01-02/462-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyorlov guruhi mashg‘ulot jarayonlarini virtual reallik muhitida “Quvnoq matematika” hamda
“Tabiat bilan tanishtirish” nomli innovatsion dasturiy ta’lim
vositalari orqali tashkil etilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mashg‘ulot jarayonlarini innovatsion dasturiy vositalar orqali loyihalashtirish metodikasi tizimlilik va samaradorlik mezoni asosida takomillashtirilib, 6-7 yoshli bolalar bilish jarayonlarining rivojlanish sohalari kompetensiyalarini motivatsion, vizual, illyustratsion, produktiv, izlanuvchanlik, kreativ yondashuvlar asosida shakllantirish va rivojlantirishga oid metodik taklif-tavsiyalari asosida tegishli fan dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 22 noyabrdagi 02/01-01-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan taklif-tavsiyalar maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalariga tegishli fanlarini o‘qitishda samarali foydalanilgan.