Axmedov Yodgorbek Olimjonovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Akademik liseylarda fizika fanini o‘qitish metodikasini dasturiy ta’lim vositalari asosida takomillashtirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3532.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy raxbar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Qaxor Shonazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor va Xo‘janov Erkin Berdievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik liseylarda fizika fanini dasturiy ta`lim vositalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik liseylarda fizika fanini uzviylik va izchillik tamoyillari asosida o‘qitishning (mul`timediya, elektron darslik, virtual namoyish va laboratoriya) dasturiy ta’minot komponentlari vositasida o‘quvchilarning raqamli, umumpredmet kompetensiyalarining rivojlanganlik ko‘rsatkichlari evristik yondashuvlar orqali aniqlashtirilgan;
fizika fanining “Elektrodinamika” bo‘limiga doir mashg‘ulotlarini o‘tkazishda (Yenka Electricity and Magnetism, Crocodile Technology) dasturiy ta’lim vositalarining funksional imkoniyatlarini o‘quv jarayoni bilan amaliy integratsiyalashga qaratilgan (hodisalarni 3D formatda kuzatish, tajribalar o‘tkazish, jarayonlarni modellashtirish)ning dasturiy o‘quv-metodik ta’minot mazmunan takomillashtirilgan;
akademik liseylarda fizika fanidan (masalalar echish, ijodiy loyiha ishlarini bajarish, laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish) mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishni rivojlantirishga qaratilgan axborot-ta’lim muhiti (e-learning) sharoitida ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlash orqali o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
“Elektrodinamika” bo‘limi mavzularini o‘qitishda o‘quvchilarning virtual reallik qonuniyatlariga asoslangan audio va vizual materiallarni kompyuter immitatsiyasi orqali tasavvur qilish ko‘nikmalarini (modellashtiruvchi, o‘rgatuvchi 3D animatsiyalar, virtual stend va laboratoriyalar)dan foydalanib rivojlantirish yo‘llari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning bilimlarini oshirish samaradorligini mustaqil ta’lim vositalari yordamida rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
akademik liseylarda fizika fanini uzviylik va izchillik tamoyillari asosida o‘qitishning (mul`timediya, elektron darslik, virtual namoyish va laboratoriya) dasturiy ta’minot komponentlari vositasida o‘quvchilarning raqamli, umumpredmet kompetensiyalarining rivojlanganlik ko‘rsatkichlari evristik yondashuvlardan Buxoro muhandislik-texnologiya institutining AIF-2/20 raqamli “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2022 yy.) mavzusidagi grant loyihasini “Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishga qaratilgan innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish” qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 2022 yil 22 noyabrdagi 01-02/461-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizikadan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda mustaqil ta’limni innovatsion texnologiyalar asosida tadbiq qilish ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarni rivojlantirilgan;
fizika fanining “Elektrodinamika” bo‘limiga doir mashg‘ulotlarini o‘tkazishda (Yenka Electricity and Magnetism, Crocodile Technology) dasturiy ta’lim vositalarining funksional imkoniyatlarini o‘quv jarayoni bilan amaliy integratsiyalashga qaratilgan (hodisalarni 3D formatda kuzatish, tajribalar o‘tkazish, jarayonlarni modellashtirish)ning dasturiy o‘quv-metodik ta’minot mazmunan takomillashtirishga doir takliflardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining radioeshittirishlari va ko‘rsatuvlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan hamda tadqiqot materiallari asosida davra suhbati va muloqotlar uyushtirilib, ma’ruzalar qilingan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 18 oktyabrdagi 2089-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil ta’limni innovatsion texnologiyalar vositasida o‘zlashtirishdagi o‘quv-metodik ta’minotini yaxshilashga, o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
akademik liseylarda fizika fanidan (masalalar echish, ijodiy loyiha ishlarini bajarish, laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish) mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishni rivojlantirishga qaratilgan axborot-ta’lim muhiti (e-learning) sharoitida ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlash orqali o‘qitishning takomillashtirilgan metodikasi amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2022 yil 24 noyabrdagi 02/01-01-84-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning aniq va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish qobiliyatlarini mustaqil ta’limni innovatsion texnologiyalar vositasida rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.