Babadjanova Nazokat Davronbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar.
«Yusuf va Zulayxo» dostoni syujetining manbalari va badiiy evolyusiyasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil039.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: [Jo‘raev Mamatqul], O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Ilhom Muzaffarovich, filologiya fanlari doktori; G‘ayipov Dilshod Qadamboevich, filologiya fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi «Yusuf va Zulayxo» dostoni syujetining manbalari va asosiy motivlar tizimining genezisini yoritish hamda mazkur epik syujetning yozma adabiyotdagi poetik talqinlarini qiyosiy tahlilga tortish orqali uning badiiy evolyusiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miloddan avvalgi XIII asrga mansub qadimgi Misr yozma yodgorligida qayd etilgan «Ikki aka-uka haqida qissa» nomli mifning epik transformatsiyasi natijasida «Yusuf va Zulayxo» dostoni syujetining arxaik shakli yuzaga kelganligi isbotlangan;
doston syujetining genezisi va tarixiy-tadrijiy rivoji «mifologik fabulat»→«ma’rifiy rivoyat»→«badiiy kontekst» bosqichlaridan iboratligi dalillangan;
Yusuf qissasining turkiy adabiy an’anadagi badiiy evolyusiyasi natijasida mazkur syujetning qipchoq (tatar, qozoq), o‘g‘uz (turkman, turk) va qarluq-chigil (o‘zbek, uyg‘ur) versiyalari shakllanganligi aniqlangan;
adabiy jarayon rivoji davomida mazkur epik syujetning Qul Ali, Durbek va Andalib ijodidagi badiiy talqinlari og‘zaki epik an’anaga ko‘chishi qissaxon-xalfalar repertuaridagi «Yusuf va Zulayxo» qissasining shakllanishiga asos bo‘lganligi ochib berilgan;
o‘zbek adabiyotida Yusuf mavzusining badiiy qayta ishlanishida an’anaviy syujetning stilizatsiyasi hamda uning asosiy personajlarini poetik timsol sifatida talqin qilish holati mavjudligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. «Yusuf va Zulayxo» dostoni syujetining ilk manbalari, tarixiy asoslari, turkiy va o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos badiiy talqinlarini qiyosiy tadqiq etish asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriylandi:
«Yusuf va Zulayxo» dostoni syujetining qadimgi Misr mifologiyasi bilan bog‘liqligi, uning turkiy xalqlar adabiyotidagi doston, rivoyat va ertak sifatidagi badiiy talqinlarining o‘ziga xos xususiyatlariga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zRFA QQB. Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2. «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 3 dekabrdagi 17.01/176-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq xalq dostonlari syujet tizimining shakllanish tarixi va tadrijiy rivoji bosqichlarini aniqlashga erishilgan;
«Yusuf va Zulayxo» dostonining turkiy xalqlar adabiyotshunosligidagi ilmiy talqinlariga doir materiallari va ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zRFA QQB. Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5. «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 3 dekabrdagi 17.01/176-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy adabiyotshunoslikda doston janrining o‘rganilishi tarixiga doir yangi ilmiy qarashlar va materiallar tadqiqotga jalb etilgan;
«Yusuf va Zulayxo» dastonining xalq variantlari – Xorazm viloyatida yashab ijod qilgan Ojiza xalfa, Saodat xalfa, Maxfira xalfa Sobirova kabi ijrochilar repertuarida mavjudligi, Xonqa tumanida yashagan mashhur xalfa shoira Ojiza va Niyozjon xalfalar repertuaridan topilgan variantlari. «Yusuf va Zulayxo» dostonining turkiy xalqlar adabiyotidagi eng mukammal variantlari (qozoq, turkman, o‘zbek, tatar)ning qiyosiy tahlili, ma’lumotlari va takliflaridan fond tizimidagi muzey va ziyoratgohlarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamoat fondi 2022 yil 20 iyuldagi 01-27-son ma’lumotnomasi). Natijada Fond o‘z hamkorlari bilan birga o‘tkazayotgan doston ijrochiligiga oid festival va tanlovlarda yosh ijrochilarga bu dostonni ijro etish tavsiya etilmoqda va «Avesto» muzeyiga tashrif buyuruvchilarga taqdim etishga erishilgan;
o‘zbek adabiyotida Yusuf mavzusining badiiy qayta ishlanishida an’anaviy syujetning stilizatsiyasi hamda uning asosiy personajlarini poetik timsol sifatida talqin qilish holati mavjudligi xususidagi yangilikdan Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining ko‘rsatuvlari va eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda, xususan, «Assalom Xorazm» dasturlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 21 iyuldagi 1006-son ma’lumotnomasi). Natijada Doston syujetining shakllanishiga asos bo‘lgan birlamchi manbalar qadimgi Misr mifologik eposi bilan aloqadorligi; Yusuf qissasining o‘zbek folklori va yozma adabiyotidagi badiiy talqinlari; dostonning tatar, qozoq, turkman va o‘zbek adabiyotidagi versiyalarining o‘zaro mushtarak va farqli jihatlari ko‘rsatib berishga erishilgan.