Sayt test rejimida ishlamoqda

Baxranov Sherzad Tashtursunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Turkistonda tovar va xomashyo birjasining shakllanishi va faoliyati (Qo‘qon birja qo‘mitasi misolida, 1906–1917 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar849. 
Ilmiy rahbar: Rasulova Nodira Sardarovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Urakov Dilshodbek Jamoliddinovich tarix fanlari doktori, dotsent; Nasirov Otabek Nazirjanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1906 – 1917 yillarda Qo‘qon birja qo‘mitasi misolida Turkiston o‘lkasida tovar – xom ashyo birjasining shakllanishi va rivojlanishi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasi o‘zining siyosiy va iqtisodiy aloqalarini, o‘z geosiyosiy va geoiqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib o‘rnatganligi va O‘rta Osiyodagi  xonliklarining, shu jumladan, Qo‘qon xonligi ichki ishlariga aralashuvi, imperiya sanoati uchun yangi bozorlarni egallash va xom ashyo bazasini yaratishga yordam berganligi isbotlangan;
Turkiston o‘lkasi va undan tashqarida savdo – sanoat firmalari va banklarni tashkil etish Rossiya imperiyasi savdo – sanoat doiralari manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek, o‘lkada birja savdosini rivojlantirish va u bilan bog‘liq masalalarga qaratilgan bo‘lib, bu mahalliy tadbirkorlik manfaatlarini himoya qilmaganligi aniqlangan;
Turkiston o‘lkasida Qo‘qon tovar – xom ashyo bazasini tashkil etish zaruriyati mavjudligi, u o‘z faoliyatini boshlashidanoq o‘lkada birja savdosining jonlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi, buning natijasida Rossiya imperiyasining iqtisodiy salohiyati boyitilganligi asoslangan;
Qo‘qon tovar – xom ashyo birjasi faoliyatining Turkistonda qonuniy rasmiylashtirilishi o‘lkada birja savdosi, jumladan, paxta xom ashyo savdosi masalalarini hal qilishda Rossiya imperiyasi o‘rnining mustahkamlanishiga ta’sir qilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Faoliyatini 1906 – 1917 yillarda amalga oshirgan Qo‘qon birja qo‘mitasi misolida Turkistonda tovar – xom ashyo birjasining shakllanishi va faoliyati  masalasini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar asosida:
Rossiya imperiyasi o‘zining siyosiy va iqtisodiy aloqalarini, o‘z geosiyosiy va geoiqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, o‘rnatganligi va O‘rta Osiyodagi  xonliklarining, shu jumladan, Qo‘qon xonligi ichki ishlariga aralashuvi, imperiya sanoati uchun yangi bozorlarni egallash va xom ashyo bazasini yaratishga yordam berganligi haqidagi ilmiy natijalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “Haqiqat chorrahalarida” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 26 yanvardagi 06 – 32 – 165 – son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tadqiqotni amalga oshirish jarayonida olingan materiallar keng jamoatchilikni Qo‘qon tovar – xom ashyo birjasi yaratilishi tarixi bilan tanishtirish imkonini bergan;
Turkiston general – gubernatorligida Qo‘qon tovar – xom ashyo bazasini tashkil etish zaruriyati mavjudligi, u o‘z faoliyatini boshlashidanoq o‘lkada birja savdosining jonlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi, buning natijasida Rossiya imperiyasining iqtisodiy salohiyati boyitilganligi, shuningdek, Turkiston general – gubernatorligi va undan tashqarida savdo – sanoat firmalari va banklarini tashkil etish Rossiya savdo – sanoat doiralari manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek, o‘lkada birja savdosini rivojlantirish va u bilan bog‘liq masalalarga qaratilgan bo‘lib, bu mahalliy tadbirkorlik manfaatlarini himoya qilmaganligi haqidagi dissertatsiya natijalari O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining ishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi tovar – xom ashyo birjasining 2022 yil 28 yanvardagi 01 – 21/394 – son ma’lumotnomasi). Natijada arxiv manbalarini tahlil qilish davomida chiqarilgan tadqiqot xulosalari O‘zbekiston Respublikasi tovar – xom ashyo birjasi xodimlarini Turkiston o‘lkasida Tovar – xom ashyo birjasining tarixi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirish imkonini bergan;
Qo‘qon tovar – xom ashyo birjasi faoliyatining Turkistonda qonuniy rasmiylashtirilishi o‘lkada birja savdosi, jumladan, paxta xom ashyosi savdosi masalalarini hal qilishda Rossiya imperiyasi o‘rnining mustahkamlanishiga ta’sir qilganligi haqidagi ilmiy natijalar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyini yangi materiallar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 1 martdagi 3/1255 – 493 – son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim qilingan materiallar muzeyga keluvchilar va tadqiqotchilarni Turkiston o‘lkasida tovar – xom ashyo birjasining tashkil topishi tarixi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishtirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish