Abduxoliqova Nasiba Alijonovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talaba yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarga tobeligining oldini olishda ta’lim ma’rifati (ijtimoiy falsafiy tahlil)»: 09.00.04 – «Ijtimoiy falsafa» (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal639. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mirzaxmedov Abdurashid Mamasiddikovich, falsafa fanlari doktori (DSc). 
Rasmiy opponentlar: Dexkanov Narimon Burxonjonovich, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent; Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.      
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda talaba yoshlarning  ijtimoiy tarmoqlarga tobeligining oldini olishning ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“virtual shaxs”, “infosfera”, “virtuallik” kabi axborot makoni shaxsda axborotni idrok etish va qayta ishlash qobiliyatini yuksaltiruvchi virtual tafakkurni shakllantirishi sababli yoshlar innovatsion intelektual faolligini ta’minlovchi ijtimoiy indikatori ekanligi aniqlangan; 
axborotlashgan jamiyatda internet va ijtimoiy tarmoqlarga tobelik dinamikasi shaxsda media immunitet kompetensiyasi bilan dialektik bog‘liqligi virtual shaklda ong orqali ijtimoiylashuv va identiklikka kuchli ta’sir etishi,  ijtimoiy (turmush darajasini o‘zgartirish, axborot ongi), madaniy (onlayn kommunikatsiya qadriyati), iqtisodiy (xizmat ko‘rsatish, axborot resursi, bandlik,) konseptiga relyativistik ta’siri  ochib berilgan;
axborotlashgan jamiyatda yoshlarning axborot bilan ishlash fe’l-atvori, nafosatini shakllantirish mediamadaniyati ijtimoiy qadriyatlar (bilim, ko‘nikma, me’yor, munosabat) tizimida sotsium pros`yumer (mediani yaratish, ishlab chiqarish)  kons`yumer (axborotni qabul qilish) xususiyatlarni rivojlantiruvchi natijador omil ekanligi asoslangan; 
talaba yoshlarning ta’lim ma’rifati axborotlashgan jamiyatda shaxs sotsializatsiyasining (jamiyatdagi zarur madaniy me’yorlar va ijtimoiy hayot tarzini qabul qilish va o‘zlashtirish) asosiy elementi sifatida destruktiv xulqni oldini olganligi sababli axborot almashinuvi jarayonini prognozlash va tartibga solish zaruriyatining evristik praksiologiyasida muhim fenomen ekanligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim yoshlarining ijtimoiy tarmoqlarga tobeligining oldini olishda ta’lim ma’rifatining ijtimoiy-falcafiy jihatlapi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflap acocida:
“virtual shaxs”, “infosfera”, “virtuallik” kabi axborot makoni shaxsda axborotni idrok etish va qayta ishlash qobiliyatini yuksaltirishiga oid ilmiy natijalar O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan respublikamizning oliy ta’lim sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar doirasida 2022-yil 18-22 aprel sanasida tashkil etilgan Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivalida Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati mintaqaviy festival tadbirlarida “Talaba yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarga tobeliginingoldini olishda ta’lim marifati” mavzusida ilmiy-ma’rifiy suhbat natijasiga ko‘ra, festival ishtirokchilari zamonaviy axborot muammolari, ayniqsa virtual qaramlikka doir ilmiy nazariy ma’lumot va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, axborot bilan ishlash malakasini olib boshlang‘ich media ta’limini olishda foydalanilgan (O‘zbekiston  Badiiy Akademiyasining  2022 yil 16 maydagi WM73561182-son dalolatnomasi). Natijada yoshlarni ta’lim ma’rifati hamda virtual tafakkurni shakllantirishi sabab bo‘luvchi yoshlar innovatsion intelektual faolligini ta’minlovchi ijtimoiy indikatorlarini aniqlashga xizmat qilgan; 
axborotlashgan jamiyatda internet va ijtimoiy tarmoqlarga tobelik dinamikasi shaxsda media immunitet kompetensiyasi bilan dialektik bog‘liqligiga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soxani rivojlantirish buyicha chora-tadbirlar dasturi oila, ta’lim tashkilotlari va maxallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar yunalishi 14 bandi “Yoshlar tarbiyasida an’ana va kadriyatlarimizning o‘rni va axamiyati” mavzusida Respublika mikyosida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 y 20-iyundagi 159-son dalolatnoma). Natijada, virtual shaklda ong orqali ijtimoiylashuv va identiklikka kuchli ta’sir etishi,  ijtimoiy (turmush darajasini o‘zgartirish, axborot ongi), madaniy (onlayn kommunikatsiya qadriyati), iqtisodiy (xizmat ko‘rsatish, axborot resursi, bandlik,) konseptiga relyativistik ta’siri  ochib berishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda yoshlarning axborot bilan ishlash fe’l-atvori, nafosatini shakllantirish mediamadaniyati ijtimoiy qadriyatlar yoshlarda ta’lim va tarbiya uyg‘unligi, davlatning yoshlarga oid siyosatining fuqarolik jamiyati institutlarining professional ta’lim taraqqiyotidagi samaradorligini ta’minlashga oida taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy, jismoniy barkamollik tarbiyasida ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3907-son, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 736-con Qarori bo‘yicha O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy rukndagi ko‘rsatuv va eshittirishlarda yoshlar bilan seminar-trening, uchrashuvlar va o‘zga tadbirlarini rejalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy TRKining 2022 yil 28 apreldagi 04-36-503-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlar bilim, ko‘nikma, me’yor, munosabatlar tizimida sotsium pros`yumer (mediani yaratish, ishlab chiqarish)  kons`yumer (axborotni qabul qilish) xususiyatlarni rivojlantirishga xizmat qilgan; 
talaba yoshlarning ta’lim ma’rifati, axborotlashgan jamiyatda shaxs sotsializatsiyasining jamiyatdagi zarur madaniy me’yorlar va ijtimoiy hayot tarzini qabul qilish va o‘zlashtirish sog‘lom ma’naviy-ma’rifiy axborot madaniyati, oshirishga doir taklif va tavsiyalaridan Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining “60220500” falsafa bakalaviriat ta’lim yo‘nalishi malaka talabi va “Ijtimoiy falsafa” fan dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqodlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2022 yil 17- iyundagi 02/-01-01.14-son dalolatnomasi). Natijada, asosiy elementi sifatida destruktiv xulqni oldini olganligi sababli axborot almashinuvi jarayonini prognozlash va tartibga solish zaruriyatining evristik praksiologiyani rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish