Sayt test rejimida ishlamoqda

Yuldashev Farruh Abduraxmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborotlashgan jamiyatda ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligi (yoshlar faoliyati misolida)», 09.00.04 – «Ijtimoiy falsafa» (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal534. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: G‘affarova Gulchehra G‘ulamjanova, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Abdulazizov Abdulvoxid Xabibullaevich sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent; Yuldasheva Farida Xo‘jamqulovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiya instituti  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan jamiyatda yoshlar faoliyatidagi ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligining falsafiy mohiyati hamda uning o‘ziga xos xususiyatlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar faoliyatida ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash oid deduktiv (o‘zlikni anglash, ma’lumotni qabul qilish va etkazish) hamda praksiologik (jamoani birlashtirish, munosabatlarni saqlab qolish) faoliyatdagi qobiliyat va ehtiyoj sabab refleksiv instrumental zaruriyatning etakchi determinanti ekanligi aniqlangan; 
axborotlashgan jamiyatda yoshlar ehtiyoj va manfaatlarini ratsional va irratsional birligini ta’minlovchi transformatsiya jarayonlari gumanizatsiyalash, aksiologik yondashuvlar doirasida rivojlantirishning institusional tizimi o‘zaro dialektik munosabatda ijtimoiy faollik va ijtimoiy kommunikatsiyaga bo‘lgan ehtiyojlar atributi asoslangan; 
axborot makonida yoshlar faoliyatidagi ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligining dinamik va statik holatlarini vujudga keltiruvchi global axborot makoniga kirish, jamiyatni axborotlashtirish va raqamlashtirish omillari innovatsion kommunakativlik, kreativlik, ijodkorlik va  qobiliyatini rivojlantiruvchi pragmatik indikator ekanligi isbotlangan; 
jamiyatda ma’rifatli avlodni shakllantirish ijtimoiy munosabatlarning intellektual birligini ta’minlashi sababli yoshlar tafakkuridagi ob’ektiv shaxs erkinligi, sub`ektiv qiziqishlar doirasida maqsadni belgilash, ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashning aksiomatik paradigmasi ekanligi ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyaning axborotlashgan jamiyatda yoshlar faoliyatining ehtiyoj va manfaatlari uyg‘unligini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlar faoliyatida ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash oid deduktiv o‘zlikni anglash, ma’lumotni qabul qilish va etkazish yoshlar faoliyatida ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashga oid konseptual yondashuvlariga xususiyatlariga oid xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 7 yanvardagi 3-13-23-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlash samaradorligini rivojlantirish,  o‘zlikni anglash, ma’lumotni qabul qilish va etkazish, hamda praksiologik (jamoani birlashtirish, munosabatlarni saqlab qolish) faoliyatdagi qobiliyat va ehtiyoj sababli refleksiv instrumental zaruriyatini ochib berishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda yoshlar ehtiyoj va manfaatlarini ratsional va irratsional birligini ta’minlovchi transformatsiya jarayonlari doir xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda 2021 yil 30 maydagi hududda qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, innovatsion tadbirkorlik, qambag‘allikni qisqartirish, axborot va kommunkatsion texnologiyalar, tibbiyot hamda ta’lim sohalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 02-02/5384-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning ehtiyoj va manfaatlarini aksiologik yondashuvlar doirasida rivojlantirishning institusional tizimi o‘zaro dialektik munosabatda ijtimoiy faollik va ijtimoiy kommunikatsiyaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga olib kelishiga xizmat qilgan;
axborot makonida yoshlar faoliyatidagi ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligining dinamik va statik holatlarini vujudga keltiruvchi axborot makoni jamiyatni axborotlashtirish va raqamlashtirish omillarini yuksaltirishga oid xulosa va takliflaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, sohani yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi IV yo‘nalishiga oid Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga qaratilgan Markaz xodimlari va “Ma’rifat” targ‘ibotchilari uchun o‘quv-seminar kurslarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 29 dekabrdagi 02/02-1789-son ma’lumotnomasi). Natijada, global axborot makoniga kirish, jamiyatni axborotlashtirish va raqamlashtirish yoshlarda kommunakativlik, kreativlik, ijodkorlik va  qobiliyatini rivojlantirishga yoshlar faoliyatidagi ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligining oshirishga xizmat qilgan;
jamiyatda ma’rifatli avlodni shakllantirish ijtimoiy munosabatlarning intellektual birligini ta’minlashi sababli yoshlar tafakkuridagi ob’ektiv shaxs erkinligi, sub`ektiv qiziqishlar doirasida maqsadni belgilash, ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashning aksiomatik paradigmasiga doir  oid xulosa va takliflaridan “Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2021 yil 10 sentyabrdagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda yoshlar tafakkuri va intilishlarini hisobga olish, yoshlarni milliy g‘oya asosida tarbiyalash, yoshlar tafakkuridagi ob’ektiv shaxs erkinligi, yangicha dunyoqarash, ijtimoiy ehtiyojlar va nazorat, sub`ektiv qiziqishlar doirasi, maqsadni belgilashga, ma’rifatli avlodni jismoniy, aqliy, ma’naviy kamolotga erishishida yoshlar tafakkurini rivojlantirishga xizmat qizmat.

Yangiliklarga obuna bo‘lish