Sayt test rejimida ishlamoqda

Tadjibaev Zokir Malikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): « Iqtisodiyotni ekologik boshqarish jarayonlarining ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.13 – «Menejment» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSs.03/30.12.2020.I.16.02. 
Ilmiy rahbar: Fattaxov Adxam Azizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Qalandar Xodjaevich akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor,  Yo‘ldoshev Nuriddin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xamidov Obid Xafizovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot nomi: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni ekologik boshqarishning nazariy-uslubiy asoslarini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha  tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tabiiy xomashyolar, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida suvdan foydalanuvchi sanoat korxonalaridan iborat ekologik klasterlarning tashkiliy tuzilmasida ekologik xizmatlar ko‘rsatuvchi bo‘linmalarni tashkil etish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda iqtisodiy rivojlanish asoslangan;
energetika va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari tarkibidagi tuzilmaviy-texnologik jihatdan muvofiqlikni ta’minlash orqali hududiy-ma’muriy boshqaruv tashkilotlarining ekologik-iqtisodiy balansini takomillashti-rish asosida samarasiz ishlatilayotgan tabiiy resurslar hajmini 20-30%ga qadar tejash taklifi asoslangan;
milliy iqtisodiyotni ekologik boshqarish mexanizmi tarkibiga kiruvchi atrof-muhit muhofazasini amalga oshirish yuzasidan rejalashtirilgan tadbirlar hamda ularni moliyalashtirish o‘rtasidagi nisbatni “muhimlik - qamrovlilik - tizimlilik” darajalariga ko‘ra optimallashtirish taklifi asoslangan;
mamlakat hududlaridagi ekologik holatni yaxshilash hamda uni boshqarish jarayonlarini tartibga solishda atrof-muhitga etkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlar bo‘yicha kvotalar bozoridan foydalanish orqali bozor dastaklarini joriy etish taklifi va shartlari asoslangan;
O‘zbekistondagi muhim tabiiy resurslarni ko‘p omilli funksiyalar yordamida baholash orqali iqtisodiy-matematik modellari asosida ekologik ta’minoti jarayonlarining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni ekologik boshqarishning nazariy-uslubiy asoslarini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha  ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:
tabiiy xomashyolar, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida suvdan foydalanuvchi sanoat korxonalaridan iborat ekologik klasterlarning tashkiliy tuzilmasida ekologik xizmatlar ko‘rsatuvchi bo‘linmalarni tashkil etish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda iqtisodiy rivojlanish taklifi “Mamlakatda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik boshqarishning konseptual yondashuvlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 20 dekabrdagi 10-15/2598-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi natijasida  suvdan foydalanuvchi sanoat korxonalaridan iborat ekologik klasterlarning tashkiliy tuzilmasida ekologik xizmatlar ko‘rsatuvchi bo‘linmalarni tashkil etish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkoni yaratilgan;
energetika va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari tarkibidagi tuzilmaviy-texnologik jihatdan muvofiqlikni ta’minlash orqali hududiy-ma’muriy boshqaruv tashkilotlarining ekologik-iqtisodiy balansini takomillashti-rish asosida samarasiz ishlatilayotgan tabiiy resurslar hajmini 20-30%ga qadar tejash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlagan “Agrar sohani xo‘jalik yuritish jarayonlarida ekologik omillarni hisobga olish bo‘yicha tavsiyalar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 20 dekabrdagi 10-15/2598-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi natijasida Farg‘ona viloyati miqyosida erlarning ekologik ko‘rsatkichlari 2018 yilda 2010 yilga qaraganda o‘rtacha 14-17 foizga yaxshilangan;
milliy iqtisodiyotni ekologik boshqarish mexanizmi tarkibiga kiruvchi atrof-muhit muhofazasini amalga oshirish yuzasidan rejalashtirilgan tadbirlar hamda ularni moliyalashtirish o‘rtasidagi nisbatni “muhimlik - qamrovlilik - tizimlilik” darajalariga ko‘ra optimallashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan “Miqdoriy o‘lchash va statistik ko‘rsatkichlarni monitoring qilishga xizmat qiluvchi integrallashgan indikatorlar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 20 dekabrdagi №10-15/2598-sonli ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 22 noyabrdagi 02-02/8-1593-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi natijasida atrof-muhit muhofazasini amalga oshirish yuzasidan rejalashtirilgan tadbirlarni miqdoriy o‘lchash va statistik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish orqali ularni moliyalashtirishning asoslilik darajasini ta’minlashga xizmat qilgan;
mamlakat hududlaridagi ekologik holatni yaxshilash hamda uni boshqarish jarayonlarini tartibga solishda atrof-muhitga etkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlar bo‘yicha kvotalar bozoridan foydalanish orqali bozor dastaklarini joriy etish taklifi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi loyihasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 20 dekabrdagi 10-15/2598-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 22 noyabrdagi 02-02/8-1593-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining istiqbollarini uning atrof-muhitga ta’sirini inobatga olgan holda o‘rganish hamda iqtisodiy va ekologik masalalarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan siyosatni olib borishga e’tiborni qaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi loyihasini shakllantirish imkonini  bergan; 
O‘zbekistondagi muhim tabiiy resurslarni ko‘p omilli funksiyalar yordamida baholash orqali iqtisodiy-matematik modellari asosida ekologik ta’minoti jarayonlarining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 20 dekabrdagi 10-15/2598-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 22 noyabrdagi 02-02/8-1593-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi natijasida Farg‘ona viloyatida bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarni tashkil etish, chorvachilik komplekslarini yaratish orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini 12-14 foizga oshirishga erishish mumkinligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish