Sayt test rejimida ishlamoqda

Sayfullaev Siddik Nosirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarni innovatsion rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining statistik tadqiqi”, 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt936.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Zoyir Xudoyberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Berkinov Bozorboy Berkinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nuriddinov Zufar Akbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududlarini innovatsion rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini statistik tadqiq qilish hamda istiqbollarini prognoz qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tavsiyalar hamda tajribalar asosida takomillashtirish hamda hududlar kesimida ko‘rsatiluvchi xizmatlarning statistik hisobini yuritish uslubiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi innovatsion jarayonlar tasnifini kiritish taklifi asoslangan;
hududlarni innovatsion rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ning statistik ko‘rsatkichlari asosida hududlar reytingini aniqlash “yuqori daraja” (5,54 baldan 7,4 balgacha), “o‘rta daraja” (3,67 baldan 5,54 balgacha), “past daraja” (1,8 baldan 3,67 balgacha) guruhlarga ajratish orqali takomillashtirilgan;
ko‘p variantli ekonometrik modellarni qurish asosida KBXT faoliyatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2026 yilga qadar o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
hududlarning innovatsion rivojlanishida kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan texnologik, marketing tashkiliy innovatsiyalarga qilingan xarajatlar hamda ishlab chiqarilgan innovatsion tovarlar, ishlar va xizmatlar nisbati indeksiga asoslangan uslubiy yondashuvlarni kiritish orqali kichik biznes va ishbilarmonlik muhiti sohasidagi kuzatuvlarning samaradorligini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarni innovatsion rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining statistik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborot-kommunikatsiya va dasturlash xizmatlarini hisobga olish metodologiyasini xalqaro tavsiyalar hamda tajribalar asosida takomillashtirish hamda hududlar kesimida ko‘rsatiluvchi xizmatlarning statistik hisobini yuritish uslubiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi innovatsion jarayonlar tasnifini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi tomonidan “Kichik tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatini statistik hisobga olishni takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 31 maydagi 01/1-04-18/2-127-son ma’lumotnomasi).  Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan), shu jumladan, qishloq joylarida ko‘rsatilgan xizmatlarning statistik hisobi bo‘yicha uslubiy nizomi”ni takomillashtirish imkoniyatini yaratilgan; 
hududlarni innovatsion rivojlanishida KBXTning statistik ko‘rsatkichlari asosida hududlar reytingini aniqlash “yuqori daraja” (5,54 baldan 7,4 balgacha), “o‘rta daraja” (3,67 baldan 5,54 balgacha), “past daraja” (1,8 baldan 3,67 balgacha) guruhlarga ajratish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi tomonidan “Kichik tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatini statistik hisobga olishni takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 31 maydagi 01/1-04-18/2-127-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi Davlat statistika qo‘mitasining hududiy statistika organlari tomonidan tayyorlanadigan hududlar kesimidagi statistik ma’lumotlarini tahlil qilish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
ko‘p variantli ekonometrik modellarni qurish asosida KBXT faoliyatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Toshkent viloyati statistika  boshqarmasi tomonidan viloyatning shahar va tumanlaridagi KBXTni kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Toshkent viloyati statistika  boshqarmasining 2022 yil 10 iyundagi 01/1-02-10/2-760-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi Toshkent viloyatining shahar va tumanlaridagi KBXTni kelgusida rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash imkonini bergan;
hududlarning innovatsion rivojlanishida kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan texnologik, marketing tashkiliy innovatsiyalarga qilingan xarajatlar hamda ishlab chiqarilgan innovatsion tovarlar, ishlar va xizmatlar nisbati indeksiga asoslangan uslubiy yondashuvlarni kiritish orqali kichik biznes va ishbilarmonlik muhiti sohasidagi kuzatuvlarning samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Kichik tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatini statistik hisobga olishni takomillashtirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 31 maydagi 01/1-04-18/2-127-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi statistika idoralarining kichik biznes sohasidagi kuzatuvlarni amalga oshirishda, ishbilarmonlik muhiti kuzatuvi, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi hamda shahar va tuman statistika bo‘limlari tomonidan tayyorlanadigan hududlar kesimidagi statistik ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatini kengaytirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish