Sayt test rejimida ishlamoqda

Qodirjonov Adxamjon Muxtorjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Farg‘ona viloyati eksport salohiyatini oshirishning asosiy yo‘llari”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1727. 
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ermamatov Shonazar Jumaqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Dsc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisod fanlari doktori, professor; Maxmudov Suxrob Shuxratovich, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyati eksport salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Farg‘ona viloyati tuman va shaharlarida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, Toshloq tumanida ip-kalava, Qo‘qon shahrida matolar, Farg‘ona tumanida ho‘l meva, xususan, shaftoli va olxo‘ri, Oltiariq tumanida uzumning rangli navlari, Qo‘shtepa va Rishton tumanlarida qush qo‘nmas o‘simligi plantatsiyalarini kengaytirish orqali eksport hajmini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara va Beshariq tumanlarida dorivor o‘simliklarni etishtirish, qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashtiriladigan klaster tashkilotlari barpo etish yuzasidan taklif asoslangan;
qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Beshariq va Rishton tumanlarida bojxona chegara nazorat postlari yaqinida “erkin savdo maydonlari”ni tashkil qilish yuzasidan taklif asoslangan;
Farg‘ona viloyati har bir tumanlarining o‘ziga xos eksport salohiyatidan samarali foydalanish, undagi alohida mahsulotlar raqobatbardoshligi va jahon bozoridagi talab hususiyatlarini inobatga olgan holda uch ssenariy bo‘yicha viloyatning 2030 yilgacha mo‘ljallangan eksport hajmlarining maqsadli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyati eksport salohiyatini oshirish va undan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar asosida:
Farg‘ona viloyati tuman va shaharlarida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, Toshloq tumanida ip-kalava, Qo‘qon shahrida matolar, Farg‘ona tumanida ho‘l meva, xususan, shaftoli va olxo‘ri, Oltiariq tumanida uzumning rangli navlari, Qo‘shtepa va Rishton tumanlarida qushqo‘nmas o‘simligi plantatsiyalarini kengaytirish orqali eksport hajmini oshirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “Farg‘ona viloyati hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 709-son qarorining uchinchi va to‘rtinchi ilovalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2021 yil 7 sentyabrdagi 02-04/6121-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 15 noyabrdagi 02-19-2-11843-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish viloyat eksport salohiyatiga xolis baho berish, eksport salohiyatini oshirish borasida mavjud muammolar va imkoniyatlarni aniqlash hamda viloyat korxona va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan eksport hajmini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi;
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara va Beshariq tumanlarida dorivor o‘simliklarni etishtirish, qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashtiriladigan klaster tashkilotlari barpo etish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “Farg‘ona viloyati hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 709-son qarori 6-ilovasida keltirilgan “Farg‘ona viloyatida 2020-2021 yillarda dorivor o‘simliklarni etishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha tashkil etiladigan klaster tashkilotlari Ro‘yxati”ni shakllantirishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2021 yil 7 sentyabrdagi 02-04/6121-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 15 noyabrdagi 02-19-2-11843-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi viloyatda dorivor o‘simliklarni etishtirish, qayta ishlash va eksport qilish hajmini oshirish imkonini taqdim etdi;
qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Beshariq va Rishton tumanlarida bojxona chegara nazorat postlari yaqinida "erkin savdo maydonlari"ni tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi “2019 – 2021 yillarda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 712-son qarorining 2-ilovasida keltirilgan sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha investisiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 15 noyabrdagi 02-19-2-11843-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi viloyatda bojxona chegara nazorat postlari yaqinida "erkin savdo maydonlari"ni tashkil qilish imkonini taqdim etdi;
Farg‘ona viloyatidagi har bir tumanning o‘ziga xos eksport salohiyatidan samarali foydalanish, undagi alohida mahsulotlar raqobatbardoshligi va jahon bozoridagi talab xususiyatlarini inobatga olgan holda uch ssenariy bo‘yicha viloyatning 2030 yilgacha mo‘ljallangan eksport hajmlarining maqsadli prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “Farg‘ona viloyati hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 709-son qarorining 1.2-ilovasining beshinchi bandini hamda oltinchi ilovasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5200-son qarorinig birinchi ilovasi bilan tasdiqlangan 2021-2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi ixtisoslashgan tumanlarda uzum plantatsiyalarini tashkil etishning prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2021 yil 7 sentyabrdagi 02-04/6121-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 15 noyabrdagi 02-19-2-11843-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognozlar asosida ishlab chiqilgan dasturlar va strategiyalarda eksport salohiyatini barqaror rivojlantirish va jahon bozorining noqulay kon’yunkturasiga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish