Norova Salomat Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyati iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yo‘nalishlari», 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt271.
Ilmiy rahbar: Nizamov Aslitdin Badreddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Valiev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Yakubov Iskandar Adilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyati iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasini Olot tumanining Turkmaniston bilan chegaradosh hududida «Chegara oldi savdo zonasi» va Qorako‘l tumanida gazni qayta ishlaydigan gaz-kimyo kompleksini tashkil etish orqali oshirish maqsadga muvofiqligi asoslangan.
Buxoro viloyati iqtisodiy salohiyatini mahalliy byudjet va xalqaro moliyaviy tashkilotlar mablag‘lari hisobiga “Buxoroda sanoatni rivojlantirish fondi”ni tashkil etish va uning moliyaviy imkoniyatlaridan Qorovulbozor tumanida ohaktosh, Peshku tumanida marmar-granitni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan qurilish materiallari klasterlarini shakllantirishda foydalanish orqali oshirish taklifi asoslangan;
Buxoro viloyati iqtisodiy xavfsizlik immuniteti va raqobatbardoshligini tumanlarning tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda Xalqaro tashkilotlarning ilmiy-texnik ko‘magida Peshku va G‘ijduvon tumanilarida shamol, Olot tumanida quyosh elektr stansiyalarini qurish orqali oshirish maqsadga muvofiqligi asoslangan.
hududning innovatsion-raqobatbardoshlik va barqaror rivojlanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish orqali Buxoro viloyati iqtisodiy o‘sishining 2030 yilgacha bo‘lgan muddatda uch xil ssenariy bo‘yicha ko‘p omilli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyati iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yo‘nalishlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
mintaqa iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasini Olot tumanining Turkmaniston bilan chegaradosh hududida «Chegara oldi savdo zonasi» va Qorako‘l tumanida gazni qayta ishlaydigan gaz-kimyo kompleksini tashkil etish orqali oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi 215-son “2022-2026 yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 2-ilovasining 17-bandiga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi 03/14-01-6/10-4610-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Buxoro viloyatining savdo aylanmasi va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining sezilarli darajada oshishiga erishiladi;
Buxoro viloyati iqtisodiy salohiyatini mahalliy byudjet va xalqaro moliyaviy tashkilotlar mablag‘lari hisobiga “Buxoroda sanoatni rivojlantirish fondi”ni tashkil etish va uning moliyaviy imkoniyatlaridan Qorovulbozor tumanida ohaktosh, Peshku tumanida marmar-granitni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan qurilish materiallari klasterlarini shakllantirishda foydalanish orqali oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi 215-son “2022-2026 yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 2-ilovasining 22-bandiga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi 03/14-01-6/10-4610-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi Buxoro viloyatining tabiiy resurs salohiyatidan foydalanib, qurilish materiallarini ishlab chiqarish klasterlarini tashkil qilish va shu orqali yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga erishiladi;
Buxoro viloyati iqtisodiy xavfsizlik immuniteti va raqobatbardoshligini tumanlarning tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda Xalqaro tashkilotlarning ilmiy-texnik ko‘magida Peshku va G‘ijduvon tumanilarida shamol, Olot tumanida quyosh elektr stansiyalarini qurish orqali oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi 215-son “2022-2026 yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 2-ilovasining 23-bandiga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi 03/14-01-6/10-4610-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi mintaqaning energoresurslarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish imkoniyatini beradi;
hududning innovatsion, raqobatbardoshlik, iqtisodiy xavfsizlik va barqaror rivojlanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida ishlab chiqilgan prognozdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi 215-son “2022-2026 yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasining maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi 03/14-01-6/10-4610-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi 2030 yilgacha Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqishni takomillashtirish imkoniyatini bergan.