Sayt test rejimida ishlamoqda

Murodxo‘jaeva Feruza Majidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoatda transformatsiyalash jarayonining mintaqaviy xususiyatlari (Namangan viloyati misolida)», 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2283.
Ilmiy rahbar: Abulqosimov Hasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Tursun Muhitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yakubov Iskandar Adilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Etakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyati sanoatini transformatsiyalash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada mahalliy sanoatni shakllantirish samaradorligini viloyatning 63 ta mahallasida ishlab chiqarish kooperatsiyalarini ularga a’zo bo‘lgan har bir fuqaro uchun “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha  miqdorda bir martalik subsidiya ajratish asosida tashkil etish orqali oshirish taklifi asoslangan; 
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on, Pop, Chust tumanlarida uzumchilik, Uchqo‘rg‘on, Norin, Mingbuloq tumanlarida baliqchilik, Chortoq, Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida turizm klasterlari tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
viloyat sanoatini transformatsiyalash jarayonlarini mintaqada eksport qiluvchi yirik tadbirkorlik sub’ektlariga transportirovka xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish hisobiga kompensatsiya qilish orqali jadallashtirish maqsadga muvofiqligi asoslangan;  
mintaqada sanoatni transformatsiyalash jarayonlari bilan hususiylashtirish, asosiy kapitalga investisiyalar va demografik omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda viloyat sanoatini 2030 yilgacha maqsadli rivojlantirishning ko‘p variantli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoatda transformatsiyalash jarayonining mintaqaviy xususiyatlari (Namangan viloyati misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
mintaqada mahalliy sanoatni shakllantirish samaradorligini viloyatning 63 ta mahallasida ishlab chiqarish kooperatsiyalarini ularga a’zo bo‘lgan har bir fuqaro uchun “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha  miqdorda bir martalik subsidiya ajratish asosida tashkil etish orqali oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 maydagi 305-son “2021-2022 yillarda Namangan viloyatidagi mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib ularni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandining “...xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda ishlab chiqarish kooperativlari tashkil etish va fuqarolarni kooperativlarga a’zo sifatida biriktirish uchun Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir kooperativ a’zosi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha miqdorda subsidiya ajratish” qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 6 iyundagi 03/14-01-10/10-2504-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Namangan viloyatida hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish kooperativlarini tashkil etish orqali ish bilan band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga erishilgan;
mintaqa hududlarining tabiiy, geografik, ijtimoiy, iqtisodiy hususiyatlaridan kelib chiqqan holda Yangiqo‘rg‘on, Pop, Chust tumanlarida uzumchilik, Uchqo‘rg‘on, Norin, Mingbuloq tumanlarida baliqchilik, Chortoq, Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida turizm klasterlarini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 apreldagi 211-son “2022-2026 yillarda Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarorining 2-ilovasi 1-bo‘lim, 14-bandining “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda Yangiqo‘rg‘on, Pop, Chortoq, Kosonsoy va Chust tumanlarida uzumchilik klasterlarini tashkil etish, Uchqo‘rg‘on, Pop, Norin va Mingbuloq tumanlarida 331,2 mlrd so‘mlik 12 ta loyiha asosida baliqchilikni rivojlantirish, Pop, Chortoq, Chust, Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on tumanlarini 25,5 mlrd so‘mlik 22 ta loyihalar asosida turizmga ixtisoslashtirish” qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 6 iyundagi 03/14-01-10/10-2504-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida viloyatda uzumchilik, baliqchilik va turizm klasterlari tashkil etilgan;
viloyat sanoatini transformatsiyalash jarayonlarini mintaqada eksport qiluvchi yirik tadbirkorlik sub’ektlariga transportirovka xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish hisobiga kompensatsiya qilish orqali jadallashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 apreldagi 211-son “2022-2026 yillarda Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarorining 2-ilovasi 2-bo‘limi, 28-bandining “...eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlariga mahsulotlarni avtomobil`, temir yo‘l, havo transporti hamda pochta jo‘natmalari orqali eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilib berish choralarini amalga oshirish” qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 6 iyundagi 03/14-01-10/10-2504-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida viloyatda noqishloq erlarini hususiylashtirish jarayonlari samaradorligi oshishi va shu orqali mahalliy yirik eksportyorlar sonining ko‘payishiga erishilgan;
mintaqada sanoatni transformatsiyalash jarayonlari bilan hususiylashtirish, asosiy kapitalga investisiyalar va demografik omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda viloyat sanoatini 2030 yilgacha maqsadli rivojlantirishning ko‘p variantli prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 apreldagi 211-son “2022-2026 yillarda Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori 1-ilovasining “2022-2026 yillarda Namangan viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari” qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 6 iyundagi 03/114-01-10/10-2504-son ma’lumotnomasi). Ushbu maqsadli prognoz parametrlari mahalliy sanoatni rivojlantirishda mavjud salohiyatdan samarali foydalanish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish