Sayt test rejimida ishlamoqda

Menglikulov Baxtiyor Yusupovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chorvachilikda biologik aktivlarni saqlash xarajatlari hisobi, tannarx hisoblash va auditi metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Iqt47.
Ilmiy maslahatchi: Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Alikulov Abdumo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chorvachilikda biologik aktivlarni saqlash xarajatlari hisobi, tannarx hisoblash va auditi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, metodologik va amaliy yo‘nalishidagi taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xarajatlar tasnifi hayvonlarning o‘limidan yo‘qotishlar, hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish vositalari kabi qo‘shimcha tasnif elementlarini kiritish orqali takomillashtirilgan; 
chorvachilikda biologik aktivlarni saqlash xarajatlari va mahsulotlar chiqishi bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlariga qo‘shimcha rekvizitlarni kiritish asosida takomillashtirilgan hamda sut yo‘nalishidagi qoramolchilikka qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlar hisobi qaydnomasi tavsiya etilgan;
chorvachilikda tovar-moddiy qiymatliklarni, jumladan o‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni xarid qilishda xarajatlarni hisobga olish va tannarxga olib borishda hisob ob’ektlariga xarajatlarni mutanosib taqsimlash uslubi taklif etilgan;
«sut chorvachiligida mahsulotlar tannarxini hisoblashning koeffisient usuli» hamda «sog‘in sigirlarni saqlash xarajatlarini sut va naslga ulardagi metobolik energiyaga proporsional taqsimlash tartibi» tavsiya etilgan;
qoramolchilikda ishlab chiqarish xarajatlari hisobining ichki nazorat va buxgalteriya hisobi tizimini baholash orqali xatarlarni aniqlash tavsiya qilingan hamda rejalashtirilgan ish turlarini kiritish orqali xarajatlar va mahsulot chiqishi auditining umumiy rejasini tuzish uslubi takomillashtirilgan;
biologik aktivlarni hisobga olishga doir boshlang‘ich hujjatlarning rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini tanlab tekshirish, biologik aktivlarning analitik va sintetik hisobi tashkil etilishini tekshirish kabi bandlarni kiritish orqali biologik aktivlar auditini o‘tkazish uslubi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chorvachilikda biologik aktivlarni saqlash xarajatlari hisobi, tannarx hisoblash va auditi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xarajatlar tasnifi hayvonlarning o‘limidan yo‘qotishlar, hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish vositalari kabi qo‘shimcha tasnif elementlarini kiritish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Samarqand viloyati Payariq tumani «Sutello» fermer xo‘jaligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 24 iyundagi №1/20-3-2001-son, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 1 iyuldagi 04/23-1371-son, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2022 yil 18 iyuldagi 59-son, Samarqand viloyati Payariq tumani «Sutello» fermer xo‘jaligining 2022 yil 23 iyundagi 21-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi hayvonlarning o‘limidan yo‘qotishlar, hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish vositalari tasnif elementlari bo‘yicha ma’lumotlarning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va aniq shakllantirilishini ta’minlab, tahlil ishlarini osonlashtirgan va samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga yordam bergan;
chorvachilikda biologik aktivlarni saqlash xarajatlari va mahsulotlar chiqishi bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlariga qo‘shimcha rekvizitlarni kiritish asosida takomillashtirish hamda sut yo‘nalishidagi qoramolchilikka qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlar hisobi qaydnomasidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Toshkent viloyati Toshkent tumani «Mehnat baxtli sut» MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 24 iyundagi №1/20-3-2001-son, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 1 iyuldagi 04/23-1371-son, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2022 yil 18 iyuldagi 59-son, Toshkent viloyati Toshkent tumani «Mehnat baxtli sut» MChJning 2022 yil 28 iyundagi 25-son ma’lumotnomalari). Ushbu tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi chorvachilikda biologik aktivlarni saqlash xarajatlari bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlari va analitik hisob registrlarida analitik ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri shakllantirilishini ta’minlab, hisobni yuritish, rejalashtirish va resurslardan samarali foydalanishni nazorat qilish imkonini bergan;
chorvachilikda tovar-moddiy qiymatliklarni, jumladan o‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni xarid qilishda xarajatlarni hisobga olish va tannarxga olib borishda hisob ob’ektlariga xarajatlarni mutanosib taqsimlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Surxondaryo viloyati Denov tumani «Turonbek chorvasi» fermer xo‘jaligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 24 iyundagi 1/20-3-2001-son, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 1 iyuldagi 04/23-1371-son, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2022 yil 18 iyuldagi 59-son, Surxondaryo viloyati Denov tumani «Turonbek chorvasi» fermer xo‘jaligining 2022 yil 29 apreldagi 6-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi tovar-moddiy qiymatliklarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni ularning turlari bo‘yicha mutanosib taqsimlash imkonini berib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektda tovar-moddiy qiymatliklar, jumladan o‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda tannarxning aniq va to‘g‘ri shakllantirilishini, boshqaruv tahlili to‘g‘ri tashkil etilishi va uning asosida oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilinishini ta’minlagan;
«sut chorvachiligida mahsulotlar tannarxini hisoblashning koeffisient usuli» hamda «sog‘in sigirlarni saqlash xarajatlarini sut va naslga ulardagi metobolik energiyaga proporsional taqsimlash tartibi»ni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Toshkent viloyati Qibray tumani «Azizjon» fermer xo‘jaligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 1 iyuldagi 04/23-1371-son, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2022 yil 18 iyuldagi 59-son, Toshkent viloyati Qibray tumani «Azizjon» fermer xo‘jaligining 2022 yil 23 iyundagi 8-son ma’lumotnomalari). Mazkur tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi sut qoramolchiligida sutning va nasl (buzoq)ning tannarxini to‘g‘ri va haqqoniy aniqlash imkonini bergan;
qoramolchilikda ishlab chiqarish xarajatlari hisobining ichki nazorat va buxgalteriya hisobi tizimini baholash orqali xatarlarni aniqlash hamda rejalashtirilgan ish turlarini kiritish orqali xarajatlar va mahsulot chiqishi auditining umumiy rejasini tuzish uslubini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati Toshkent tumani «Mehnat baxtli sut» MChJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 1 iyuldagi 04/23-1371-son, Toshkent viloyati Toshkent tumani «Mehnat baxtli sut» MChJning 2022 yil 28 iyundagi 25-son ma’lumotnomalari). Ushbu tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi qoramolchilikda xarajatlar va mahsulot chiqishi auditining umumiy rejasini to‘g‘ri tuzish va ishlab chiqarish xarajatlari hisobi bo‘yicha ichki nazorat tizimini baholash bo‘yicha aniq savollar ro‘yxatini shakllantirishni ta’minlab, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishi bo‘yicha audit samaradorligini oshirgan;
biologik aktivlar mavjudligini ta’minlashni tekshirish, biologik aktivlarni hisobga olishga doir boshlang‘ich hujjatlarning rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini tanlab tekshirish, biologik aktivlarning analitik va sintetik hisobi tashkil etilishini tekshirish kabi bandlarni kiritish orqali biologik aktivlar auditini o‘tkazish uslubini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati Toshkent tumani «Mehnat baxtli sut» MChJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 1 iyuldagi 04/23-1371-son, Toshkent viloyati Toshkent tumani «Mehnat baxtli sut» MChJning 2022 yil 28 iyundagi 25-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi biologik aktivlar mavjudligi, boshlang‘ich hujjatlarning rasmiylashtirilishi hamda analitik va sintetik hisobi tashkil etilishini to‘g‘ri tekshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish