Jumaeva Zulfiya Qayumovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investision faollikni jadallashtirish asosida mintaqani kompleks rivojlantirish (Buxoro viloyati misolida)» 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1337.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdurashid Majidovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Suxrob Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqani investision faollikni jadallashtirish asosida kompleks rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqani kompleks rivojlantirishda mavjud zahiralar, salohiyat va raqobat afzalliklaridan samarali foydalanishda investisiyalar bozorini rag‘batlantirish asosida yangi, o‘rta va yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish ustuvor ekanligi asoslangan;
mintaqani kompleks rivojlantirish darajasini investision faollik asosida baholashda Beta va Sigma (Beta and Sigma convergence) modellari negizida Buxoro viloyatining hududlararo tabaqalashuvini qisqartirishda Buxoro shahri - turizm va xizmatlar, G‘ijduvon - to‘qimachilik, Qorako‘l tumani - neft` va gaz, Buxoro tumani - issiqxona, Peshku tumani - qurilish materiallari, Kogon tumani - parrandachilik, Romitan tumani - bog‘dorchilik, Vobkent tumani - xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “o‘sish nuqtalari” aniqlangan;
mintaqada iqtisodiyot tarmoqlarida kichik va o‘rta biznesni rivojlanish darajasi baholanib, investision faollik asosida hududlarda kichik biznes strategik zonalari (Buxoro shahri, G‘ijduvon tumani, Kogon shahri), kovorking markazlari (Buxoro shahri), tarmoqlararo klasterlar (Romitan tumani), chegara oldi savdo zonalarini (Olot tumani) tashkil etish asoslangan;
Buxoro viloyatida investisiyalarni jalb qilish darajalarini YaHM, aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulotni o‘sishiga ta’siri ko‘rsatkichlarini 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Investision faollikni jadallashtirish asosida Buxoro viloyati mintaqasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqani kompleks rivojlantirishda mavjud zahiralar, salohiyat va raqobat afzalliklaridan samarali foydalanishda investisiyalar bozorini rag‘batlantirish asosida yangi, o‘rta va yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha taklif Buxoro viloyati hokimining 2022 yil 18 fevraldagi “2022-2026 yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining 2022 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni Taraqqiyot strategiyasi hamda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” dasturiga uyg‘unlashtirilgan holda ishlab chiqilgan dasturi to‘g‘risida”gi 50-17-2-0-K/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va savdo vazirligining 2022 yil 18 noyabrdagi 02-41-13078-son ma’lumotnomaci). Ushbu takliflarning amalga oshishi iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun 9,8 trln. so‘mlik 518 ta investisiya loyihalarini ishlab chiqish imkonini bergan;
mintaqani kompleks rivojlantirish darajasini investision faollik asosida baholashda Beta va Sigma (Beta and Sigma convergence) modellari negizida Buxoro viloyatining hududlararo tabaqalashuvini qisqartirishda Buxoro shahri - turizm va xizmatlar, G‘ijduvon - to‘qimachilik, Qorako‘l tumani - neft` va gaz, Buxoro tumani - issiqxona, Peshku tumani - qurilish materiallari, Kogon tumani - parrandachilik, Romitan tumani - bog‘dorchilik, Vobkent tumani - xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash bo‘yicha taklif Buxoro viloyati hokimining 2022 yil 18 fevraldagi “2022-2026 yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining 2022 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni Taraqqiyot strategiyasi hamda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” dasturiga uyg‘unlashtirilgan holda ishlab chiqilgan dasturi to‘g‘risida”gi 50-17-2-0-K/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va savdo vazirligining 2022 yil 18 noyabrdagi 02-41-13078-son ma’lumotnomaci). Natijada, ustuvor tarmoqlar va “o‘sish nuqtalari” aniqlangan. Buxoro viloyatining shahar va tumanlarini rivojlantirishning hududlararo tabaqalashuvini qisqartirishga erishilgan, paxta, to‘qimachilik va yoqilg‘i-energetika tarmoqlarining ustuvor tarmoqlar ekanligi asoslangan;
mintaqada iqtisodiyot tarmoqlarida kichik va o‘rta biznesni rivojlanish darajasi baholanib, investision faollik asosida hududlarda kichik biznes strategik zonalari, kovorking markazlari, tarmoqlararo klasterlar, chegara oldi savdo zonalarini tashkil etish bo‘yicha taklif Buxoro viloyati hokimining 2022 yil 3 oktyabrdagi “Viloyatda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risida”gi VI-64-118-2-0-K/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va savdo vazirligining 2022 yil 18 noyabrdagi 02-41-13078-son ma’lumotnomaci). Ushbu takliflarni qo‘llash natijasida yangidan tashkil etilayotgan 29 ta kichik sanoat zonalarida savdo-sanoat hududi shakllantirilgan va ushbu hududda infrastruktura bilan ta’minlash va yaratiladigan mahsulotlarga moliyaviy mablag‘ ajratish ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Buxoro viloyatida investisiyalarni jalb qilish darajalarini YaHM, aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulotni o‘sishiga ta’siri ko‘rsatkichlarini 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlarining ishlab chiqilishi bo‘yicha taklif Buxoro viloyati hokimining 2022 yil 18 fevraldagi “2022-2026 yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining 2022 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni Taraqqiyot strategiyasi hamda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” dasturiga uyg‘unlashtirilgan holda ishlab chiqilgan dasturi to‘g‘risida”gi 50-17-2-0-K/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va savdo vazirligining 2022 yil 18 noyabrdagi 02-41-13078-son ma’lumotnomaci). Mazkur taklifdan Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan va iqtisodiyot tarmoqlariga investisiyalarni maqsadli jalb qilish imkoni yaratilgan.