Allayorov Ravshan Alievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududiy turistik resurslardan samarali foydalanishning marketing strategiyasi», 08.00.11 – Marketing, 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt675.
Ilmiy rahbar: Alimova Mashhura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Alisher Abduganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarova Nilufar Ne’matillaeva, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududiy turistik resurslardan samarali foydalanishning marketing strategiyasi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «turistik resurslar» tushunchasining mohiyati ma’lum bir hududga tegishliligi va majmuaviy birlik orqali namoyon bo‘lishi asnosida sinergetik samarani yuzaga keltiruvchi tabiiy-iqlim, tarixiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar majmui sifatidagi yondashuviga ko‘ra takomillashtirilgan;
Samarqand viloyati hududlarining turistik resurslarini me’yorlashtirilgan indekslarning solishtirma salmoqlari asosida aniqlangan hududiy turistik resurslar salohiyati integral ko‘rsatkichining (TSP=1,93–3,47) qiymatlari chegarasida turizm sohasini diversifikatsiyalash pozisiyasi orqali manzilli dasturlarni ishlab chiqish taklifi asoslangan;
Samarqand viloyati hududlarida turistik resurslar salohiyatidan samarali foydalanish asosida 2026 yilga qadar rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
turizm sohasida hudud imidji, hududiy turistik mahsulot, diqqatga sazovor joylar, personal va aholi, hududiy turistik infratuzilma, hudud jozibadorligi unsurlaridan iborat «7P» marketing kompleksiga asoslangan hududiy marketing strategiyasini amalga oshirish asosida viloyatga tashrif buyuradigan turistlar sonining o‘rtacha yillik 26 foizga qadar o‘sish chegarasi aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududiy turistik resurslardan samarali foydalanishning marketing strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra ma’lum bir hududga tegishliligi va majmuaviy birlik orqali namoyon bo‘lishi asnosida sinergetik samarani yuzaga keltiruvchi tabiiy-iqlim, tarixiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar majmui sifatidagi yondashuviga ko‘ra takomillashtirilgan «turistik resurslar» tushunchasining mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 828-son qaroridagi Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 23 avgustdagi 04-18/4379-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududiy marketing strategiyalarini ilmiy asoslangan shaklda ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
Samarqand viloyati hududlarining turistik resurslarini me’yorlashtirilgan indekslarning solishtirma salmoqlari asosida aniqlangan hududiy turistik resurslar salohiyati integral ko‘rsatkichining (TSP=1,93–3,47) qiymatlari chegarasida turizm sohasini diversifikatsiyalash pozisiyasi orqali manzilli dasturlarni ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 828-son qaroridagi Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ijrosi monitoringida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 23 avgustdagi 04-18/4379-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarning turistik salohiyati reytingidan kelib chiqib, maqsadli va manzilli dasturlarni ishlab chiqish imkoni kengaygan;
Samarqand viloyati hududlarida turistik resurslar salohiyatidan samarali foydalanish asosida 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlari Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 23 avgustdagi 04-18/4379-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatida uzoq muddatli istiqbolda turistik resurslar salohiyatidan samarali foydalanishning asosiy parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.
turizm sohasida hudud imidji, hududiy turistik mahsulot, diqqatga sazovor joylar, personal va aholi, hududiy turistik infratuzilma, hudud jozibadorligi unsurlaridan iborat «7P» marketing kompleksiga asoslangan hududiy marketing strategiyasini amalga oshirish asosida viloyatga tashrif buyuradigan turistlar sonining o‘rtacha yillik 26 foizga qadar o‘sish chegarasi aniqlash taklifi Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 23 avgustdagi 04-18/4379-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari, ilm-fan va ta’lim, xususiy biznes hamkorligi mexanizmini shakllantirish imkoni yaratilgan.