Abdullaeva Shaxnoza Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt244.
Ilmiy rahbar: Xashimov Pazliddin Zukurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimova Dildora Mirsabitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ehtiyojmand aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy himoya qilish tizimini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar va bandlik o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda yondashish asosida yordamga muxtoj ishsiz yoshlar korxonada xodimlar umumiy sonining yarmidan ko‘pini tashkil qilgan  ish beruvchilar uchun davlat mulkini ijaraga berishda bir yildan besh yilgacha ijara to‘lovidan ozod etish orqali takomillashtirish taklifi nazariy-uslubiy jihatdan asoslangan; 
kam daromadli aholini manzilli ijtimoiy himoya qilishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va u bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini davlat tomonidan qoplab berish nuqtai-nazaridan yondashishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi ishchi kuchini takror hosil qilish nuqtai-nazaridan yondashgan holda korxonalar tomonidan yangi ishga qabul qilingan har bir nogiron xodim uchun davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya ajratish orqali takomillashtirilgan; 
kam ta’minlangan oilalarga bolalar uchun davlat tomonidan ajratilayotgan nafaqalar natijadorligini iqtisodiy o‘sish bilan ishchi kuchi omili o‘rtasidagi bog‘liqlikni oshirish nuqtai-nazaridan yondashgan holda sarflangan mablag‘larni inson kapitalini rivojlantirish uchun yo‘naltirishga qaratilgan ijtimoiy shartnomalar tuzish orqali oshirish taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ijtimoiy himoya tizimini ishlab chiqarish korxonasida yordamga muxtoj ishsiz yoshlar xodimlar umumiy sonining yarmidan ko‘pini tashkil qilgan tadbirkorlik sub’ektlariga davlat mulkini ijaraga berishda bir yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatda ijara to‘lovidan ozod etish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-son “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni 1-ilovasining 2-bandining “Ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlar umumiy sonining kamida 70 foizi «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar bo‘lgan, davlat mulki ob’ektlari uchun ijara haqi to‘lovidan 5 yilga ozod etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etiladigan imtiyozlar” qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi 2022 yil 3-martdagi 01/00-03/09-2045-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshlarning bandligini ta’minlashga va ularning kambag‘allikka tushib qolishining oldini olishga xizmat qilgan;
kam daromadli aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish mexanizmini mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va u bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi PQ-300-son “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandi “nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi xotin-qizga kasbga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga BHMning 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab berish” qismiga  kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2022 yil 3-martdagi 01/00-03/09-2045-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muxtoj qismini moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlashda byudjet xarajatlarining samarali sarflanishi, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlarining nisbatan ko‘proq daromad olishi va ijtimoiy himoyaning manzilliligi oshishiga erishilgan;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini korxonalar tomonidan ishga qabul qilingan har bir nogiron xodim uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya ajratish orqali takomilashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 1-bandining “Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya berish” qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 3 martdagi 01/00-03/09-2045-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga joriy qilinishi natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishga erishilgan;
kam ta’minlangan oilalarga bolalar uchun davlat tomonidan ajratilayotgan nafaqalar natijadorligini sarflangan mablag‘larni  inson kapitalini rivojlantirish uchun yo‘naltirishga qaratilgan ijtimoiy shartnomalar tuzish orqali oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi PF-175-son “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi farmonining 2.3-bandining “Ijtimoiy shartnoma tuzishda mablag‘larni inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadida bolalarni maktab, maktabgacha ta’lim va boshqa ta’lim muassasalariga qatnashi kabi shartlarni ishlab chiqish” qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat  munosabatlari vazirligi 2022 yil 3 martdagi 01/00-03/09-2045-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida kam ta’minlangan oilalarga bolalar uchun davlat tomonidan ajratilayotgan nafaqalar samaradorligining oshishi va respublikada inson kapitalini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish