Yakubov Axtam Nucratilloevichning
doktorlik dissertatsiya (DSc) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Kibermakonda raqamli mulk huquqi va uni huquqiy tartibga solish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Yu176.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gulyamov Said Saidaxrarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01 
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Baxshillo Kamalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Narziev Otabek Sa’dievich, yuridik fanlar doktori, dotsent, Ashurova Nargiza A’zamovna yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kibermakonda raqamli mulkiy munosabatlapni taptibga solishning huquqiy asoslapini takomillashtipish va uni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kibermakon bu – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhit ekanligi, IT-park asosida ilg‘or texnologiyalardan (Big Data, IoT, AI blokcheyn va boshqalar) foydalangan holda ustuvor tarmoqlar uchun «aqlli echimlar»ni ishlab chiqishni rag‘batlantirish zarurligi asoslab berilgan;
sun’iy intellektni qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari va tamoyillarini, shuningdek, yaqin va uzoq istiqbolda ushbu sohani kompleks shakllantirish uchun shart-sharoitlarni belgilovchi Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish zarurligi asoslangan;
elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarning tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarida NFC texnologiyalarini joriy qilish zarurligi asoslab berilgan;
raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va ularning biznes amaliyotiga ta’siri va yangi raqamli xizmatlar yoki mahsulotlar paydo bo‘lishi ta’sirini hisobga olgan holda qonunchilik bazasini takomillashtirish mexanizmlarini shakllantirish zarurligi asoslangan;
kompyuter o‘yinlari sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, xorijiy investisiyalarni mahalliy IT-mahsulotlarini ishlab chiqish va rag‘batlantirishga jalb qilish, ushbu sohadagi malakali mutaxassislarni tanlab olish va tayyorlash zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalap quyidagilapda foydalanilgan: 
kibermakon bu – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhit ekanligi haqidagi taklif 2022 yil 15 apreldagi O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–764-son Qonunning 3-moddasi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 27 iyuldagi 06-13/36-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshipilishi kibermakon tushunchasi va uni qamrab oluvchi ijtimoiy munosabatlarni aniqlashga xizmat qilgan.
IT-park asosida ilg‘or texnologiyalardan (Big Data, IoT, AI blokcheyn va boshqalar) foydalangan holda ustuvor tarmoqlar uchun «aqlli echimlar»ni ishlab chiqishni rag‘batlantirish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasining 2.4-bandi o‘n to‘qqizinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 12-19-52-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshipilishi Big Data, IoT, AI blokcheyn kabi ilg‘or texnologiyalarni joriy qilishning huquqiy asoslarini yaratilishiga xizmat qilgan;
sun’iy intellektni qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari va tamoyillarini, shuningdek, yaqin va uzoq istiqbolda ushbu sohani kompleks shakllantirish uchun shart-sharoitlarni belgilovchi Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 fevraldagi PQ-4996-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 12-19-52-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshipilishi Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini yaratish va uning istiqbolini belgilashga xizmat qilgan;
elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarning tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarida NFC texnologiyalarini joriy qilish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasining 2.3-bandi o‘ttiz birinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 12-19-52-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshipilishi elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarning tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarida NFC texnologiyalarini joriy qilishning huquqiy asoslarini yaratilishiga xizmat qilgan;
raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va ularning biznes amaliyotiga ta’siri va yangi raqamli xizmatlar yoki mahsulotlar paydo bo‘lishi ta’sirini hisobga olgan holda qonunchilik bazasini takomillashtirish mexanizmlarini shakllantirish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasining 2.4-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 12-19-52-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshipilishi raqamli texnologiyalar sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
kompyuter o‘yinlari sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, xorijiy investisiyalarni mahalliy IT-mahsulotlarini ishlab chiqish va rag‘batlantirishga jalb qilish, ushbu sohadagi malakali mutaxassislarni tanlab olish va tayyorlash zarurligi haqida taklif haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasining 2.4-bandi o‘n uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 12-19-52-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshipilishi kompyuter o‘yinlari sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishning huquqiy asoslarini yaratilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish