Rajabov Nariman Sharifbaevichning
doktorlik dissertatsiya (DSc) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ekologik me’yorlash tizimini huquqiy tartibga solish masalalari», 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Yu46.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Fayziev Shuhrat Xasanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Safarov Jahongir Ismailovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Utegenov Ongarbay Dariyabaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekologik me’yorlashni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishni nazariy va amaliy nuqtai nazardan o‘rganish, ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat organlarining favqulodda vaziyatlar hamda boshqa hodisalar natijasida atrof tabiiy muhitga o‘rnatilgan me’yordan ortiq miqdor yoki darajada zararlangan yohud ifloslangan taqdirda bunday falokat va hodisalar to‘g‘risida jamoatchilikni darhol xabardor qilish bo‘yicha majburiyatlarini mustahkamlash zarurligi asoslab berilgan;
radioaktiv va kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, qo‘llash, zararsizlantirish va ko‘mib tashlash jarayonida ushbu sohada band bo‘lgan sub’ekttlar ekologik me’yor talablariga, ushbu belgilangan normativlar va qoidalarga rioya qilishlari, ularni qo‘llashning zararli oqibatlari oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishlari lozimligi, agarda bunday ekologik normativlardan oshib ketilgani taqdirda tegishli maxsus vakolatli davlat organlariga zudlik bilan habar berishlari shart ekanligi asoslangan;
o‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy va muhim bo‘lgan yo‘nalishlaridan biri sifatida ushbu sohada ekologik me’yorlarni belgilash faoliyati eng ustuvor masalalardan biri bo‘lishi lozimligi, shu bilan birga o‘rmonlarni muhofaza qilish choralaridan biri sifatida ushbu sohada ekologik normativlarni o‘rnatish va belgilash lozimligi to‘g‘risidagi, shuningdek, ushbu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha tadbirlarni ekologik normativlar talablariga mos ravishda amalga oshirish hamda unga rioya etish shartligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida vakolatlari qatoriga o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish normalari hamda normativlarini ishlab chiqishni tashkil etish va tasdiqlash lozimligi asoslangan;
ekologik jihatdan xavfli mahsulot hamda chiqindilarni respublika hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish uchun ekologik sertifikat olish uchun murojaat qilgan sub’ektga ekologik sertifikat talablari bir yil mobaynida muntazam ravishda buzilsa hamda uning natijasida inson hayoti va sog‘lig‘iga yoki atrof-muhitga zarar etkazilishiga sabab bo‘lsa bekor qilinishi lozimligi asoslab berilgan;
mamlakatimizda atrof tabiiy muhitning holatini baholashga oid choralarni tegishli tartibda olingan ko‘rsatkichlarni atrof tabiiy muhitning sifati holati bo‘yicha normativlari bilan taqqoslagan holda bajarilishi, qolaversa, ifloslanish manbalari monitoringi bo‘yicha ishlar ekologik normativlardan kelib chiqqqan holda ham o‘tkazilishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik me’yorlash tizimini huquqiy tartibga solish masalalari borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat organlarining favqulodda vaziyatlar hamda boshqa hodisalar natijasida atrof tabiiy muhitga o‘rnatilgan me’yordan ortiq miqdor yoki darajada zararlangan yohud ifloslangan taqdirda bunday falokat va hodisalar to‘g‘risida jamoatchilikni darhol xabardor qilish bo‘yicha majburiyatlarini mustakamlashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-754-son «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 30-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 10-11/6-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi vakolatli organlarning mazkur sohadagi faoliyatini samarali huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
radioaktiv va kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, qo‘llash, zararsizlantirish va ko‘mib tashlash jarayonida ushbu sohada band bo‘lgan sub’ekttlar ekologik me’yor talablariga, ushbu belgilangan normativlar va qoidalarga rioya qilishlari, ularni qo‘llashning zararli oqibatlari oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishlari lozimligi, agarda bunday ekologik normativlardan oshib ketilgani taqdirda tegishli maxsus vakolatli davlat organlariga zudlik bilan habar berishlari shart ekanligi to‘g‘risidagi ushbu taklifi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-754-son «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 42-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 10-11/6-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinganligi mazkur sohada band bo‘lgan sub’ektlar ma’suliyatini yanada samarali huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
o‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy va muhim bo‘lgan yo‘nalishlaridan biri sifatida ushbu sohada ekologik me’yorlarni belgilash faoliyati eng ustuvor masalalardan biri bo‘lishi lozimligi, shu bilan birga o‘rmonlarni muhofaza qilish choralaridan biri sifatida ushbu sohada ekologik normativlarni o‘rnatish va belgilash lozimligi to‘g‘risidagi, shuningdek, ushbu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha tadbirlarni ekologik normativlar talablariga mos ravishda amalga oshirish hamda unga rioya etish shartligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 16 apreldagi yangi tahrirda qabul qilingan O‘RQ-475-son «O‘rmon to‘g‘risida» gi Qonunining 10, 17 va 34-moddalarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 10-11/6-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi o‘rmon sohasida ekologik normativlarni amalda samarali qo‘llanilishini kuchaytirishga oid huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida vakolatlari qatoriga o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish normalari hamda normativlarini ishlab chiqishni tashkil etish va tasdiqlash lozimligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 21 sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan O‘RQ-409-son «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida» gi Qonunining 10, 11 va 44-moddalarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 10-11/6-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishda ekologik normativlarni amalda samarali qo‘llanilishini kuchaytirishga oid huquqiy mexanizmlarni takomillashuviga xizmat qilgan;
ekologik jihatdan xavfli mahsulot hamda chiqindilarni respublika hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish uchun ekologik sertifikat olish uchun murojaat qilgan sub’ektga ekologik sertifikat talablari bir yil mobaynida muntazam ravishda buzilsa hamda uning natijasida inson hayoti va sog‘lig‘iga yoki atrof-muhitga zarar etkazilishiga sabab bo‘lsa bekor qilinishi lozimligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 16 fevraldagi “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 75-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom” da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 29 dekabrdagi 12/21– 62 – son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ekologik xavfli mahsulot va chiqindilar bilan muomalada bo‘lish yuzasidan tegishli munosabatlarda ekologik sertifikatlashtirish tizimini samarali amalga oshishiga xizmat qilgan;
mamlakatimizda atrof tabiiy muhitning holatini baholashga oid choralarni tegishli tartibda olingan ko‘rsatkichlarni atrof tabiiy muhitning sifati holati bo‘yicha normativlari bilan taqqoslagan holda bajarilishini nazarda tutuvchi, qolaversa, ifloslanish manbalari monitoringi bo‘yicha ishlar ekologik normativlardan kelib chiqqqan holda ham o‘tkazilishi lozimligi bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida nizom”da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 29 dekabrdagi 12/21– 62 – son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan yangi ishga tushiriladigan xo‘jalik sub’ektlarining atrof muhitga bo‘lgan ta’siri hamda boshqa zararli ta’sirlarni tartibga solishni ta’minlash samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.