Quranov Saydullo Dilmuradovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy o‘zbek adabiyotida sintez muammosi (she’riyat va rangtasvir san’atlari misolida)», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil196.

Ilmiy rahbar: Normatov Umarali, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Sabirdinov Akbarali G‘afurovich, filologiya fanlari doktori; Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zR Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqot maqsadi: zamonaviy o‘zbek she’riyatida rangtasvir san’ati bilan sintezlashuvning ijtimoiy-madaniy, estetik omillarini aniqlash, lirik ifodada tasvir salmog‘ining ortishi estetik qonuniyat maqomida ekanini asoslash, lirikada vizual obrazlilikning ommalashish jarayonini kuzatish, o‘zbek modern she’riyatining badiiy sintez bilan bog‘liq xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek she’riyatining ijtimoiylashishi, ommalashishi, badiiy tasvirning ob’ektivlashishi jarayonlari badiiy sintez hodisasi bilan aloqadorlikda kechgani asoslab berilgan;

lisoniy vizual obrazning estetik ta’sir ko‘lami bir vaqtda ham tasvir, ham his-tuyg‘uni ifoda etishi hisobiga kengayishi dalillangan;

lirik tasvir asar kompozisiyasida butlovchilik vazifasini o‘tab, manzaraning yaxlitligi hisobiga g‘oyaviy-hissiy butunlikni ta’minlash vazifasini bajarishi aniqlangan;

o‘zbek modern she’riyatidagi tasviriylik rangtasvirning modernizm yo‘nalishi oqimlarining manifestiga mos kelishi aniqlangan;

she’rning tashqi grafik ko‘rinishi bajaradigan badiiy-ifodaviy funksiyalari dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zamonaviy o‘zbek adabiyotida sintez muammosi mavzusida olib borilgan tadqiqotlar asosida:

g‘arb modernizmining poetik xususiyatiga oid tahlil natijalaridan “Jahon adabiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-sonli buyrug‘iga asosan nashrga ruxsat berilgan (ro‘yxatga olish raqami: 434-152). Natijada XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib Evropada ommalashgan modernizm yo‘nalishining manifestlarini belgilashda, uni tushunish va talqin qilishda badiiy sintez muammosiga tayanilgan;

she’riyat va rangtasvir o‘rtasidagi badiiy sintezga oid tahlil natijalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Tanqid va adabiyotshunoslik kengashi faoliyatida zamonaviy o‘zbek she’riyatida badiiy tafakkur taraqqiyotining yaxlit konseptual manzarasini ishlab chiqish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 8 dekabrdagi 01-03/149-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek she’riyati namunalarini baholash, tushunish va qaysi yo‘nalishga mansub ekanini aniqlash masalalari soddalashgan;

zamonaviy o‘zbek she’riyatining ifodaviy-badiiy xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 26 dekabrdagi 01-17/894-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarda ko‘tarilgan adabiy masalalarning ilmiy asosi taminlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish