Islamov O‘tkurjon Hosiljonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek nutq madaniyatining tarixiy ildizlari va shakllanishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Fil95. 
Ilmiy maslahatchi: Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; O‘razboev Abdulla Durdiboevich,         filologiya fanlari doktori, dotsent .
Yetakchi tashkilot:  Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek nutq madaniyatining shakllanish bosqichlari va tarixiy ildizlarini ochib berish, ularning mazkur soha  rivojidagi rolini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
nutq madaniyati fanining shakllanishida Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Mahmud Koshg‘ariy, Xusayn Voiz Koshifiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,  Abu Nasr Forobiy,  Alisher Navoiyning nutq odobi, til madaniyati haqidagi qarashlari nazariy asos vazifasini o‘taganligi asoslangan;
o‘zbek nutq madaniyati fanining tarixiy ildizlari juda qadimiy tarixga ega ekanligi dastlabki yozma manbalar, ilk ilmiy grammatikalar asosida dalillangan;
adabiy tilning milliy tillar shakllanishida me’yoriy-lisoniy qoidalarga yo‘naltiruvchi  amaliy ahamiyati ochib berilib, madaniy nutqqa erishishdagi roli  dalillangan; 
tilshunoslik tarixida nutq madaniyati masalalarining axloqshunoslik va madaniyatshunoslik bilan aloqador holda shakllanganligi va umumiy tarixiy ildizga egaligi asoslangan;
nutq madaniyatining fan sifatida shakllanishining lisoniy-xronologik bosqichlari aniqlanib, buyuk allomalar va tilshunoslik maktablari tomonidan ilgari surilgan qarashlarning ahamiyati ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nutq madaniyatining shakllanishi va ildizlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nutq madaniyati fanining shakllanishida Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Mahmud Koshg‘ariy, Xusayn Voiz Koshifiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,  Abu Nasr Forobiy,  Alisher Navoiyning nutq odobi, til madaniyati haqidagi qarashlari nazariy asos vazifasini o‘taganligi kabi xulosalardan  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan FA – F 1 – G 041 raqamli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish” ilmiy-tadqiqot loyihasining “Navoiy tili lug‘ati” yo‘nalishi bo‘yicha fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston  Fanlar akademiyasining  2020 yil 18 dekabrdagi 125-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur qismdagi nazariy fikrlarning illyustrativ misollar bilan dalillanish darajasi ortgan; 
o‘zbek nutq madaniyati va muloqot odobining shakllanishi tarixi haqidagi qarashlardan   O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-78 – “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy-uslubiy tahlili asosida)” deb nomlangan fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining  2020 yil 18 dekabrdagi 124-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi o‘zbek tili vazifaviy uslublarining tarixiy taraqqiyoti yoritilgan o‘rinlardagi tavsiflar mazmunan boyigan;
tilshunoslik tarixida nutq madaniyati masalalarining axloqshunoslik va madaniyatshunoslik bilan aloqador holda shakllanganligi va umumiy tarixiy ildizga egaligi, nutq madaniyatining fan sifatida shakllanishining lisoniy-xronologik bosqichlari aniqlanib, buyuk allomalar va tilshunoslik maktablari tomonidan ilgari surilgan qarashlarning ahamiyati, madaniyatli nutqni yuzaga chiqaruvchi omillar  xususidagi fikrlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” telekanali ijodkorlari tayyorlagan ayrim ko‘rsatuvlarning, xususan, “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Fikr.Uz” ko‘rsatuvi hamda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tayyorlangan dasturlarning  ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan  (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 7 dekabrdagi 01-13-1256-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar va ko‘rsatuvlarning sifati yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish