Eshonqulova Shafoat Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak  boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1428.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori,           professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyasi mustaqil ta’lim jarayonida o‘qitishning tizimlilik, izchillik, differensiallash va individuallashtirish tamoyillari tashkil-tuzilmaviy, motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv komponentlari mazmuni bosqichma-bosqich aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlantirish mustaqil ta’limning didaktik vektorli invariativ, variativ va manzilli topshiriqlar mazmuni sub’ekt-sub’ekt munosabatlarida ijtimoiy identifikatsiyaning ustuvorligiga tayanadigan pedagogik mexanizmni takomillashtirish asosida  takomillashtirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyasini  rivojlantirish texnologiyalari o‘qitishning modulli-reyting va interaktiv aqliy hujum, bir-birini o‘qitish, resenziya, muammo, klasterli jarayonlarning yaxlit ko‘p komponentli maqsadli, jarayonli va nazorat tashkiliy-pedagogik tuzilmasi birligini adaptiv mostashtirish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlanitirish modeli kasbiy-shaxsiy va predmetli-texnologik bilimlar hamda ijobiy motivatsiya kompenentlarining algoritmik bosqich dinamikligi bilan adaptiv uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyasi mustaqil ta’lim jarayonida o‘qitishning tizimlilik, izchillik, differensiallash va individuallashtirish tamoyillari tashkil-tuzilmaviy, motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv komponentlari mazmuni bosqichma-bosqich aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-194 son ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘quv-bilish kompetensiyasi tuzilmasi va mazmunini aniqlash imkoni oshirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlantirish mustaqil ta’limning didaktik vektorli invariativ, variativ va manzilli topshiriqlar mazmuni sub’ekt-sub’ekt munosabatlarida ijtimoiy identifikatsiyaning ustuvorligiga tayanadigan pedagogik mexanizmni takomillashtirish asosida  takomillashtirishga doir tavsiyalar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-194 son ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlantirish vositasi sifatida talabalar mustaqil ta’limi imkoniyatlarini aniqlashtirishga sharoit yaratadi.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyasini  rivojlantirish texnologiyalari o‘qitishning modulli-reyting va interaktiv aqliy hujum, bir-birini o‘qitish, resenziya, muammo, klasterli jarayonlarning yaxlit ko‘p komponentli maqsadli, jarayonli va nazorat tashkiliy-pedagogik tuzilmasi birligini adaptiv mostashtirish asosida takomillashtirishga oid ishlanmalar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-194 son ruxsatnomasi). Natijada mustaqil ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlantirish modelini ishlab chiqish samaradorligi ortgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quv-bilish kompetensiyasini rivojlanitirish modeli bilish ehtiyojlari qiymat-semantik g‘oyalari kasbiy va shaxsiy yutuqlari invaryativ, varyativ vazifalar hamda predmet-texnologik bilimlari va ijobiy motivatsiyani optimallashtirishga oid tavsiyalar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-194 son ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quv-bilish kompetensiyasi rivojlanganligi ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda samaradorligini baholashga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish