Sayt test rejimida ishlamoqda

Xamraeva Aziza Farhadovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3 PhD /Ped578 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar:  Xakimova Muxabbat Fayzievna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova  Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori,professor.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida kasbiy kompetensiyalarning komponentlari shaxsiy va jamoaviy refleksiv monitoringi pedagogik innovatsiya, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, diversifikatsiya sub’ektivlik yo‘nalishlari hamda kasbiy-pedagogik madaniyat variativligi va maslashuvchanligini barqarorlashtirish asosida rivojlantirilgan;
pedagogik va refleksiv monitoringining qiyosiy xususiyatlari kasbiy kompetentlik strategik, taktik va operativ boshqarish, refleksiv-ijodiy jarayonlarni optimallashtirish, pedagogik ko‘nikmalarni refleksiv tashxis etish hamda izchillik, uzluksizlik dinamikasini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalari mazmuni hamkorlikda fikrlash, sub’ektivlik, ta’lim madaniyati, shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon imkoniyatlari hamda kasbiy-gumanitar madaniyat va kvalimetrik sifatni o‘lchash mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish tuzilmaviy-funksional modeli motivatsion-maqsadli, mazmunli-faoliyat, natijaviy-refleksiv bosqichlarni kvalifikatsion va prfessiografik kompetentlik va o‘quv maqsadlari taksonomiyasiga ratsional moslashtirish  asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida kasbiy kompetensiyalarning komponentlari shaxsiy va jamoaviy refleksiv monitoringi pedagogik innovatsiya, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, diversifikatsiya sub’ektivlik yo‘nalishlari hamda kasbiy-pedagogik madaniyat variativligi va maslashuvchanligini barqarorlashtirish asosida rivojlantirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 noyabrdagi 02-07-3930/04-son dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida kasbiy kompetensiyalarning komponentlari shaxsiy va jamoaviy refleksiv monitoringi  asosida rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
pedagogik va refleksiv monitoringining qiyosiy xususiyatlari kasbiy kompetentlik strategik, taktik va operativ boshqarish, refleksiv-ijodiy jarayonlarni optimallashtirish, pedagogik ko‘nikmalarni refleksiv tashxis etish hamda izchillik, uzluksizlik dinamikasini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun fanlardan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 noyabrdagi 02-07-3930/04-son dalolatnomasi). Natijada refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning umumiy omillari orqali takomillashtirishga erishilgan;
refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalari mazmuni hamkorlikda fikrlash, sub’ektivlik, ta’lim madaniyati, shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon imkoniyatlari hamda kasbiy-gumanitar madaniyat va kvalimetrik sifatni o‘lchash mezonlarini kiritish asosida takomillashtirishga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 noyabrdagi 02-07-3930/04-son dalolatnomasi). Natijada, refleksiv monitoring asosida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalari mazmuni didaktik-konseptual qonuniyatlar va tamoyillar orqali rivojlantirish imkoni oshirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish tuzilmaviy-funksional modeli motivatsion-maqsadli, mazmunli-faoliyat, natijaviy-refleksiv bosqichlarni kvalifikatsion va prfessiografik kompetentlik va o‘quv maqsadlari taksonomiyasiga ratsional moslashtirish  asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteitida bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun fanlardan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 noyabrdagi 02-07-3930/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish tuzilmaviy-funksional modelini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish