Shotursunova Nodira Nasirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlarning ish bilan bandligini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt781.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01 
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Bahodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tula Nodirbek Baxodirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlarning ish bilan bandligi darajasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xotin-qizlarning munosib ish bilan bandligini reestr tizimi orqali, ya’ni olti oy davomida daromad olishini monitoring qilib borgan holda doimiy daromadga ega bo‘lganidan keyin ijtimoiy himoya reestiridan chiqarish bo‘yicha yondashuv asoslab berilgan;
shahar va tumanlar ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, xotin-qizlar tadbirkorligi ixtisoslashuvi va munosib ish bilan bandlikni nazarda tutuvchi “o‘sish nuqta”lari va drayver sohalari asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mehnat bozorining xududiy xususiyat-lariga ko‘ra byudjet loyihalarini gender ekspertizasidan o‘tkazish, “Genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish”ni rejalashtirish va byudjetlashtirish jarayonini bosqichma-bosqich joriy etish kabilar asosida gender raqobatbardoshligini tizimli rivojlantirish asoslangan;
milliy hunarmandchilik bilan band bo‘lgan xotin-qizlar kasbiy faoliyati samaradoriligini IT texnologiyalar asosida oshirish, qishloq joylarda agrobiznesni rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini samarali tashkil qilishda xalqaro moliyaviy institutlar va iqtisodiy donorlikdan keng foydalanishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlarning ish bilan bandligini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalaridan:
xotin-qizlarning munosib ish bilan bandligini reestr tizimi orqali, ya’ni olti oy davomida daromad olishini monitoring qilib borgan holda doimiy daromadga ega bo‘lganidan keyin ijtimoiy himoya reestridan chiqarish bo‘yicha yondashuv (Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2022 yil 30 sentyabrdagi 02-01/998-son ma’lumotnomasi) bo‘yicha taklifdan foydalanish natijasida monitoring tizimining takomillashuviga ko‘ra qandolatchilik, sartaroshlik kabi qishloq joylarda talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘rgatish va ular faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlarning ish bilan bandligi tarkibi va ularga ta’sir etuvchi omillar ilmiy-uslubiy baholash va hududda inson kapitalini rivojlantirishda xos yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan 2022 yilning 2 iyunida imzolangan Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan “Oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralarning 2022 yilning iyun`-dekabr` oylariga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi”ni (dasturning IV yo‘nalishi) ishlab foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 3 oktyabrdagi 01/00-01/19-8839-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturni ishlab chiqishda tadbirkorlik sub’ektlarining ehtiyojlarini o‘rganish hamda xizmat ko‘rsatish, sanoat, qurilish, agrotexnologiyalar, IT yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishni tashkil qilish, kasb-hunar markazida o‘qishni tamomlaganlarga asbob-uskuna sotib olish uchun subsidiya ajratish orqali faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, xotin-qizlar tadbirkorligi ixtisoslashuvi va munosib ish bilan bandlikni nazarda tutuvchi   “o‘sish nuqta”lari va drayver sohalari bshhyicha takliflar asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda tijorat banklari tomonidan birgalikda qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 3 oktyabrdagi 01/00-01/19-8839-sonli, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 2 noyabrdagi 11/01-26-11901-son ma’lumotnomalari). Takliflar xotin-qizlar uchun subsidiyalar va imtiyozli kreditlar ajratish, o‘z-o‘zini band qilish vositalari xaridi uchun ta’minotining imkoniyatlarini kengaytirishga hamda Xo‘jayli tumanida ustav fondi 3,2 mlrd. so‘mlik novdalardan buyumlar to‘qishga yo‘naltirilgan “Qaraqalpaq Onermentler klasteri” MChJ (Jamiyat) klasteri tashkil etilib, To‘rtko‘l, Amudaryo va Beruniy tumanlarida ham filiallar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, usta-shogird an’analari asosida To‘rtko‘l tumanida 216 nafar, Xo‘jaylida 122 nafar, Amudaryoda 176 nafar va Kegeylida 210 nafar  shogirdlar savatchilik yo‘nalishida o‘quv-kurslari tashkil etilib, klasterning 16 ta tumandagi filiallariga (har biriga 10 gektardan) jami 160 gektar er maydonlari berilib, har bir tumanda Jamiyat filiali yoki markazi tashkil qilish uchun 150 kv. metrdan kam bo‘lmagan er ajratilgan. Shuningdek, aynan tadqiqotchi N.Shotursunova tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Tadbirkor ayollar klubi” faoliyati tashkil qilingan;
mehnat bozorining hududiy xususiyatlariga ko‘ra byudjet loyihalarini gender ekspertizasidan o‘tkazish, “Genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish”ni rejalashtirish va byudjetlashtirish jarayonini bosqichma-bosqich joriy etish kabilar asosida gender raqobatbardoshligini tizimli rivojlantirish bo‘yicha takliflardan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan  “O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilga kadar gender tenglikka erishish strategiyasi” hamda “2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining 2022 yil 30 sentyabrdagi 02-01/998-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalashda turli tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirish darajasini oshirish hamda Qoraqalpog‘iston aholisini ijtimoiy muhofaza qilishda 82 mingga yaqin oilaga moddiy yordam ko‘rsatilishida uslubiy asos sifatida foydalanilgan;
milliy hunarmandchilik bilan band bo‘lgan xotin-qizlar faoliyati samaradoriligini IT texnologiyalar asosida oshirish, qishloq joylarda agrobiznesni rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini samarali tashkil qilish bo‘yicha takliflardan Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Hududlarda xotin-qizlarni kasb-hunarga tayyorlash dastur”lari va aholining gender tenglikka ijobiy munosabatini yanada ommalashtirish bo‘yicha axborot-tahlil materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining 2022 yil 30 sentyabrdagi 02-01/998-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish natijasida amaldagi ta’limning ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bilan bir qatorda muhandis-texnologik (axborot texnologiyalari, energetika, injeneriya va b.) va huquqshunoslik sohalaridagi ayollar ulushini yanada oshirish hamda “Ishga marhamat” monomarkazlari, shahar va tumanlardagi kasb-hunarga o‘qitish markazi, MFYlarda tashkil etilgan o‘quv maskanlari faoliyatini samarali tashkil qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish