Jaxongirov Ilimdorjon Jahongirjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimini samarali boshqarish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit; 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt350.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimini samarali boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sog‘liqni saqlash sohasi faoliyatini moliyalashtirishda “jon boshiga”, “natijaga qarab” hamda “davolangan holat uchun” yondashuvlarini tatbiq etish orqali moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish taklif etilgan;
aholiga davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari hajmi – “Kafolatlangan paket” doirasida ajratilgan mablag‘larni jamlash, boshqarish, ularning samarali va maqsadli sarflanishini tashkil etish, davlat tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi Jamg‘arma tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
tibbiyot muassasalarining boshqaruv tizimini takomillashtirish, yagona boshqaruvga ega markaziy tibbiyot birlashmalarini tashkil etish orqali “tibbiyot klaster”larini shakllantirish taklifi asoslangan;
sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish samaradorligini baholashda “yuqori samaradorlik” [10 dan yuqori]; “o‘rtacha samaradorlik” [2 dan 10 gacha]; “past samaradorlik” [2,0 dan past] darajalariga asoslangan shkaladan foydalanish taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning turli ssenariylari asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sog‘liqni saqlash sohasida moliyaviy boshqaruv faoliyati metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sog‘liqni saqlash sohasi faoliyatini moliyalashtirishda “jon boshiga”, “natijaga qarab” hamda “davolangan holat uchun” yondashuvlarini tatbiq etish orqali moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-son Farmoni hamda “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4890-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 apreldagi 34-5/1663-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan tajriba-sinov loyihasi doirasida mablag‘lar sarfi samaradorligiga erishilgan;
aholiga davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari hajmi – “Kafolatlangan paket” doirasida ajratilgan mablag‘larni jamlash, boshqarish, ularning samarali va maqsadli sarflanishini tashkil etish, davlat tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi Jamg‘arma tashkil etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4890-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 apreldagi 34-5/1663-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining 2021 yil 7 apreldagi 02-01/70-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimida 1,8 mlrd. so‘m hajmidagi mablag‘ning maqsadli sarflanishiga erishilgan;
tibbiyot muassasalarining boshqaruv tizimini takomillashtirish, yagona boshqaruvga ega markaziy tibbiyot birlashmalarini tashkil etish orqali “tibbiyot klaster”larini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 maydagi “Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishning yangi modeli-Guliston tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 318-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 34-09/12789-son ma’lumotnomasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 apreldagi 34-5/1663-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021 yil yakuni bo‘yicha Sirdaryo viloyatida tibbiyot klasteri tashkil etilgan;
sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish samaradorligini baholashda “yuqori samaradorlik” [10 dan yuqori]; “o‘rtacha samaradorlik” [2 dan 10 gacha]; “past samaradorlik” [2,0 dan past] darajalariga asoslangan shkaladan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi PQ-73-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 dekabrdagi 06-40653-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022-2024 yillar uchun birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning byudjet xarajatlari va rivojlantirish dasturlarining Maqsadli indikatorlari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning turli ssenariylari asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi PQ-73-son qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 dekabrdagi 06-40653-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maqsadli indikatorlarning ishlab chiqilishi hamda Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan tajriba-sinov loyihasi doirasida Davlat tibbiy tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan tibbiyot muassasalarini moliyalashtirishda qo‘llanilgan.