Omonov Bahodir Nurillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasidagi ijtimoiy-ekologik siyosati», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal116.
Ilmiy rahbar: Mamashakirov Saidmurod, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Ixtibar, falsafa fanlari doktori, professor; Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizda davlat ekologik siyosatining Orolbo‘yi mintaqasidagi ijtimoiy falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yida O‘zbekistonning ekologik siyosati samaradorligini ta’minlashda mintaqaning o‘ziga xos ijtimoiy ekologik vaziyati, ob’ektiv shart-sharoitlari va sub’ektiv omillari o‘zaro sababiy bog‘langanligi, mazkur jarayonlarda xususiylik va umumiylikning birligi hamda nisbiy mustaqilligini ifodalovchi xususiyatlari ochib berilgan;
mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik vaziyatga mas’ul tashkilotlar faoliyatini (sifatiy va miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali monitoring qilish vositasida) rivojlantirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
mintaqada davlat ijtimoiy-ekologik siyosatining integratsiyalashish va globallashish bosqichlarini, rivojlanishning orqaga qaytmaslik, miqdorning sifatga aylanishi, inkorni-inkor qilishda vorislik tendensiyalari mazmunini ochuvchi falsafiy xulosalar ishlab chiqilgan;
mintaqaning ijtimoiy-ekologik muammolar echimida mazkur hududdagi davlatlar ekologik siyosatini boshqaruv institutlari faoliyatini strukturaviy-funksional takomillashtirish, funksional uyg‘unlashtirish va samaradorligini oshirish, mintaqada barqaror ekologik vaziyatni shakllantirishga doir boshqaruvni modernizatsiyalash, muammoga innovatsion va nochiziqli yondashuv singari amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasidagi ijtimoiy-ekologik siyosati tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Orolbo‘yi ijtimoiy-ekologik muammolar echimida hudud davlatlari ekologik siyosatini boshqaruv institutlari faoliyatini strukturaviy-funksional takomillashtirish, funksional uyg‘unlashtirish samarador-ligini oshirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29 sentyabrdagi qarori asosida 2015-2018 yillarda Orolbo‘yi hududining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol halokati oqibatlarini yumshatish Kompleks dasturini yaratishda, “Ekologik xavfli hududlarda yashovchi aholi genofondi, sog‘ligini saqlash va tiklash” qismida (1-ilova, III bo‘limi); “Hududning ekotizimi va bioxilma-xilligi, hayvon-ot, o‘simlik dunyosini saqlash va himoya qilishga doir tadbirlari”ni rejalashtirishda (IV bo‘limi); Ekologik vaziyati og‘ir hududlarda yashovchi aholi genofondini, sog‘ligini saqlash va tiklash tadbirlari rejasini tuzishda (dasturning 3-ilovasi); Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va istiqbolni prognozlashtirishda; Orolbo‘yi hududida aholini shifoxonalar, APM, QVPlar bilan ta’minlash dasturini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 29 avgustdagi 79-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar mintaqaning ijtimoiy-ekologik vaziyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
Orolbo‘yi mintaqasida davlat ekologik siyosati samaradorligini ta’minlaydigan ob’ektiv shart-sharoitlar, sub’ektiv omillar va baholash mezonlariga oid taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Ekologik harakati va Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘linmasining 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan ish rejasida: “Atrof-muhit muhofazasi va ekologik holatni sog‘lomlashtirish ishida jamoatchilik ishtiroki faolligini har tomonlama kuchaytirish”, “Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish”, “Atrof-muhit muhofazasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish”, “Atrof-muhit muhofazasi sohasida nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish” kabi ustuvor vazifalarni rejalashtirishga asos bo‘ldi (O‘zbekiston Ekologik harakatining 2017 yil 24 noyabrdagi 11/483-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar asosida Qashqadaryo viloyati hududidagi ekologik muamolarni echishda samara bergan;
O‘zbekistonning Orolbo‘yidagi barqaror ekologik vaziyatni shakllan-tirishning konstruktiv va optimal echimlaridan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Markazi faoliyatining Orolbo‘yi mintaqasida gigiena, ekologiya va aholi salomatligini doimiy nazorat qilish reytingini aniqlash, Qora-qalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida DSENM kommunal-gigiena bo‘limlari ish faoliyatini takomillashtirishga tashkil-iy-metodik yordam ko‘rsatish; ekologik sog‘lom muhit targ‘ibot-tashviqotini tashkil etish haqidagi taklif va tavsiyalaridan DSENMning 2016-2017 yil-ga mo‘ljallangan ish rejasi: I. “Sanitariya-gigiena chora-tadbirlari” bo‘limining 12; 20; 49; III. “Yuqumli kasalliklarni oldini olish va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar” bo‘limining 39; IV.“Targ‘ibot tadbir-lari” bo‘limining 8-bandlarini tayyorlashga asos sifatida xizmat qildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika davlat sanitariya Epidemiologiya nazorati markazining 2017 yil 14 mart 06-8/2304-son xati). Bu takliflar sog‘liqni saqlash tizimida ekologik omilni hisobga olish jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirgan.