Samandarova Gulmira Muzaffar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda byudjet ochiqligini ta’minlashni takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1801.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Quzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Shohjahon Bahodir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd).
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda byudjet ochiqligini ta’minlashni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet mablag‘lari hisobidan ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirishda bevosita manfaatdor aholining ovoz berish jarayonlaridagi ishtiroki samaradorligini tuman (shahar) hokimliklari kesimida ahamiyatli loyiha yo‘nalishlari ro‘yxati va ularning smeta qiymatini hisoblash jamoat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali oshirish taklifi asoslangan;
byudjet ochiqligini yanada takomillashtirishda tashabbusli byudjet hamda byudjet ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida taqdim etilishini ifodalovchi fuqarolar uchun shaffof byudjet amaliyotini rivojlantirish taklifi asoslangan;
tashabbuskor byudjet jarayonlarida turli aholi manzillaridagi yashovchilar zichligining farqlanishi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan byudjet mablag‘laridan foydalanishdagi tafovutlarni moliyalashtirishga taqdim etiladigan loyihalar soni orqali muvofiqlashtirish taklifi asoslangan;
mahalliy hokimliklarning byudjet ochiqligini ta’minlash jarayonidagi ishtirokini hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik reytingi ko‘rsatkichlari tarkibiga fuqarolarning tashabbuskor byudjet jarayonlari orqali amalga oshirilgan obodonchilik va erishilgan farovonlik ko‘rsatkichlari qiymatini kiritish orqali rag‘batlantirish taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda byudjet ochiqligini ta’minlashni takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
byudjet mablag‘lari hisobidan ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirishda bevosita manfaatdor aholining ovoz berish jarayonlaridagi ishtiroki samaradorligini tuman (shahar) hokimliklari kesimida ahamiyatli loyiha yo‘nalishlari ro‘yxati va ularning smeta qiymatini hisoblash jamoat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan “Byudjet ochiqligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2022 yil 26 apreldagi 04/1-08/546-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida byudjet mablag‘lari hisobidan ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirishda bevosita manfaatdor aholining ovoz berish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
byudjet ochiqligini yanada takomillashtirishda tashabbusli byudjet hamda byudjet ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida taqdim etilishini ifodalovchi fuqarolar uchun shaffof byudjet amaliyotini rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PQ-5072-son “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2022 yil 26 apreldagi 04/1-08/546-son ma’lumotnomasi). Natijada, byudjetni xalqqa yaqinlashtirishning fundamental jihatlarini joriy etishga imkoniyat yaratilgan;
tashabbuskor byudjet jarayonlarida turli aholi manzillaridagi yashovchilar zichligining farqlanishi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan byudjet mablag‘laridan foydalanishdagi tafovutlarni moliyalashtirishga taqdim etiladigan loyihalar soni orqali muvofiqlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan “Byudjet ochiqligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2022 yil 26 apreldagi 04/1-08/546-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashabbuskor byudjet jarayonlarida turli aholi manzillaridagi yashovchilar zichligining farqlanishi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan byudjet mablag‘laridan foydalanishdagi tafovutlar ta’sirini pasaytirish imkoni yaratilgan;
mahalliy hokimliklarning byudjet ochiqligini ta’minlash jarayonidagi ishtirokini hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik reytingi ko‘rsatkichlari tarkibiga fuqarolarning tashabbuskor byudjet jarayonlari orqali amalga oshirilgan obodonchilik va erishilgan farovonlik ko‘rsatkichlari qiymatini kiritish orqali rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan “Byudjet ochiqligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2022 yil 26 apreldagi 04/1-08/546-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida mahalliy hokimliklarning byudjet ochiqligini ta’minlash jarayonidagi ishtirokini rag‘batlantirish imkoni yaratilgan.