Doniyorova Fotimabonu Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mehnat bozorida yoshlarni ish bilan bandlik darajasini oshirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1724.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Nazarova Rano Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01. 
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xodjaeva Nodira Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston mehnat bozorida yoshlarni ish bilan bandlik darajasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar bandligini tashkil qilish ierarxik tuzilmasiga maxsus maslahat markazlarini shakllantirish, yosh tadbirkorlar uchun dasturlar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun maqbul davlat buyurtmsini kiritish negizida takomilashtirilgan;
yoshlar ishsizlik darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlili va amaldagi mehnat bozori sub’ektlari ijobiy faolligini ta’minlovchi me’yorlar asosida O‘zbekiston mehnat bozorida yoshlarni ish bilan bandlik darajasini oshirish samaradorligini baholash tizimi takomillashtirilgan; 
yoshlarning intellektual, ishlab chiqarish va investision salohiyatini hisobga olgan holda ular ish bilan bandligiga ko‘maklashishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish imkonini beradigan bandlikka ko‘maklashish  maqsadli kompleks dasturining iqtisodiy modeli ishlab chiqilgan; 
milliy mehnat bozori tarkibida 2022-2026 yillarda yoshlar mehnat resurslarini rivojlantirishning bazaviy, optimistik, innovatsion va pessimistik ssenariylariga asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston mehnat bozorida yoshlarni ish bilan bandlik darajasini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
maxsus maslahat markazlarini shakllantirish, yosh tadbirkorlar uchun dasturlar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun maqbul davlat buyurtmsi kiritilgan holda yoshlar bandligini tashkil etish-ning takomillashgan ierarxik tuzilmasi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi 150-bandiga muvofiq, davlat mablag‘lari hisobidan ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun berilayotgan moddiy yordam va subsidiyalar samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy shartnoma tizimini joriy etishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 14 iyundagi 01/00-03/16-5260-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning joriy etilishi strategik, taktik va operativ chora-tadbirlar uyg‘unligiga hamda tashkiliy-moliyavaiy boshqaruv imkoniyatlarini kengaytirishga asosida yoshlar bandligini tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilib, yoshlar bandlik darajasini (2020-2021 yy.)                      2 foizga oshirishga erishilgan; 
yoshlar ishsizlik darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlili va amaldagi mehnat bozori sub’ektlari ijobiy faolligini ta’minlovchi me’yorlar asosida O‘zbekiston mehnat bozorida yoshlarni ish bilan bandlik darajasini oshirish samaradorligini takomillashtirilgan baholash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Bandlik dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish” boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 14 iyundagi 01/00-03/16-5260-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mehnat bozorida yosh kadrlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, monitoring qilish va baholash imkoniyati yaratilgan;
yoshlarning intellektual, ishlab chiqarish va investision salohiyatini hisobga olgan holda ular ish bilan bandligiga ko‘maklashishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish imkonini beradigan bandlikka ko‘maklashish  maqsadli kompleks dasturining iqtisodiy modeli O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Ko‘nikma, muvofiqlik va malakani baholash milliy tizimini muvofiqlashtirish” boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 14 iyundagi 01/00-03/16-5260-son ma’lumotnoma). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda yoshlar bandligi darajasiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy omillarning ta’sir darajasini optimallashtirish va maksimal darajada kamaytirishga imkoniyat yaratilgan;
yoshlar mehnat resurslarini milliy mehnat bozori tarkibida 2022-2026 yillarda rivojlantirishning bazaviy, pessimistik, optimistik va innovatsion ssenariylariga asoslangan prognozdan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi”da belgilangan 70-maqsad “Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish” doirasidagi “Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish”da keng foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliginig 2022 yil 14 iyundagi 01/00-03/16-5260-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mehnat bozorining yoshlar segmentida yoshlarga oid pozisiyalarga (chet elga ketgan yoshlar; oliy ma’lumotli va b.) ko‘ra bandlik darajasi aniqliqligini yanada oshirishga uslubiy jihatdan xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish