Javlieva Shahnoza Bahodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1168.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Muyassar Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ma’murov Bahodir Baxshilloevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari (oliy ta’lim mazmuni, menejment tizimlari, ta’lim standartlari) ta’lim jarayoniga oid pedagogik mexanizmlarning kompetensiyaviy talablariga oid indikatorlarni kiritish asosida aniqlashtirilgan;
ta’lim sifatini oshirishning pedagogik mexanizmlari mazmuni ta’lim yo‘nalishlari malaka talablarining pedagogik-psixologik qonuniyatlari va amaliyotdagi qarama-qarshiliklarining tizimli taksonomik ketma-ketligiga bog‘liq kompleks o‘quv-metodik ta’minotni aniqlash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim sifatini oshirishning pedagogik mexanizmlari “maqsad+faoliyat+natija” komponentlarining o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatiga ko‘ra zamonaviy o‘qitish hamda o‘quv materiallar yaratish texnologiyalarining korrelyativ bosqichlarini qat’iy belgilash va ta’lim natijalarini maqsadli ifodalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ta’limning tashkiliy va mazmunga oid adaptiv bog‘liqliklariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini takomillashtirishning yo‘nalishlari va omillari aniqlanib, innovatsion fikrlashni shakllantirish, ijodkorlik, individuallik va ma’naviy-ruhiy salohiyatni rivojlantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari (oliy ta’lim mazmuni, menejment tizimlari, ta’lim standartlari), ta’lim jarayoniga oid pedagogik mexanizmlarning kompetensiyaviy talablariga oid indikatorlariga oid taklif va tavsiyalardan “Ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda innovatsion yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 9 oktyabrdagi 10-3968-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonining mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
ta’lim sifatini oshirishning pedagogik mexanizmlari mazmuni ta’lim yo‘nalishlari malaka talablarining pedagogik-psixologik qonuniyatlari va amaliyotdagi qarama-qarshiliklarining tizimli taksonomik ketma-ketligiga bog‘liq kompleks o‘quv-metodik ta’minotni aniqlash, ta’lim yo‘nalishlari malaka talablarining ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik-psixologik qonuniyatlari va amaliyotdagi qarama-qarshiliklari hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari faoliyati tarkibi va ijimoiy buyurtmalar tizimining tahliliga oid taklif va tavsiyalardan Jahon Bankining “Akademik Innovatsiyalar fondi” (AIF)ning “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi faoliyatini baholash” loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 9 oktyabrdagi 10-3968-sonli ma’lumotnomasi). Natijada OTM professor-o‘qituvchilari faoliyatini baholashning indikatorlarini boyitishga xizmat qilgan.
ta’limning tashkiliy va mazmunga oid adaptiv bog‘liqliklariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini takomillashtirishning yo‘nalishlari va omillari aniqlanib, innovatsion fikrlashni shakllantirish, ijodkorlik, individuallik va ma’naviy-ruhiy salohiyatni rivojlantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar, ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, ta’lim sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘quv materiallar yaratish texnologiyasi ta’lim natijalarini maqsadli ifodalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini takomillatirishning yo‘nalishlari, omillarini aniqlashga oid materiallar, taklif va tavsiyalardan “Ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda innovatsion yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2021 yil 9 oktyabrdagi 10-3968-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirishga qaratilgan didaktik ta’minotning boyitilishiga erishilgan.