Temirov Nurali Orifjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasi (pedagogika oliy ta’lim muassasalari mimolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped3893.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Alimova Farzona Abdukamalovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori (DSc), dotsent Mirxamitova Dilorom Xudayberdievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Dumanov Baxromjon Muxtorovich.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonlari o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish va kompetensiyaviy yondashuvning uyg‘unligini ta’minlashga yo‘naltirilgan metodik tizimning talabalarning indvidual ta’lim traektoriyasiga asoslangan mustaqil o‘quv-bilish faoliyatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tayyorlashning metodik modeli kreativ va innovatsion-amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarini murakkablik darajasini kengaytirishga qaratilgan uch bosqichli (tayyorlov, rivojlantiruvchi, yakuniy) didaktik algoritmning kasbiy shakllanish bilan bevosita integrativligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tayyorlashda integrativ yondashuvni joriy etishning didaktik tizimi mazmunli, metodik, tashkiliy fanlararo aloqadorlikni ta’minlash orqali kimyoviy bilimlarni empirik kompetentlikka transformatsiyasini gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda kengaytirib borish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
izlanishli faoliyatga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarini kimyo ta’limiga modifikatsiyalash, talabalarda tadqiqotchilik va tajribaviy-metodik ko‘nikmalarni rivojlantirish kabi metodik shart-sharoitlar muammoli vazifalarga echim topish, munozara, ijodiy va tadqiqotchilik ishlarini muhokama qilish, kasbiy yo‘naltirilgan tadqiqot, o‘z-o‘zini kuzatish, refleksiv mashqlarni virtual laboratoriya praktikumi bilan integrativ jihatini identifikatsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonlarini o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish va kompetensiyaviy yondashuvning uyg‘unligini ta’minlashga yo‘naltirilgan metodik tizimning talabalarning indvidual ta’lim traektoriyasiga asoslangan mustaqil o‘quv-bilish faoliyatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalarining kimyo o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Umumiy kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, 522-007-raqamli guvohnoma). Natijada, umumiy kimyo fanini o‘qitish jarayonida talabalarda tajribaviy-metodik ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tayyorlashning metodik modelini kreativ va innovatsion-amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarini murakkablik darajasini kengaytirishga qaratilgan uch bosqichli didaktik algoritmning kasbiy shakllanish bilan bevosita integrativligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir takliflardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” (2017-2020 yy.) amaliy loyihasining integrativ yondashuv asosida umumta’lim fanlarini o‘qitish texnologiyalari qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10 avgustdagi 02-07-2108/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘ljak kimyo o‘qituvchilarini tayyorlashda oliy ta’lim va maktab integratsiyasini ta’minlash metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tayyorlashda integrativ yondashuvni joriy etishning didaktik tizimini mazmunli, metodik, tashkiliy fanlararo aloqadorlikni ta’minlash orqali kimyoviy bilimlarni empirik kompetentlikka transformatsiyasini gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda kengaytirib borish mantiqiga ustuvorlik berish asosida hamda izlanishli faoliyatga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarini kimyo ta’limiga modifikatsiyalash, talabalarda tadqiqotchilik va tajribaviy-metodik ko‘nikmalarni rivojlantirish kabi metodik shart-sharoitlarni muammoli vazifalarga echim topish, munozara, ijodiy va tadqiqotchilik ishlarini muhokama qilish, kasbiy yo‘naltirilgan tadqiqot, o‘z-o‘zini kuzatish, refleksiv mashqlarni virtual laboratoriya praktikumi bilan integrativ jihatini identifikatsiyalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Umumiy kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, 522-007-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tayyorlashning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.