Abduqodirova Patmaxon Tursunboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda algoritmik kompetensiyalarni rivojlantirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped1320.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori professor; Xaytullaeva Nafisa Saxobiddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda algoritmik kompetensiyalarni rivojlantirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
algoritmik kompetentlikni rivojlantirishning diagnostik apparatiga (ishonchlilik, validlik, ob’ektivlik, reprezentativlik) qo‘yiladigan talablarga ustuvorlik berish asosida mazkur jarayon tuzilmasi aksiologik, kognitiv, praksiologik, refleksiv komponentlarning shakllanganligini baholashning adaptiv metodikalarini ishlab chiqish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda algoritmik kompetensiyalarni rivojlantirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodik jihatlari algoritmik fikrlashning struktur (harakatlarni aks ettirish, algoritm ko‘rinishidagi harakatlar, jarayonlar, algoritmik konsturksiyalar) va mental (hissiy, modelli, tushuncha bilan bog‘liq darajalar) modellarni amaliy-kasbiy masalalar, mental kartalar, AKTdan foydalanishning dinamik vizualizatsiya bilan qaytar aloqasi identivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
algoritmik kompetensiyalarni rivojlantirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi motivatsion va kognitiv komponentlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tanishuv-yo‘naltiruvchi, kognitiv va praksiologik komponentlarni tarkib toptirishga qaratilgan birlashtiruvchi, praksiologik va refleksiv komponentlar uyg‘unligini talab etuvchi mustahkamlash bosqichlarini algoritmik faoliyat bilan identivligi qat’iyligini belgilash orqali takomillashtirilgan;
Case-Diversity-Algoritm texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi “Algoritm va dasturlash” fanidan muammoli-algoritmik mashqlarni bajarishga yo‘naltirilgan Manchestr statik va Garvard deversifakatsion usullarni integratsiyalash orqali adaptiv texnologik strukturni (ma’lumot bilan ishlash, topshiriqlar va echish usulini aniqlash, javoblarni umumlashtirish, natijani taqdim etish, baholashda ishtirok etish) ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda algoritmik kompetensiyalarni rivojlantirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
algoritmik kompetentlikni rivojlantirishning diagnostik apparatiga qo‘yiladigan talablarga ustuvorlik berish asosida mazkur jarayon tuzilmasini aksiologik, kognitiv, praksiologik, refleksiv komponentlarning shakllanganligini baholashning adaptiv metodikalarini ishlab chiqish orqali aniqlashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarda algoritmik kompetensiyalarni rivojlantirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodik jihatlari algoritmik fikrlashning struktur va mental modellarini amaliy-kasbiy masalalar, mental kartalar, AKTdan foydalanishning dinamik vizualizatsiya bilan qaytar aloqasi identivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Boshlang‘ich ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 6-ilova 877-119). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda algoritmik kompetensiyalarni rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
algoritmik kompetensiyalarni rivojlantirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini motivatsion va kognitiv komponentlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tanishuv-yo‘naltiruvchi, kognitiv va praksiologik komponentlarni tarkib toptirishga qaratilgan birlashtiruvchi, praksiologik va refleksiv komponentlar uyg‘unligini talab etuvchi mustahkamlash bosqichlarini algoritmik faoliyat bilan identivligi qat’iyligini belgilash orqali takomillashtirishga doir amaliy takliflardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Xalqaro baholash tizimlari” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 302-0446-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda algoritmik fikrlashni shakllantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Case-Diversity-Algoritm texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini “Algoritm va dasturlash” fanidan muammoli-algoritmik mashqlarni bajarishga yo‘naltirilgan Manchestr statik va Garvard deversifakatsion usullarni integratsiyalash orqali adaptiv texnologik strukturni (ma’lumot bilan ishlash, topshiriqlar va echish usulini aniqlash, javoblarni umumlashtirish, natijani taqdim etish, baholashda ishtirok etish) ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tadqiqot natijalari asosida talabalarda informatika kursi mazmuniga oid umumiy, algoritmik va kognitiv kompetensiyalarni shakllantirishga doir takliflari «60110600 – Matematika va informatika» bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 15 dekabrdagi 02/01-01-104-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni algoritmik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.