Saydullaeva Surayyo Serajiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy etiketlarning lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1161.
Ilmiy rahbar: Murodova Nigora Kullievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019. Fil/Ped83.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Rustamov Ilxom Tursunovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek xalqlari nutqiy etiketlarining lingvomadaniy xususiyatlari va uning ifoda shakllari shu bilan bir qatorda, ijtimoiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tilida muloqot jarayonidagi murojaat shakllarining qo‘llanish darajasi urf-odat, madaniyat, milliy-me’yoriy mezonlar asosida isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan xushmuomalalikning (uzr- sorry kabi) turli xil shakllari, ijtimoiy-madaniy va kommunikativ strategik xususiyatlari aniqlangan;
nutqiy etiketning normativ xatti-harakatlarda verbal va noverbal holati namoyon bo‘lishi qiyoslash asosida dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida so‘zlashuvchi xalqlarning muloqot jarayonidagi nutqiy etiketdan foydalanishi verbal va noverbal vositalar lingvomadaniy xususiyatlarga egaligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy etiketlarning lingvomadaniy xususiyatlari dissertatsiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida muloqot jarayonidagi murojaat shakllarining qo‘llanish darajasi, urf-odat, madaniyat, milliy-me’yoriy mezonlar asosida isbotlanganligi xalq og‘zaki ijodi namunalarini tadqiq etishda, badiiy asarlar asosida o‘zbek va ingliz tillarida qo‘llaniladigan xushmuomalalikning turli xil formalari, ijtimoiy-madaniy va kommunikativ strategik xususiyatlari va ularning sotsiolingvistik jihatdan qo‘llanilishi, nutqiy etiketning normativ hatti-harakatlarda verbal va noverbal holati namoyon bo‘lishi qiyosiy tahlillar asosida izohlanganligi xalq og‘zaki janrlaridan doston, matal, maqol, ertak, qo‘shiq kabilarda ishlatiladigan frazeologik birliklarning ma’nosini izohlashda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol’klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihalarda foydalanildi (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2021 yil 15 oktyabrdagi 17.01.282-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, monografiyalarning hamda fol`klor asarlarning til xususiyatlarini o‘rganishga oid olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
nutqiy etiketning normativ xatti-harakatlarda verbal va noverbal holati namoyon bo‘lishi qiyoslash asosida dalillanganligi yuzasidan takliflardan Evropa ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UKERRKA2-SVNE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar instituti 2021 yil 12 noyabrdagi 2878/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada chog‘ishtirilayotgan tillar kesimida nutqiy etiketlarning muloqotda qo‘llanilishi, kommunikativ strategik xususiyatlari, milliy-me’yoriy mezonlar asosida ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlashda, loyiha treninglari uchun mo‘ljallangan maqsadli uslubiy qo‘llanmalar va dars ishlanmalarini shakllantirishda nazariy asos bo‘lgan;
ingliz va o‘zbek tillarida so‘zlashuvchi xalqlarning muloqot jarayonidagi nutqiy etiketdan foydalanishi verbal va noverbal vositalar lingvomadaniy xususiyatlarga egaligi dalillangan xususidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Adabiy jarayon” nomli dasturlari ssenariysida (2021 yil avgust-oktyabr oylari) foydalanilgan (O‘zMTRK 2021 yil 29 oktyabrdagi 04-25-1690-son ma’lumotnomasi). Natijada OAV tizimida dissertatsiya ishida aniqlab berilgan nutqiy etiket birliklarining lingvomadaniy xususiyatlari, o‘zbek milliy madaniyatida etiket birliklarining yuzaga kelishi, o‘zbek va ingliz tillarida so‘zlashuvchi xalqlarning muloqot jarayonidagi yosh hamda gender bilan aloqador vaziyatlar shu bilan bir qatorda muloqotda xushmuomalalikdan maqsadli foydalanish, madaniyatlararo muloqotda ularning lingvomadaniy tamoyillarining ahamiyatidan foydalangan holda eshittirishlar tayyorlash va efirga uzatish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularga amal qilish eshittirishlarning sifati, mazmuni va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.