Chorshanbiev Zafar Esanpulatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni kredit-modul` tizimida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida o‘qitish nazariyasi va metodikasini takomillashtirish” (Axborot texnologiyalari fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped250.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Ilmiy maslahatchi: Qurbonov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Raximov Zokir Toshtemerovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni kredit-modul` tizimida tabaqalashtirilgan yondashuv asosida o‘qitish nazariyasi va metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida majburiy va tanlov fanlar integrativligini tabaqalashtirilgan vazniy va sifatiy tavsiflash asosida kredit-modul tizimi o‘qitish traektoriyasining axborot texnologiyalari fani mazmunini o‘zlashtirishda ta’lim dasturlari mobillik, emerjentlik, selektivlik va o‘z-o‘zini boshqarish kabi didaktik imkoniyatlari ochib berilgan;
tabaqalashtirilgan yondashuvni tizimli darajalash (makro, mezo va mikro) asosida bo‘lajak muhandislarni ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyorlashda axborot texnologiyalari fanini modulli o‘qitish (ko‘rgazmali, produktiv, evristik va axborotli-tadqiqotchilik)ning pedagogik shart-sharoitlari IQ sifatlarni rivojlantirish, o‘qitish bosqichlari va o‘zlashtirish natijalarini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
kredit-modul tizimida ta’lim maqsadlarini shakllantirish kontekstida bo‘lajak muhandislarning axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mustaqil ta’lim olish jarayonini tabaqalashtirish (diagnostik, intellektuallik va o‘z-o‘zini rivojlantirish) asosida amalga oshirish modeli integrativ o‘qitish mazmuni teskari va qaytar aloqaga asoslangan elektron kontentni kiritish asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimida talabalarning axborot ta’lim muhitida mustaqil faoliyati (o‘z-o‘zini rivojlantirish, boshqarish va baholash)ni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni yaxlitligini ta’minlashda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi bilim, ko‘nikma va malakalarni kasbiy, shaxsiy kompetensiyalarga hamkorlik va axborotlilik tamoyillarini transformatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’limda bo‘lajak muhandislarga axborot texnologiyalari fanini kredit-modul tizimida o‘qitish orqali talabalarda shakllantirilgan kompetentlik darajalarini diskretlilik va axborotlilik tamoyillariga ko‘ra ta’limni raqamlashtirish qonuniyatlariga funksional imkon beruvchi integral baholash mezonlari taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul` tizimida axborot texnologiyalari fanini tabaqalashtirilgan yondashuv asosida o‘qitishni amalga oshirishga doir ishlab chiqilgan nazariya va metodika asosida:
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida majburiy va tanlov fanlar integrativligini tabaqalashtirilgan vazniy va sifatiy tavsiflash asosida kredit-modul tizimi o‘qitish traektoriyasining axborot texnologiyalari fani mazmunini o‘zlashtirishda ta’lim dasturlari mobillik, emerjentlik, selektivlik va o‘z-o‘zini boshqarish kabi didaktik imkoniyatlari ochib berilishiga oid xulosalardan Buxoro muhandislik- texnologiya institutida bajarilgan AIF 2/20-“Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” mavzusidagi grant loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2022 yil 12 dekabrdagi 02/01-01-103-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot texnologiyalari fani o‘qitish mazmunini takomillashtirish imkonini bergan;
kredit-modul tizimida ta’lim maqsadlarini shakllantirish kontekstida bo‘lajak muhandislarning axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mustaqil ta’lim olish jarayonini tabaqalashtirish (diagnostik, intellektuallik va o‘z-o‘zini rivojlantirish) asosida amalga oshirish modeli integrativ o‘qitish mazmuni teskari va qaytar aloqaga asoslangan elektron kontentni kiritish asosida takomillashtirishga oid metodik taklif va tavsiyalari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bajarilgan AIF-2/15-“O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2022 yil 21 dekabrdagi 16-3421-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqil faoliyatga yo‘naltirish, elektron ta’lim platformasi va uslubiy ta’minotni takomillashtirish imkonini bergan;
kredit-modul tizimida talabalarning axborot ta’lim muhitida mustaqil faoliyati (o‘z-o‘zini rivojlantirish, boshqarish va baholash)ni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni yaxlitligini ta’minlashda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi bilim, ko‘nikma va malakalarni kasbiy, shaxsiy kompetensiyalarga hamkorlik va axborotlilik tamoyillarini transformatsiyalash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalari “Xorijda ta’lim tizimi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-son buyrug‘iga muvofiq 388-126 raqami asosida ro‘yxatga olingan). Natijada bo‘lajak muhandislarning bilim, ko‘nikma va malakalarni kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarga transformatsiyalash orqali axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkonini bergan;
oliy ta’limda bo‘lajak muhandislarga axborot texnologiyalari fanini kredit-modul tizimida o‘qitish orqali talabalarda shakllantirilgan kompetentlik darajalarini diskretlilik va axborotlilik tamoyillariga ko‘ra ta’limni raqamlashtirish qonuniyatlariga funksional imkon beruvchi integral baholash mezonlariga oid metodik taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim Qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 22 dekabrdagi 388-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak talabalarda shakllantirilgan kompetentlik darajalarini diskretlilik va axborotlilik tamoyillari asosida ta’limni raqamlashtirish qonuniyatlariga funksional imkon beruvchi integral baholash mezonlarini ishlab chiqishda xizmat qilgan.