Niyozqulov Mirjalol Baxtiyorovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3146.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Chorshanbiev Zafar Esanpulatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Tashatov Allanazar Qarshievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Shabbazova Dilfuza Ro‘zikulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash tushunchasi mazmuni uning ochiqligi, serqirraligi, qo‘llaniluvchanligi, vizullashtirishning qulayligi, tezkorligi kabi o‘ziga xos xususiyatlari texnologik va tizimli yondashuvlar asosida ochib berilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash jarayoning funksional-tarkibiy modeli shaxs, ta’lim jarayoni, o‘quv materiallari, virtual texnologiyalar va virtual o‘quv materiallari kabi komponentlari hamda funksional blokidagi amalga oshirishning tayyorlov, shakllantirish, rivojlantirish bosqichlari va virtual axborotlarni metodik, texnologik qayta ishlashning pedagogik shartlari asosida takomillashtirilgan;
pedagogik ta’lim jarayonida talabalarni virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash metodikasi kirish, jarayon, baholash va xulosa komponentlaridan iborat tarzda tayyorlangan http://zamonaviypedagog.uz/ elektron platforma hamda “Diskret dinamika”, “CATF” metodi, “BOHO” metodi, “Texnik diktant”, “Qarama-qarshi munosabat”, “Qarorlar shajarasi”, “Aqliy hujum”, “Argument xaritasi” metodlari va assisment, “Konseptual jadval” texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
talabalarni pedagogik faoliyat jarayonida virtual ta’lim resurslarini tayyorlashga o‘rgatish metodikasi mazmuni Quizzy-test yaratishga doir texnologik, dasturiy-metodik ta’minotini kiritish hisobiga takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash tushunchasi uning ochiqligi, serqirraligi, qo‘llaniluvchanligi, vizullashtirishning qulayligi, tezkorligi kabi o‘ziga xos xususiyatlari faoliyatli va tizimli yondashuvlar asosida aniqlashtirilganligiga doir ma’lumotlardan A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2022 yil 11 yanvardagi 04/93-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tarbiya jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir informatsion kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
pedagogik ta’lim jarayonida kirish, jarayon, baholash va xulosa komponentlaridan iborat tarzda tayyorlangan http://zamonaviypedagog.uz/ elektron platforma hamda “Diskret dinamika”, “CATF” metodi, “BOHO” metodi, “Texnik diktant”, “Qarama-qarshi munosabat”, “Qarorlar shajarasi”, “Aqliy hujum”, “Argument xaritasi” metodlari va assisment, “Konseptual jadval” texnologiyalari asosida talabalarni virtual ta’lim texnologiyalariddan foydalanishga tayyorlash metodikasidan “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Ruspublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 538-137-raqamli guvohnoma). Natijada talabalarning ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
talabalarni pedagogik faoliyat jarayonida virtual ta’lim resurslarini tayyorlashga o‘rgatish metodikasi mazmuni elektron taqdimotlar, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron darslik, elektron lug‘at, Quizzy-test yaratishga doir xulosalardan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 11 oktyabrdagi 291/1-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning turli sohalar tadqiqida virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga doir tajribalari oshirilgan.