O‘rozov Baxriddin Omonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za seleksiyasida gommoz va viltga bardoshli navlar yaratishda murakkab duragaylash», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx133.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Paridun Shukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Narimonov Abdujalil Abdusamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Boboev Sayfulla G‘ofurovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta tolali g‘o‘za navlarini tur ichida chatishtirishdan olingan murakkab duragaylarni o‘rganish asosida g‘o‘zaning gommoz va vilt kasalliklariga bardoshli bo‘lgan namunalarni tahlil qilish hamda seleksiya ishlari uchun navlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gommoz va vilt kasalliklariga bardoshli bo‘lgan g‘o‘zaning transgressiv genotiplarini paydo bo‘lishiga murakkab duragaylash uslubining ta’siri aniqlangan;
sun’iy zararlantirilgan fonda mahsuldorlik va tola sifati belgilariga gommoz bakteriyalarni va vilt zamburg‘larini salbiy ta’siri hamda duragay populyasiyalarni gibridiologik tahlili asosida yangi genotiplar ajratib olingan;
murakkab duragaylashda yakka tanlovlar natijasida gommoz va vilt kasalliklarining irsiylanishi hamda irsiylanish koeffisienti aksariyat holda oddiy duragaylarga nisbatan yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
belgilar orasidagi korrelyativ bog‘liqliklar murakkab duragaylash natijasida ijobiy tomonga og‘ishi ma’lum bo‘lib, tezpisharlik va viltga bardoshlilik belgilari bir genotipda mujassamlanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘za seleksiyasida gommoz va viltga bardoshli navlar yaratishda murakkab duragaylash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
g‘o‘zani oddiy va murakkab duragaylash usullari asosida gommoz va vilt kasalliklariga bardoshli, tezpishar hamda hosildorligi yuqori bo‘lgan S-2612 va S-2615 navlari Intellektual Mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti olingan (NAP 2015 0018; NAP 2015 0019). Natijada fermer xo‘jaliklarida mazkur g‘o‘za navlari paxta hosildorligi oshgan va rentabellik darajasi 20-25 foizni tashkil etgan;
tezpishar, stress omillarga bardoshli va hosildorligi yuqori bo‘lgan yangi yaratilgan «S-2612» navi Surxondaryo viloyati paxtachilik fermer xo‘jaliklarpida 150 gektar, gommoz va vilt kasalliklariga bardoshli bo‘lgan «S-2615» g‘o‘za navi Andijon viloyatida 10 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini 2018 yil 24 yanvardagi 07/20-93-son ma’lumotnomasi). Natijada «S-2612» va «S-2615» g‘o‘za navlari paxta hosildorligi gektaridan 3,3-3,5 sentnergacha ortishiga erishilgan.